Galogenlar mavzusida dars ishlanmasi


Download 43.72 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi43.72 Kb.
#1518863
1   2   3   4
Bog'liq
Baratov Jaloliddin 2dars ishlanma galogenlar

Xlor—Cl2.
Xlor—davriy sistemaning Vll gruppasida joylashgan, atom nomeri- 17, atom massasi-35,453, galigen, P-oila elementlariga mansub,sarg’ish-yashil rangli, o’tkir hidli,bo’g’uvchi gaz, havodan 2,5 marta og’ir, -34,05oCda suyuqlanadi, -101oCda esa qotadi. Uni hidlash mumkin emas, ko’proq miqdor xlor bilan nafas olgan kishi o’lishi ham mumkin. 1774 yilda shved ximigi K. Sheele tomonidan kashf etilgan.
Brom—Br2.
Brom—davriy sistemaning Vll guruhida joylashgan ,atom nomeri-35, atom massasi- 79,904, galogen, P-oila elementlariga mansub,og’ir to’q- qo’ng’ir suyuqlik, +58,8oCda qaynaydi, -7,2oC da kristallanadi.Qadimgi grekcha “bromos” “qo’lansa hidli” degan ma’noni bildiradi,haqiqatdan ham nihoyatda badbo’y va zaharli.Bromni 1825yil fransuz ximigi A. Balar tomonidan kashf etilgan.
Yod—J2.
Yod—davriy sistemaning Vll guruhida joylashgan, atom nomeri-53, atom massasi-126,904, galogen, P-oila elementlariga mansub,to’q-kulrang kristall modda.Sublimatlanish xossasiga ega, yani u qizdirilsa gunafsha rangli gaz holatiga o’tadi. “Ioeydes” grekcha binafsha degan ma’noni bildiradi. Yodni 1811 yilda fransuz ximigi B. Kurtua kashf etgan.


2-Topshiriq.
Galogenlarning asosiy birikmalarini nomlari bilan yozib berish. Har bir guruhga qog’oz beriladi. 5-6 ta yozgan 3 ball, 7 -8 ta yozgan 4 ball, 9 -10 ta yozgan 5 ball bilan baholanadi.
Galogenlarning eng muhim birikmalari:
CaF2-Plavik shpati, Na3[AlF6]-kriolit, 3Ca3(PO4)2 .CaF2-ftorapatit.
KCl, NaCl- xloridlar, CaOCl2-xlorli oxak, HClO-gipoxlorit kislota, HClO3-xlorat kislota, HClO4-perxlorat kislota.
NaBr, KBr, MgBr2 bromidlar
NaJ, KJ- yodidlar, NaJO3, KJO3- yodatlar.
3- Topshiriq.
Quyidagi birikmalarda xlorning oksidlanish darajalarini topish. Nomlarini yozish. Har bir guruhga xlor birikmalari yozilgan bir hil qog’oz beriladi.
Cl2, HCl, MgCl2, KCl, KClO3, HClO4,HClO2, KMnO4, HClO.



Download 43.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling