Galvanik vannalarning konstruktiv modullari va texnologik yo’ldoshlari
Download 1.74 Mb.
|
galvanik vannalar
24-rasm. Elektr isitgichning tuzilishi:1-metal quvur, 2-spiral, 3-ulovchi sterjen, 4-tо‘ldiruvchi, 5-germetik, 6-izolyator, 7-gayka, 8-korpusga maxkamlovchi moslama.
25-rasm.Elektr isitgichli vanna: 1-qopqoq, 2-vanna, 3-isitgichlar tizimi, 4-teploizo-lyatsiya, 5-korpus, 6-pо‘lat shayba, 7-qо‘rg‘oshin shayba, 8-elektr isitgich, 9,10-quvurlar, 11,15-zichlovchi prokladka, 12-qisuvchi gayka, 13,16-rezbali vtulka, 14-gayka. 26-rasm.Elektr isitgichli suv kо‘ylakli vanna: 1-tashqi vanna, 2-ishchi vanna, 3-kо‘ylakka sovuq suv berish quvuri, 4-kо‘ylakdan suv tо‘kuvchi quvur, 5-sovutish zmeyevigi, 6-elektr isitgich, 7-plastina, 8-zichlovchi prokladka, 9-qopqoq, 10-isitgich flanetslari, 11-himoya ayvoni, 12-voronka, 13-tо‘kuvchi quvur. Galvanika sexlarida vannalardagi eritmalarni isitish uchun, issiq-lik tashuvchi material sifatida, tо‘yintirilgan va qizdirilgan suv bug‘i, elektr energiyasi, qizdirilgan suvlar qо‘llaniladi. Issiqlik tashuvchidan qat’iy nazar vannalar ikki xil usulda isitiladi: -isituvchi element suv kо‘ylagiga joylashtiriladi; -eritma ichiga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri isituvchi element joylashtiriladi (24,25-rasmlar); -isituvchi TEN lar eritma ichiga о‘rnatiladi (26-rasm). Hozirgi vaqtlarda kо‘p sonli turli isitish moslamalari ichida eng qulayi, vanna devorlarini ikki qavat qilib, suv kо‘ylagi xosil qilib, orasiga issiqlik tashuvchi suyuqliklar: suv, glitserin, kerosin va xokazolarni quyib, elektr TEN lar yordamida kerakli haroratda ushlab turish orqali jarayonga kerakli sharoitlar yaratiladi. Vannadagi eritma isituvchi element materialiga kimyoviy faolsiz xollarda vanna tubiga yoki yon devorlariga zmeyeviklar xolida о‘rnatiladi. Zmeyeviklar tayyorlashda ishlatiladigan materiallarning eritmaning tarkibiga bog‘liqligi: -oz uglerodli pо‘latlar – ishqorlarga va ichimlik suviga chidamli; -zanglamaydigan pо‘lat – agressiv mineral kislotalar eritmalarida, oz miqdorda azot kislotasi mavjudligida, xlorid va plavik kislotalari yо‘qligida, chidamli bо‘ladi; -qо‘rg‘oshin – azot va xlorid kislotalarga chidamsiz; -titan qotishmalari – kо‘pchilik galvanik eritmalarga chidamli, qaynoq 10-20 %li sulfat kislotasiga chidamsiz, xlorid kislotasida 10-15 kunda eriydi; -latun – fosfor kislotali tuzlar eritmalariga chidamli. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling