G‘Abdullayev 2023 -yil
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati
Download 50.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishimizning nazariy ahamiyati shundaki, u boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish yo‘llari haqidagi tasavvurlarga aniqlik kiritadi. Bitiruv malakaviy ishimizdagi kuzatish va qarashlarimiz mavjud fikrlar asosida boyitilib, ishning nazariy qimmatini oshirishni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich sinf uslubshunosligida bugungi kunda bu masalaning muhim tomonini hisobga olgan holda ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ilgari surilgan fikr va xulosalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizning material va xulosalaridan boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish yo‘llari bo‘yicha olib boriladigan darslarda unumli foydalanishlari mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. XULOSA “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish bilan bir qatorda, ularning aqliy faoliyatlarini rivojlantirib borishga ham e’tibor beriladi. O‘quvchilarning o‘qish va yozish malakalarini egallashlari orqali barcha o‘quv fanlarini o‘rganish–o‘zlashtirishga yo‘l ochiladi. Shuning uchun ham o‘qish fani boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘quv fani hisoblanadi. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslari orqali o‘quvchilarga ham aqliy, ham axloqiy tarbiya berish nazarda tutiladiki, jumladan ulardagi insoniy fazilatlarni ham tarbiyalash ustuvor vazifalardandir. Men “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish yo‘llari” mavzusida ish olib bordik va unda innovatsion texnologilardan keng foydalandik. Ishimiz yakunida shunday xulosaga keldikki, o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirishda o‘qituvchi ilg‘or usullarni qo‘llasa va guruhlarda o‘qitish texnologiyasidan keng foydalansa ijobiy natijalarga erishish mumkin. Bundan tashqari. Xalq pedagogikasi namunalaridan, buyuk mutafakkirlar ijodidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. TAVSIYALAR 1.Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi. 2.Boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchi ongiga Vatan, Ona, Sadoqat, Do‘stu-birodar kabi tushunchalarni singdirishda buyuk Sharq mutafakkirlari ijodiga keng murojaat etish lozim. 3.Do‘stona munosabatlarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanish va uni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda qo‘llash mumkin. 4.O‘qish fani orqali o‘quvchiga nafaqat ta’lim va tarbiya berish, qolaversa, ularning ijodiy fikrlashlarini ham o‘stirish zarur. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling