G‘alaba uchun yillar davomida harakat qilish lozim, ammo mag‘lubiyatga birgina g‘aflatning o‘zi kifoya
Temuriy shahzodalar o‘rtasidagi Samarqand taxti uchun kurash
Download 22.93 Kb.
|
temur
Temuriy shahzodalar o‘rtasidagi Samarqand taxti uchun kurash
Toj-u taxt uchun kurashishni birinchi bo‘lib Mironshoh Mirzoning 22 yoshli o‘g‘li shimoliy yerlar (Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi Halil Sulton Mirzo boshlab beradi. O‘zboshimcha Halil Sulton 1405 yil 18 mart kuni Samarqand taxtini egallab, o‘zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e’lon qiladi. Hatto, u Pirmuhammadga tegishli Amudaryoning o‘ng tarafidagi yerlarni ham o‘z tasarrufida, deb e’lon qiladi. Avval, boshdan uni qo‘llagan Movarounnahr amirlari, harbiy sarkardalar ko‘p o‘tmay undan ixloslari qayta boshlaydi. Halil Sulton va ayniqsa uning xotini Shodimulk poytaxtda ko‘plab nojoiz ishlarga izn berishadi. Temur davrida nufuzli bo‘lgan ba’zi amaldor va zodagonlarning mulkini tortib olish boshlanadi. Davlat xazinasi o‘z holicha sovuriladi, hokimiyatga ko‘plab nomaqbul amaldorlar kela boshlaydi. Shohruh bilan birinchi o‘zaro nizodan so‘ng, Halil Sulton garchi uning oliy hukmdorlik huquqini tan olsa-da, Movarounnahr uning ixtiyorida qolajagini ma’lum qiladi. Halil Sultonni Iroq tomondan boshqa bir kuch otasi Mironshoh Mirzo ham qo‘llab-quvvatlaydi. Movarounnahr hokimi Halil Sultonning o‘z holicha ish tutishi, temuriy zodagon amirlarning kamsitilishi, musulmon ulamolari, jumladan naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi Muhammad Porsoning tahqirlanishi muxolif kuchlarning dushmanligini kuchaytirib yuboradi. Avval, Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod, O‘tror hokimi Berdibek keyinchalik, Halil Sultonning o‘z ukasi Mirzo Sulton Husayin Amudaryo bo‘ylarida o‘z akasiga qarshi bosh ko‘taradi. 1407 yilninig 22 fevralida taxt valiahdi hisoblangan Pirmuhammad o‘zining vaziri Pirali Toz tomonidan suiqasd natijasida o‘ldiriladi. Keyinchalik, o‘zini Pirmuhammadning “qasoskori” deb e’lon qilgan Shohruh Pirali Tozni Hirotda qatl ettiradi. 1408 yilning 22 aprelida esa qoraqo‘yunli turkmanlar bilan jangda hokimiyat uchun boshqa bir da’vogar Mironshoh Qora Yusuf tomonidan o‘ldiriladi. Natijada, Ozarbayjon va Iroq hududlari temuriylar tasarrufidan chiqadi. Download 22.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling