G‘Abdullayev 2023 -yil


Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari


Download 50.5 Kb.
bet3/5
Sana21.06.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1641610
1   2   3   4   5
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish yo‘llarini tahlil etishni asosiy maqsad qilib oldik. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirdik:
-boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash;
-o‘quvchilarga axloqiy tarbiya berishning pedagogik xususiyatlarini ishlab chiqish.
- ilg‘or pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirishning shart-sharoitlarini aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishining obyekti.Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish yo‘llarini o‘rganish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti.Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish yo‘llarini o‘rganishning mazmuni, shakli va usullari.
Bitiruv malakaviy ishining usullari.
- Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, pedagogik kuzatuv;
- suhbat, anketa, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish.
Bitiruv malakaviy ishiningyangiligi va nazariy ahamiyati quyidagilarda o‘z aksini topgan:
-boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirishning mohiyati asoslab berildi;
-boshlang‘ish ta’lim bosqichi 1-4-sinf o‘quvchilarida o‘quv faoliyatini faollashtirishni tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, uni o‘quv tarbiya jarayonida amalga oshirish uslubiyatini ishlab chiqildi;
-ishlab chiqilgan uslubiyatning pedagogik samarasi, tajriba – sinov faolligi sinflarda tekshirib ko‘rildi.
Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi.O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning milliy g‘oya va mafkuraga, ta’lim samaradorligini oshirishga doir ma’ruzalari, asarlari, farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, yangi tahrirgadi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining ta’lim to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlari bitiruv malakaviy ishining metodologik asosini tashkil etadi.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling