Gafarov zafar Jinoyat huquqidan oraliq nazorat ishi-1 Nazariy savollar


Download 46.81 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi46.81 Kb.
#1414845
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gafarov zafar Jinoyat hq oraliq 1 ish

Jinoyatning obyekti jabrlanuvchining jinsiy erkinligi, ya`ni alohida olingan har bir holda ayrim shaxslarga o`ziga nisbatan jinsiy ehtiyojning qondirilishiga ruxsat berish yoki ruxsat bermaslik erkinligi hisoblanadi.
Sud-tergov amaliyotini o`rganish aksariyat hollarda ayollar jabr­lanuvchi bo`lishini, ammo erkaklar ham jinoyatdan jabr ko`rganligi haqida dalolat beradi.
Jinoyatning obyekti har ikki jinsdagi jabrlanuvchining jinsiy erkinligi hisoblanadi.
Jabrlanuvchi ayol (erkak)ning xohish-irodasiga qarshi u bilan jinsiy aloqada bo`lish, jabrlanuvchi bokira qizmi yoki "ko`hna." kasb vakili (fohisha)mi bundan qat`i nazar, zo`rlab nomusga tegish hisoblanadi, chunki qonun axloq-odobidan qat`i nazar barchaning jinsiy erkinligini himoya qiladi. Er-xotinlardan birontasi, hatto ular rasmiy nikohda bo`lishsa ham, nomusga tegish natijasida jabrlanuvchi bo`lishi mumkin, zero nikoh er-xotinni jinsiy erkinlikdan mahrum qilmaydi.
Jinoyatning obyektiv tomoni zo`rlik ishlatib, qo`rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy aloqa qilishda ifodalanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat to`g`ri qasd va tamagirlik niyati bilan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va ko`zlangan maqsad kvalifikatsiya uchun ahamiyatga ega emas. Jinoyatning motivi aksariyat hollarda shahvoniy hirs hisoblanadi.
Jinoyatning subyekti har ikki jinsdagi, jinoyat sodir etilgan vaqtga kelib 14 yoshga to`lgan shaxs bo`lishi mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, qo`rqitish ishonarli, aniq, bevosita va yetarli darajada jiddiy bo`lishi lozim.
Jabrlanuvchining ojizligidan foydalanish deganda, o`ziga nisbatan sodir etilayotgan harakatning mohiyati va ahamiyatini idrok qila olmaydigan yoki idrok etgan taqdirda ham zo`ravonga qarshilik ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`lmagan jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqada bo`lish tushuniladi. Ojizlik holati ruhiy yoki jismoniy bo`lishi mumkin.
Ruhiy ojizlik deganda, jabrlanuvchining ruhiy xastaligi, hushsizligi, yoshligi natijasida o`ziga nisbatan sodir etilayotgan jinsiy aloqaning ahamiyatini idrok etmasligi tushuniladi.

Download 46.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling