Galogenlar mavzusida dars ishlanmasi
Download 43.72 Kb.
|
Baratov Jaloliddin 2dars ishlanma galogenlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2). Tarbiyaviy maqsadi: Zaharli moddalarni inson sog’ligi va tabiatga ta’siri haqida ma’lumot berib, ekologik tarbiya berish. 3).Rivojlantiruvchi maqsadi
- V. Dars bosqichlari: vaqti.
- Darsning borishi: Tashkiliy qism
- Yangi mavzu bayoni.
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI FIZIKA VA KIMYO FAKULTETI KIYO O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI KO’M 19/1 GURUH (kechki)GURUH TALABASI Baratov Jaloliddinning GALOGENLAR MAVZUSIDA DARS ISHLANMASI CHDPU-2023 Mavzu: Galogenlar. l. Darsning maqsadi: 1). Talimiy maqsadi: O’quvchilarga galogenlarning davriy sistemadagi o’rni, olinishi,fizik-kimyoviy xossalari,tabiatda tarqalishi haqida umumiy tushuncha berish. 2). Tarbiyaviy maqsadi: Zaharli moddalarni inson sog’ligi va tabiatga ta’siri haqida ma’lumot berib, ekologik tarbiya berish. 3).Rivojlantiruvchi maqsadi: Galigen birikmalarining xalq xo’jaligida ishlatilish sohalari to’g’risidagi va mavzu bo’yicha olgan bilimlarini hayotda qo’llay olish, zaharli moddalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda favqulotda hodisalarda keskin choralar ko’rish kabi bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish. ll. Dars turi: Noan’anaviy dars. lll. Dars uslubi: Yangi bilim berish va mustahkamlash, guruhlarda ishlash, savol-javob. lV. Dars jihozi: Davriy jadval, darslik,kadaskop, mavzuga oid slaydlar, galogen birikmalaridan namunalar, guruhlar uchun topshiriqlar. V. Dars bosqichlari: vaqti. 1. Tashkiliy qism……………………………..3 minut. 2. Yangi mavzu bayoni……………………...10 minut. 3. Mavzuni mustahkamlash………………….25 minut. 4. Baholash……………………………………5 minut. 5. Uyga vazifa berish………………………...2 minut. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, dars mavzusi va rejasi bilan tanishtirish,o’quvchilarni guruhlarga bo’lish, texnik vositalarni darsga tayyorlash. O’quvchilar stoldagi doirachalarni olib, belgilangan joyga borib o’tiradilar, doirachalarda Cl, F, Br, J elementlari yozilgan, shunga ko’ra sinf 4 ta guruhga bo’linadi. Yangi mavzu bayoni. (Eslatma yangi mavzu o’quvchilarga uyda mustaqil o’qib kelish uchun berilgan) O’qituvchi yangi mavzuni o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan tomonlarini – galogenlarning olinishi, kimyoviy xossalarini tegishli reaksiya tenglamalari asosida bayon qiladi.Demak, galogen so’zi “tuz” va “tug’diraman” degan ma’nolarni bildiradigan ikkita grekcha so’zdan kelib chiqqan. Bu termin 1811 yilda nemis ximigi I. Shveyger tomonidan fanga kiritilgan.Galogenlar oilasiga F2, Cl2, Br2 , J2 elementlari kiradi. Galogenlarning olinishiga oid kimyoviy reaksiyalar: Xlorning olinishi.Laboratoriya sharoitida xlor xlorid kislotaga oksidlovchi MnO4 yoki KMnO4 ta’sir ettirish bilan olinadi. 4 HCl + MnO2 = Cl2 + MnCl2 + 2 H2O. 2KMnO4 + 16HCl—2KCL + 2MnCl2 + 5Cl2 +8H2O. Ftor olish uchun ftor birikmalari faqat elektroliz qilinadi. Brom, yod olish uchun ularning birikmalarini elektroliz qilinish yoki xlor ta’sir ettirish mumkin. 2KBr + Cl2—2KCl +Br2. 2KJ + Cl2—2KCl + J2. 2 KJ + Br2—2KBr + J2. Download 43.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling