G‘alaba uchun yillar davomida harakat qilish lozim, ammo mag‘lubiyatga birgina g‘aflatning o‘zi kifoya
Download 22.93 Kb.
|
temur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Temurning Rum safaridan Samarqandga qaytishi
- Xitoyga qarshi yurish rejasi
Aka-ukalar o‘rtasida parchalangan saltanat yoxud Amir Temurning so‘nggi vasiyati qanday edi? “G‘alaba uchun yillar davomida harakat qilish lozim, ammo mag‘lubiyatga birgina g‘aflatning o‘zi kifoya”. Tarix shunday fanki, o‘tmishda o‘tgan xalqlar va millatlarning rivoji hamda tanazzuli haqida bizga batafsil so‘zlab beradi. Katta imperiyani barpo etish uchun ulkan kuch-qudrat va ko‘p vaqt zarur. Ammo, tarix shuni ko‘rsatadiki, mashaqqat bilan ulkan saltanat qurgan hukmdor to‘satdan vafot etib qolsa, shu ondayoq shahzodalar o‘rtasida toj-u taxt uchun kurash avj olgan. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning inqiroziga, oxir-oqibat tanazzuliga olib kelgan. Bugungi maqolamizda Amir Temurning 35 yil mobaynida qurgan ulkan imperiyasining parchalanishi haqida so‘z yuritamiz. Amir Temurning Rum safaridan Samarqandga qaytishi Sohibqiron Amir Temur 1399 yilda Usmoniylar sultoni Boyazid Yildirim ustiga qilgan yurishidan 1404 yil 10 iyun kuni poytaxt Samarqandga qaytib keladi. Sohibqironni kutib olish uchun shahar aholisi, asilzodalar, Xo‘ja Yusuf, amirzodalardan Pirmuhammad va Mirzo Qaydu peshvoz chiqishadi. Ertasi kuni Amir Temur o‘zida biroz charchoqni his qiladi. Ammo buni hech kimga bildirishni istamaydi. Sohibqironning xastalanganligini sezib qolgan tabiblar, Amir Temurga bir muddat el-yurt va saltanat tashvishlaridan forig‘ bo‘lib, dam olish zarurligini maslahat berishadi. Mavlono Mir Ali Tabriziy agar bu dardning oldi olinmasa, dard zo‘rayib ketishini dalillar bilan isbotlab berganidan so‘ng, Amir Temur bir muddat hordiq chiqarishga qaror qiladi. Bu fursatdan foydalanib Sohibqiron ko‘pdan beri o‘ylab yurgan rejasini pishitib oladi. Xitoyga qarshi yurish rejasi Sohibqiron Amir Temur Chin yurtiga yurish qilishni ko‘pdan beri reja qilib yurgandi. Buning uchun asos ham bor bo‘lib, asos bo‘lganda ham qonuniy edi. Yetti asr avval, Xitoy podshohlari Turk xoqonligining o‘g‘illarini kuyov qilib ola boshladilar. Bu bilan turklar orasida o‘zlarining odamlarini ko‘paytirdilar. Xitoy hukmdorlari turli xiyla-nayrang yo‘li bilan buyuk Turk xoqonligini tanazzulga uchratib, turklarning ko‘plab yerlarini o‘zlashtirib oldilar. Va hatto, Yettisuv va Farg‘ona vodiysiga ham bostirib kirib, Amir Temurdan o‘lpon talab eta boshladilar. Sohibqiron 1404 yilning kuzida nabirasi Mirzo Ulug‘bekning to‘yini o‘tkazish bahonasida o‘z qo‘l ostidagi oqillar, viloyat hukmdorlarini, qo‘shin boshliqlarini, to‘ra va barcha amaldorlarni Samarqandga taklif qilib, harbiy qurultoy chaqiradi. Unda Chin yurtiga harbiy yurish masalasi muhokama qilinadi. Qurultoyda Xitoyga qarshi qilinadigan urush islom dinini tarqatish bayrog‘i ostida olib borilishi hisobga olinib, bu yurish muqaddas, deb e’lon qilinadi. Rejaga ko‘ra, qishning bir qismini Oqsulot qal’asida, qolgan qismini O‘trorda o‘tkazib, 1405 yil 3 mart kuni Xitoy tomon yurish boshlashga azmu qaror qilinadi. Download 22.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling