Gafarov zafar Jinoyat huquqidan oraliq nazorat ishi-1 Nazariy savollar
Download 46.81 Kb.
|
gafarov zafar Jinoyat hq oraliq 1 ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy qaramlik
- Subyektiv tomondan
Xizmat jihatidan qaramlik deganda, ayolning majbur etuvchi shaxsga xizmat yuzasidan bevosita bo`ysunishini yoxud aybdor shaxsga ma`lum xizmat mavqeidan kelib chiquvchi boshqa qaramligi (masalan: gumon qilinuvchining tergovchiga, biror narsani iltimos qilayotgan shaxsning ana shu iltimosni bajarish imkoniga ega bo`lgan shaxsga qaramligi va hokazo)ni tushunish lozim.
Moddiy qaramlik deganda, ayolning jinsiy erkinligiga tajovuz qilayotgan shaxsning to`liq qaramog`ida bo`lishi yoki yashash uchun zarur mablag`ning asosiy qismini undan olib turishi tushuniladi. Nomusga tegishdan farqli ravishda, ayolni jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirishga majburlash faktining o`zi, maqsadga erishilgan yoki erishilmaganidan qat`i nazar, tugallangan jinoyat deb qaralishi kerak. Basharti shaxs ayolning xohish-irodasi boshqa shaxs tomonidan bo`ysundirilganini bila turib, u bilan jinsiy aloqa qilsa yoki jinsiy ehtiyojni g`ayritabiiy usulda qondirsa, uning qilmishini JK 121-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish mumkin emas. Ayrim hollarda aybdor majburlashga dalolat qilganligi uchun JK 28-moddasi orqali 121-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi. Subyektiv tomondan mazkur jinoyat faqat to`g`ri qasd bilan sodir etiladi. Ushbu jinoyatning subyekti ayol kishi xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan qaram bo`lgan shaxs hisoblanadi. O`z manfaatini ko`zlab, jabrlanuvchining xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan qaramligidan foydalanib, uni erkak kishi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayol ham jinoyatning subyekti bo`lishi mumkin. savolga javob: Nomusga tegish jinoyati tushunchasi, yuridik tahlili, javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlari. Nomusga tegish jinoyati eng ko’p tarqalgan va muommoli bo’li bu Jinoyat kodeksining 118 moddasida 4-qismdan iborat bo’lib ushbu jinoyat turini va qismlarini birma-bir atroflicha tahlil qilamiz. Ushbu jinoyat turining jinoyat tarkibiy elementlari quydagicha: Download 46.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling