ГАжиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти ректори Б


NIKOH TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR


Download 150.5 Kb.
bet10/13
Sana30.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1413573
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abduhamidova Kibora

NIKOH TO‘YI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Birinchi marta sovchilikka kuyovning onasi va yana bor ayol kishi ( xolasi, ammasi yoki ovsini) boradilar. Ikki tomon bir-birini surishtirib, hamma rozi bo‘lgandan keyin sovchilar dasturxon qilib borishadi. Kelin tomon dasturxonni ochishsa, bu rozilik belgisi hisoblanadi. Undan keyin fotiha to‘yi bo‘ladi. Bunda kuyov tomon qarindoshlari bilan kelin tomonga mehmonga boradi. Kelinga bir sandiq sarpo olib boradi. Undan keyin non sindirish marosimi bo‘ladi. Bunda yoshi ulug‘ otaxonlar tomonidan niyat qilinib, non sindiriladi. Non mayda bo‘lakchalarga bo‘linib, shirinliklar bilan birga kelgan mehmonlarning barchasiga tarqatiladi. Nikoh to‘yidan oldin maslahat qilishadi. Bunda hamma yaqinlar, qarindosh va qo‘shnilar yig‘ilib to‘yning kam-u ko‘sti haqida suhbatlashadilar. Kelgan mehmonlarni osh tarqatib kuzatiladi. To‘ydan oldin kelin tomonga kuyov navkarlari boradilar. Bozda bu marosim “ 9 tovoq” deb ataladi. Bunda 9 xil ovqat dasturxonga tortiladi. Kuyovning tagiga 7 qavat ko‘rpacha solinadi. Kuyovjo‘ralar kelinning yangalariga turli hazillar qilishadi. Kelinning yangasi kuyovga choy ichiradi, osh yediradi, non tishlatadi, go‘sht tishlatadi. Bu payt yangalarni chalg‘itish uchun kuyovjo‘ralar turli hazillar qiladilar. Kuyovjo‘ralarga ro‘molcha tarqatadi. Kuyovjo‘ralar ketishidan oldin dasturxonda ortgan barcha narsani bir dasturxonga solib, olib ketadi. Keyin kelinning uyi ichida bir chimildiq yasaladi. Kuyov va kelin chimildiq ichida o‘tirishadi. Keyin “soch siypatar” marosimi bo‘ladi. Kuyov kelinning sochini 3 marta silaydi. Keyin kelin va kuyovga oyna olib kelib ikkalasiga ham qaratadi. Keyin kelin va kuyov bir-biriga shirinlik yediradi. Hayotimiz shirin bo‘lsin degan maqsadda. Keyin chimildiq atrofida uch marta chiroq va oyna aylantiriladi. Keyin kelinning oldiga o‘g‘il, kuyovning oldiga qiz bolani o‘tqizib, yoshi katta onaxon duo qiladi. Shunday farzandlar berishi va ko‘p farzand ko‘rishi uchun. Keyin kuyovga chopon, do‘ppi kiygizadi va belbog‘ bog‘laydi. Keyin choponning orqa tarafiga uzun ip o‘tkazib qo‘yadi. Buni odatda kelinning opasi yoki opasi bo‘lmasa ammasi , buvisi ham qilishi mumkin. Keyin kuyovning qo‘yniga bir juft yostiq qistirib, kelinning buvisi yoki yoshi ulug‘ onaxon ikki yoshga baxt tilab duo qilishadi. To‘y kuni ertalab kuyov navkarlari ko‘chada o‘ynab kelinning uyiga kelishadi. Kelin qo‘shni xonadondan ota uyiga yor-yor aytib olib o‘tiladi. Kuyovning yangalari qo‘shni uyning egasini rozi qilib, “tag-joy” puli beradi. Yor-yorni kelin dugonalari aytadi ularga bitta yanga bosh qilib qo‘yiladi. Keyin kelin va kuyovga mulla nikoh o‘qiydi. Ularga bitta kuyovjo‘ra va kelinning yangasi guvoh bo‘ladi. Keyin uyning ichida kelin onasi bilan xayrlashadi. Tashqariga chiqqan payti dadasi va boshqalar bilan xayrlashib to‘y marosimiga ketishadi.



Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling