G. T. Cho‘lliyeva
Download 1,04 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi kitobi 2021 конвертирован сжатый
- Bu sahifa navigatsiya:
- RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI BO‘YICHA MATODIK TAVSIYA
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
- ONA TILI O‘QITISH METODIKASI FANIDAN KURS ISHI YOZISH, UNI RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI BO‘YICHA
- 2021-yil. 40 bet. Mazkur matodik tavsiya 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 3-kurs
G.T.CHO‘LLIYEVA ONA TILI O‘QITISH METODIKASI FANIDAN KURS ISHI YOZISH, UNI RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI BO‘YICHA MATODIK TAVSIYA Buxoro – 2021 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport, tarbiyaviyish ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun ONA TILI O‘QITISH METODIKASI FANIDAN KURS ISHI YOZISH, UNI RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI BO‘YICHA METODIK TAVSIYA Buxoro – 2021 Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan kurs ishi yozish, uni rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi. Metodik tavsiya. G.T.Cho‘lliyeva va b. Buxoro. Buxoro davlat universiteti, 2021-yil. 40 bet. Mazkur matodik tavsiya 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 3-kurs talabalarga mo‘ljallangan. Unda bakalavriat bosqichi talabalari bilishi zarur bo‘lgan metodik tavsiyalar, jumladan, “Ona tili o‘qitish metodikasi” fanidan mustaqil amalga oshiriladigan ta’limiy topshiriqlar sirasiga kiruvchi kurs ishlarini bajarish bo‘yicha maslahatlar – kurs ishi uchun mavzular tematikasi, kurs ishini rasmiylashtirish tartibi, ilmiy rahbarga taqriz uchun taqdim qilish hamda kurs ishi himoyasida ishtirok etish, bajarilgan ishni baholash mezonlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Tuzuvchi: G.T.Cho‘lliyeva Mas’ul muharrir: p.f.d., dotsent (DSc) A.R.Hamroyev Taqrizchilar: p.f.n., professor D.N.Yo‘ldosheva f.f.b.f.d. (PhD) N.B.Adizova Kafedra yig‘ilishining 2021-yil_______dagi____-sonli bayonnomasi bilan muhokamadan o‘tgan va universitet Ilmiy-uslubiy Kengashida muhokama etishga tavsiya etilgan. Matodik tavsiya Buxoro davlat universiteti Ilmiy Kengashida muhokama etilgan va nashrga tavsiya qilingan (2021-yil __ _________dagi __-sonli bayonnoma). O‘quv jarayoni sifatini oshirishda mustaqil ta’limning roli katta ekanligi ma’lum. Mutaxassislarning fikricha, ta’lim oluvchilar uchun professor-o‘qituvchining dars vaqti(ma’ruza, amaliy, seminar)dagi og‘zaki bayonidan tayyor ma’lumot olgandan ko‘ra mustaqil ta’limiy faoliyat jarayonida olingan bilim ularning xotiralarida nisbatan ancha uzoqroq saqlanib qolar ekan. Demak, mustaqil ta’limning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi muayyan fan sirlarini puxta egallashda samarali natija beradi. Bugungi shiddatli jarayon respublikamizning ta’lim tizimida olib borilayotgan tub o‘zgarishlar jamiyatimiz ravnaqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganligini kuzatamizki, bu yangilanishlar oliy ta’limda mamlakatning intellektual salohiyatini oshirish, davlat ta’lim standarti talablariga javob bera oladigan, yetuk, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘lmoqda. Zero, yurtimiz rahbarining yoshlarga murojaatida: “O‘z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang! Sizlar mustaqillik farzandlarisiz. Ota-bobolaringiz ko‘rgan to‘siq va qiyinchiliklarni ko‘rmay, ozod Vatanda erkin nafas olib, voyaga yetyapsizlar. Yuksak maqsadlar yo‘lida siz – yoshlar hal qiluvchi kuch bo‘lishingiz kerak. Men sizlarning zimmangizga yuklangan ana shunday ulkan mas’uliyatni, tom ma’nodagi tarixiy vazifani sharaf bilan ado etishingizga qat’iy ishonaman”, deb ta’kidlashida hikmat bor. 1 Zero, qaysi sohada bo‘lmasin, bilimlarni mustaqil ravishda egallashga intilish – talaba-yoshlar ta’lim muassasasidagi faoliyatining eng muhim nuqtasi, mustaqil o‘qib, bilim orttirish asosi hisoblanadi. Ta’lim tizimida mustaqil bilim olish,o‘z ilmini mustaqil nazorat qilish esa mustaqil ta’lim olishning asosiy omillaridan biridir. Mustaqil bilim olishda, avvalo, talaba-yoshlarda mustaqil ishlashga, erkin, ijodiy 1 25- dekabr, 2020. Prezidentning yoshlar forumidagi nutqidan. KIRISH faoliyat yuritishga va, eng asosiysi, mustaqil fikrlashga ehtiyojni shakllantirish lozim. Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik, zarurat tug‘ilganda, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish, yurt, el manfaatlarini ko‘zlab belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p ma’lumotlar orasidan keraklisini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi. Shu kecha-kunduzda talabalarning ta’lim olishida an’anaviy o‘qitish usulidan voz kechib ularning mustaqil faoliyatiga jiddiy e’tibor berib borish (Bu ta’lim tizimi rivojlangan sivilizatsiyalashgan mamlakatlar tajribasidan ma’lum) asosiy vazifamizga aylanmoqda. Mustaqil ta’lim talabalarga bilim berish jarayonida ularni o‘z holiga tashlab qo‘yish degani emas, balki ta’lim beruvchi tomonidan muntazam boshqariladigan, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi zimmasiga teng barobar mas’uliyat yuklaydigan faoliyat ko‘rinishidir. Oliy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil ta’limi asosan, quyidagilarni nazarda tutib tashkil etiladi: - yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish; - auditoriyadagi mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va tartibga solish; - me’yoriy-huquqiy aktlar, ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish; - o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish; - faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi, mas’uliyati va tartibligini rivojlantirish; - olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni shakllantirish; - mustaqil fikr yuritish, o‘z-o‘zini o‘stirish, o‘zining rejasini amalga oshirishni shakllantirish; - tadqiqot qila olish qobiliyatini rivojlantirish. Talabalar mustaqil ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda ma’lumotlar topish usuli bilan bilim olishni rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashishga faol qiziqishni shakllantirishdan iborat. Metodika fani esa maktab oldiga qo‘yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tili o‘rgatishning vazifalari va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini aks ettiradi. Ona tili o‘qitish metodikasi o‘qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi, boshlang‘ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o‘quvchilar uchun darslik va qo‘llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy ravishda nazorat qilib boradi, o‘qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‘quvchilar amaliy ishlari – mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, o‘quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‘nikma hosil qilish uchun ilmiy nuqtai nazardan eng qulay shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini belgilash va asoslash; o‘quvchilarning o‘qish va yozuvdan bilim va ko‘nikmalarining shakllanish jarayonini va bu jarayonda o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o‘rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to‘g‘rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish; ona tilidan beriladigan o‘quv materialini o‘quvchilar aniq tushunishi va puxta o‘zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olishga va o‘quvchilar intellektual salohiyatining o‘sishiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o‘ylashini, nutqini o‘stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish; ona tilini o‘rgatish bilan bog‘liq holda maktablar oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish, o‘quvchilarda axloqiy va nafosat tarbiyasini shakllantirish ona tili o‘qitish metodikasining vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Bakalavriatning 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari Ona tili o‘qitish metodikasi faniga doir bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash jarayonida kurs ishlarini tayyorlaydilar va himoya qiladilar. Kurs ishi muayyan fan bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish darajasini belgilabgina qolmasdan, balki ushbu fan bo‘yicha egallangan bilimni yuzaga chiqarishning muhim vositasi hisoblanadi. Ona tili o‘qitish metodikasi fani talabalarga ona tili o‘qitish metodikasiga oid professional bilim va ko‘nikmalar berishi bilan birga, ona tili o‘qitish metodikasining metodlari, tamoyillari, usullari, dars jarayonida ta’lim berish bilan bog‘liq muammolarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tavsiya 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan kurs ishini tayyorlash, rasmiylashtirish hamda himoya qilishni tartibga solishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Download 1,04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling