G'afforova Muhammad ning jahon sivilizatsiyalar tarixi fanidan tayyorlangan slaydi


Download 1.16 Mb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1389410
  1   2
Bog'liq
G\'afforova Muhammad WPS Office


G'afforova Muhammad ning jahon sivilizatsiyalar tarixi fanidan tayyorlangan slaydi
Sivilizatsiya tug’ilgan qadimgi markazlardan biri Nil vodiysi bo’lgan. Nil vodiysi aholisi o’z erlarini Ta kemet (Qora er) deb atashgan. Qadimgi yunonlar Memfisning nomlaridan biri bo’lgan, qiyin talaffuz etiladigan Xet-ka-Ptaxni Aygyuptos Egipet deb o’zgartirishgan.
Eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri qulay tabiiy – geografik joylashuvga, boy tabiiy resurslarga ega bo’lgan, savdo, siyosiy va madaniy aloqalar chorrahasida joylashgan yerda vujudga kelgan. Sivilizatsiyaning moddiy asosini yaratish uchun zarur bo’lgan barcha narsalar Misrning o’zida yoki unga yondosh erlarda mavjud bo’lgan. Metallar, asosan mis Arabiston sahrolari va Sinay yarim orolidan, oltin Efiopiyadan keltirilgan. Nilni g’arbdan sharqqa tomon o’rab turuvchi tog’lardan chaqmoqtosh, Qohira atrofidagi Tur tosh konlaridan ohaktosh, Asuan yaqinidan marmarning qimmatbaho navlari qazib olingan. Mamlakat o’simlik va hayvonot dunyosi ham boy bo’lib, misrliklar xo’jalik hayotida muhim o’rin tutgan.
Ilk odamlar Nilning qayirlarida neolit davrlarida paydo bo’lishgan. Bu erga ularni tashqi sharoit boshlab kelgan: iqlim quruqlashib, sahro bostirib kela boshlagan. Dastlab Nil vodiysi chekkalariga joylashgan odamlar dehqonchilik, chorvachilik, ov, baliqchilik va termachilik bilan shug’ullanishgan. Ilk dehqon jamoalari m.a. VI-V ming yillikda Quyi Misrda Fayum vodiysida mavjud bo’lgan. Fayum manzilgohida g’alla ekinlari ekilgan, yirik va mayda qoramol boqilgan va baliq tutilgan.
Vohaning qulay tabiiy sharoiti tufayli manzilgohlar rivojlanib, ularning aholisi turmushi farovonlashib borgan. Ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan. Bunga misol tariqasida Badari madaniyatini ko’rsatish mumkin. Yuqori Misrdagi Badari madaniyati (er. avv. IV ming yillik) ga tegishli aholi o’troq tarzda urug’ jamosi bo’lib yashab, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Erga motiga bilan ishlov berilib, kichik kanallar qazilgan. Ov va baliqchilik ham mavjud bo’lgan. Badariylar Ular hunarmandchilik sohasida katta yutuqlarni qo’lga kiritganlar.
Mis va mis mehnat qurollarining paydo bo’lishi bilan Nil vodiysini o’zlashtirish boshlangan. M.a. IV ming yillikning birinchi yarmida misrliklar havza sug’orish tizimini yaratishgan. M.a. IV ming yillikning II yarmida qishlog’i nomidan) sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqqan. Ilk ijtimoiy tabaqalanish yuz bergan, ilk ibtidoiy qulchilik paydo bo’lgan. Mashaqqatli kechgan Nilni bo’ysundirish jarayonida misrliklar hayotida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat sharoitlari o’zgardi, uni tashkil etish bilan asosan qabila boshliqlari va kohinlar shug’ullanishgan. Bu esa mulkiy tengsizlikni boshlab berdi. Har bir sug’orish xo’jaligi insonlarni qandaydir hududiy birlikka, o’ziga xos qo’shnichilik jamoasiga – nomlarga birlashtirdi. Davlat tashkil etilishidan oldingi davrda Misrda 40 ga yaqin shu kabi nomlar mavjud edi. Ularning birlashtirilishi oqibatida o’zaro raqobatchi ikki podsholik – Yuqori va Quyi Misr vujudga keldi.
Qadimgi Misr tarixi m.a. IV ming yillikning II yarmidan - davlat va sinfiy jamiyatning paydo bo’lishidan er.avv. VI asrda Misrning Ahmoniylar davlatiga qo’shib olingan davrigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Qadimgi Misr tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Sulolalargacha bo’lgan davr (m.a. IV ming yillik). Urug’chilik munosabatlari emirilishining boshlanishi, ijtimoiy tengsizlikning, ilk sug’orish inshootlarining paydo bo’lishi, ilk nom birlashmalarining tashkil topishi. Davr oxirida Yuqori va Quyi Misr davlatlarining paydo bo’ldi.
2. Ilk podsholik (m.a. XXX - XXVIII asrlar, I-II sulolalar).
3. Qadimgi podsholik davri (m.a. XXVIII-XXIII asrlar, III-IV sulolalar).
4. O’rta podsholik davri (m.a. XXII-XVIII asrlar, XII sulola).
5. Yangi podsholik davri (m.a. XVI-XI asrlar, XVIII-XX sulolalar)
6. So’nggi podsholik (m.a. XI-V asrlar XXII -XXV sulolala

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling