Gafur Gulom
Download 0.91 Mb.
|
SHUM BOLA
Sir emas, hozirda G`afur G`ulom nomi tilga olinsayoq xayolimizga uning sho`ro yozuvchisi ekanligi, she`rlarida sho`roni kuylagani keladi — xafsalamiz sovigandek bo`ladi. Bugun, yubiley bahona adibning asarlarini qayta varaqlarkan, beixtiyor “keyingi yillarda qaror topgan bu xil munosabat adolatdan yiroqroq tushmaydimi” degan andisha tug`iladi...
G`afur G`ulomning keng ommaga ma`lum va suyuk qissasi —“Shum bola”ga hozirda ko`proq sarguzasht asar, kulgi asari deb qaraymiz. Ha, chindan ham Shum bolaning turfa xangomalarga boy sarguzashti, undagi ichakuzdi holatlar shunday o`ylashimizga asos berar. Biroq, e`tibor qilinsa, adibning kulgisi, sarguzashtli syujet botinida uning zamonasi haqidagi anchagina jiddiy o`y-fikrlari, tahliliy mulohazalari yotganini ham ko`rishimiz mumkin bo`ladi.
Ma`lumki, Shum bola hikoyasini o`zi o`sgan muhit bilan tanishtirishdan (shu o`rinda bir shartni qabul qilaylik: bu, aslida, o`smirlik paytidagi hayotning adib xotirasida tiklangan eng muhim nuqtalaridir) boshlaydi. Shum bolaning aytishicha, uning singari “bozorda sanqib yurgan daydi bolalar uchun quvonchli ermaklardan biri bozor, mahalla, ko`cha-ko`y jinnilari edi. O`sha yillari Toshkentda shunaqa ham jinni ko`p ediki, sanab sanog`iga yetolmaysiz”. Jinnilarning fe`l-atvoridagi kulgili holatlarni hikoya qilarkan Shum bola ularning foje taqdiriga oid tafsilotlarga ham to`xtaladi.
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling