Reja laboratoriya idishlarini tadqiqotlarga tayyorlash


Download 14.09 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi14.09 Kb.
#1646808
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu Fitoekspertiza qilish uchun laboratoriyani jihozlash va ishga tayyorlash.
REJA

  1. Laboratoriya idishlarini tadqiqotlarga tayyorlash

  2. Oziqa va idishlarni sterilizasiya qilish

Laboratoriyadagi shisha idishlarini tadqiqotlarga tayyorlash davrida yahshilab yuvilgan bo’lishi va uning davorida yog’ tomchilari bo’lmasligi kerak. Shisha idish- larning toza yuvilganligiga ishonch xosil qilish uchun unga suv solib chayib tashlangandan keyin tubini tepaga to’nta rib tekshirish kerak. Agar suv tomchilar idish devori bo’ylab yupqa plyonka xosil qilib oqsa yaxshi yuvilgan bo’ladi, idish yomon yuvilgan bo’lsa idish devorida suv tomchilar xosil bo’ladi.
Yangi shisha idishlar fitopatologik taqiqotlarda foydalanishdan oldin 1 % solyaniy kislotada qaynatilib keyin sovuq suvda yuvib tashlanishi kerak. Ichida zamburug’larni o’stirish uchun ozuqa muxiti saqlangan idishlar yuvishdan bir kun oldin kaustik sodada ivitilib qo’yilish va xromli yoki margansovka kaliy eritmasida ishlov berilishi kerak.
Xromli eritmani tayyorlash uchun 1 l suvga 50 g ikki molekulali xromli kaliy va 100 g oltingugurt kislota aralashtiriladi. Xosil bo’lga eritma shisha idishlarning ¼ xajmida solinib, sekin yuvib chiqiladi. Bu eritma rangi qizil rangda bo’lganda bir necha marta foydalanish mumkin. Uning ranggi yashil rangga o’tib qolgandan keyin foydalanish mumkin emas. Bu eritma tarkibida serniy kislota bo’lganligidan zaxarli va terida kuyishni keltirib chiqaradi. Eritmaning tushgan joylarini sodali suvda tezda yuvib tashlash kerak.
Margansovka kaliy eritmasi tayyorlash uchun 100 ml margansovka kaliyning 5 % li eritmasiga 5 ml oltingugurt kislotasi aralashtiriladi. Bu eritma bilan ishlov berilgan shisha idishlar devorida qo’ng’ir rang xosil qilishi lozim. Idish devoridagi bu rang shavel kislotasi yordamida olib tashlanadi va toza suvda yuviladi. Ko’rsa tilgan eritmalarda yuvilgan idishlar 5 marta vodprovod suvida yuvilgandan keyin quritish shtativiga yoki quritish shkafida 500 S haroratda quritiladi.
Buyum va qoplag’ich oynalar xromli eritmada 2 soat ivitilgandan keyin toza suvda yuviladi. Tozalangan shisha idishlar 96 % li spirtda saqlanishi kerak.
Download 14.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling