Gandbol o'yini qoidalari Reja: Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1512427
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gandbol o\'yini qoidalari

94-rasm. 
ikkala qo‘l to‘pning yo‘liga qo‘yiladi. 
Yerdan 40 — 50 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pning yo‘lini 
to‘sish. Himoyachi to‘pning yo‘nalishi tomon odimlaydi va to‘pni 
qo‘llarini oldinga cho‘zib to‘sadi. Mabodo, to‘p himoyachining o‘ng 
yoki chap tomonidan o‘tib ketayotgan bo‘lsa, unda biroz oldinga 
engashish zarur. 
To‘pni oyoq bilan to‘sish. Agar himoyachi juda past uchib 
kelayotgan to‘pning yo‘lini to‘sishga ulgurmasa, unda shu usuldan 
foydalaniladi. Himoyachi oyog‘i bilan pastga egiladi. Aslida to‘pni oyoq 
bilan to‘sish qoidada man etilgan, lekin sharoit taqozo qilsa, qo‘llash 
mumkin. Bunda to‘sishga yo‘naltirilgan oyoq bilan bir paytda qo‘lni 
ham shu tomonga uzatishga harakat qilinadi. Yerga yaqin uchayotgan 
yoki yerga urilgan to‘pni o‘tirib to‘sish mumkin bo‘ladi. 
Darvozabon o‘yini. Darvozabon ishi o‘ta mas’uliyatli va ayni 
chog‘da sharaflidir. Darvozabon o‘yin paytida raqib bilan juda ko‘p 
ro‘para keladi. Unga juda katta jismoniy va ruhiy yuk (nagruzka) 


tushadi. Darvozabon maydondagi holatni tahlil qilib, to‘pni doimiy 
nazorat qilib boradi va o‘yinchilarga tegishli ko‘rsatmalar berib turadi. U 
o‘yin davomida 40 — 50 marta kuchli zarbalarni qaytarishiga to‘g‘ri 
keladi. 
Darvozabon tez idrok etish, siljish, chaqqonlik, harakatni yaxshi his 
qila olish, kuzatuvchanlik, qo‘rqmaslik, vaziyatni to‘g‘ri baholash kabi 
xislatlarga ega bo‘lishi zarur. 
Darvozabon kuchsiz kelayotgan to‘plarni ikki qo‘llab tutadi. 
Yondan kelayotgan to‘plar, odatda, bir qo‘l bilan to‘siladi, ammo ikki 
qo‘llab tutsa ham bo‘ladi. Asosiy tik holatda turgan darvozabon qo‘lini 
to‘p uchib kelayotgan tomonga 
uzatadi 
va 
o‘sha 
tomonga egiladi. Darvozaning 
pastki 
burchagiga 
yo‘naltirilgan to‘pni darvozabon 
oyog‘i bilan to‘sadi 
(95-rasm). 
Yuqoridagi 
usullardan 
tashqari,to‘pni 
yiqilib 
turib 
to‘sish ham mumkin. 
Bu futbol usuli darvozaning boshqa tomonidan uchib kelayotgan to‘pni 
tutishda qo‘llanadi. Bu usul to‘pdan uzoq turgan oyoq bilan siltanish 
orqali bajariladi. Aslida yiqilib to‘p tutish tavsiya etilmaydi, ammo 
yiqilayotganda dumalash usulini qo‘llash mumkin. 
Darvozabonning hujum qilayotgan raqibga qarshi chiqishi. Bunda 
darvoza- 95-rasm. bon asosiy o‘rnidan to‘p bilan kelayotgan o‘yinchi 
tomon bir necha qadam oldinga chiqadi. Darvozabonning gavdasi 
oldinga egiladi, barmoqlari oxirigacha ochiladi. Bir oyog‘i ikkinchisidan 
30 — 40 sm oldinga chiqadi, bu darvozaga to‘p kiritish ehtimolini 
kamaytiradi. 


Darvozabon to‘pni tutish yoki yorib kiruvchi o‘yinchini to‘xtatish 
uchun o‘z maydonidan tashqariga chiqadi. Bunda u o‘yinchiga aylanadi, 
shuning uchun u ham muayyan darajada o‘yinchilar ko‘nikmasiga ega 
bo‘lishi kerak. 
Darvozabon o‘yin davomida to‘pni bir necha marta o‘yinga kiritadi. 
Bu qisqa masofada turgan sherikka oshirish yoki 20 — 25 sm ga 
uloqtirishdan iborat bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, to‘pni joyda turib 
yoki yugurib kelib o‘yinga kiritishni uddalash zarur. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling