Kimyoviy xossalari:
F2—Cl2—Br2—J2—At. qatorida ftordan yodga tomon galogenlarning atom radiusi ortib boradi shunga ko’ra
Oksidlovchilik xossalari kamayib boradi.
Kimyoviy faolligi kamayib boradi.
Qaytaruvchilik xossalari ortib boradi.
Xlor vodorod, metallar, bromidlar, yodidlar va suv , KOH bilan ta’sirlashadi.
2Na + Cl2 = 2 NaCl.
2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3.
3Cl2 + 6KOH –KClO3 + 5KCl + 3H2O.
Cl2 + 2KOH—KClO + KCl + H2O.
Ftor galogenlar ichida eng faol element.Xona haroratida metallar, qo’rg’oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi, qizdirilganda xatto oltin, platina bilan , yana xlor, krypton, ksenon bilan birikadi.
Xe + F2 = XeF2 + Q.
SiO2 + F2 = SiF4 + O2 + Q.
2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q.
Brom, yodning kimyoviy faolligi sust bo’lsada ko’pchilik metallar va metalmaslar bilan reaksiyaga kirishadi.
2K + Br2 = 2 KBr.
2K + J2 = 2 KJ.
H2 + Br2 = 2 HBr.
H2 + J2 = 2 HJ—Q.
Darsni mustahkamlash maqsadida guruhlarga topshiriqlar beriladi. Guruhlarning har bir javobi 3-sariq, 4- ko’k, 5- yashil doirachalar bilan baholab boriladi.
1-Topshiriq.
Har bir guruh o’ziga berilgan elementning kashf etilishi, davriy sistemadagi o’rni, fizik xossalarini aytib berishlari kerak.
Ftor—F2.
Ftor –davriy sistemaning Vll gruppasida joylashgan atom nomeri-9, atom massasi-18,998, galogen, P-oila elementlariga mansub,och yashil rangli, o’tkir hidli, zaharli gaz, qattiq sovitilsa -219,60C da suyuqlikka aylanadi. Ftoros-grekcha emirilish,halokat degan ma’nolarni bildiradi. Ftor birikmalarini o’rgangan olimlar sog’ligini yoqotganlar, hatto ba’zilari nobud bo’lganlar, chunki ftor birikmalari juda zaharli,uning birinshi birikmasi ftorid kislota 1771 yil shved olimi K. Shele tomonidan olingan, erkin holda 1886 yil fransuz ximigi A. Muassan tomonidan kashf etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |