ГАжиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти ректори Б


Download 150.5 Kb.
bet9/13
Sana30.04.2023
Hajmi150.5 Kb.
#1413573
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abduhamidova Kibora

BOLALAR FOLKLORI
Xalqimiz oldindan bolalarni ovutish uchun turli ertak, she‘r va qo‘shiqlar to‘qiganlar. Bolalar bularni maroq bilan tinglaydi va o‘zi uchun kerakli xulosa chiqaradi. Bolalar yosh va o‘yinqaroq bo‘lsalar ham lekin ularning adabiyotga qiziqishi bo‘ladi. Har kuni ertak eshitsa ham, yana yangi ertaklar eshitgisi keladi. Xuddi ertak qahramonlaridek bo‘lgisi keladi. Bola chaqaloq vaqtidan alla eshitib uxlashga odatlanadi. Onalarimiz farzandlariga alla aytib beradilar. Bola tarbiyasida qo‘shiqning roli katta. Ona endigina tug‘ilgan farzandiga o‘z orzularini qo‘shiq sifatida kuylab, alla sifatida aytadi. Ona o‘z allasida o‘zini qurshab turgan olamni qo‘shib aytadi. Butun borliq tunda uxlashi va bolaning ham uxlashi kerakligini aytadi. Bola 2 yoki3 yosh atrofida bo‘lgan vaqtda unga alla aytmaydi. U keyin ertaklar eshitishga va turli qiziqarli she‘rlar eshitishga qiziqib qoladi. Keyin ona farzandiga ertaklar aytadi. Ona bu ertaklar ichidagi yaxshiliklarni farzandiga tushuntirib beradi. Bolakay yaxshi inson bo‘lishi uchun onasi uning komil farzand bo‘lishini aytadi. Turli qiziqarli o‘yinbop she‘rlar ham o‘rgatadi. Qo‘l bilan chizib yoki ko‘rsatib aytiladigan she‘rlarni ham o‘rgatadi. Masalan:
Bolalar, qochinglar,
Mashina kelyabti.
Dit- dit.
Bu she‘rda bolaning yuzida harakatlar bajariladi. Bola qancha ko‘p ertak eshitsa, she‘r yodlasa xotirasi mustahkam bo‘ladi. Eslash qobiliyati kuchayadi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi ortadi.
QIZLAR BAZMI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Kelinning dugonalari, yaqin qarindoshlar va kuyov tomondan kelgan mehmonlarga kelin tomondan o‘tkaziladigan to‘y Qizlar bazmi deyiladi. Qizlar bazmida qizlarning uzoq qarindoshlari ham chaqiriladi. Kelin bo‘layotgan qiz sarpoda kelgan kiyimlarni bir nechtasi bazm mobaynida almashtirib kiyib ko‘rsatadi. To‘yxonaga kirgan vaqtda kelin barchaga kelin salomi beradi. Men Qizlar bazmi marosimi borasida tushuncham kamroq, chunki bizda qizlar bazmi kam o‘tkaziladi. Unda ham qizning dugonalari, kursdoshlari, sinfdoshlari , ish joyidagilar, uzoq qarindoshlarini aytishadi. Chunki kuyov tomon qilayotgan to‘yga qiz tomon ko‘p odam ayta olmasligi mumkin. Biz tomonda faqat mana shu maqsadda qizlar bazmi o‘tkaziladi.

Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling