Gandbol o'yini qoidalari Reja: Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1512427
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gandbol o\'yini qoidalari



Gandbol o'yini qoidalari 
 
Reja: 
 
 
1. Gandbol o‘yinining asosiy qoidalari 
2. Gandbol bo‘yicha musobaqalar qoidasi 
3. Gandbol jamoa o‘yini 
 
 


Bundan yuz yillar muqaddam daniyalik o‘qituvchi Xolger Nilson 
yangi sport o‘yini — „Xandboll“ni o‘ylab topdi. Qo‘l to‘pi, deb nom 
olgan bu o‘yin dastlab qizlar uchun mo‘ljallangandi. O‘yin qiziqarli 
bo‘lganligi uchun keyinroq o‘g‘il bolalar ham shug‘ullana boshladilar. 
Bu sport turida o‘yin boshlanishidanoq har bir o‘yinchi faol va to‘laqonli 
ishtirokchi bo‘lib qoladi. Gap shundaki, gandboldagi har bir harakat 
inson bolaligidan boshlab o‘rganadigan harakatlarga juda yaqindir. 
Ya’ni yurish, yugurish, sakrash, uloqtirishlar o‘yin mazmunini tashkil 
qiladi. To‘p uchun kurash, g‘oliblik o‘rinlari, yaxshi natija uchun intilish 
— bular o‘yin mazmunini to‘ldiradi. Gandbol tezlik, kuch, chaqqonlik, 
qo‘rqmaslik kabi sifatlarni tarbiyalaydi, bilim va ko‘nikmalarni 
mustahkamlaydi. O‘yinda har bir ishtirokchi o‘z qobiliyatini yaxshi 
tomondan ko‘rsatadi. 
Gandbol jamoa o‘yini bo‘lganligi sababli, o‘yinchilar harakati 
jamoa manfaatiga bo‘ysundiriladi. Shu bois o‘yinchi unga o‘zini to‘la 
bag‘ishlashi kerak. O‘yinda jismoniy sifatlargina emas, balki onglilik
faollik, intizom, maqsadga intilish, o‘zini tutish, hissiyotlarni jilovlash 
kabilar ham tarbiyalanadi. Shular qatori, o‘yinchida kuzatuvchanlik, 
e’tiborlilik, ijodiy tafakkur kabi xislatlar ham shakllana boradi. Gandbol 
o‘yinida ham boshqa o‘yinlarga o‘xshab belgilangan qoidalarga rioya 
qilgan holda raqib darvozasiga ko‘proq to‘p kiritish va o‘z darvozasini 
to‘p kirishidan himoya qilishdir. Ko‘p to‘p kiritgan jamoa g‘alaba 
qiladi. 
Maydonda 7 kishidan iborat ikki jamoa o‘ynaydi (bir darvozabon va 
6 maydon o‘yinchisi). Bir jamoadan o‘yinda hammasi bo‘lib 12 o‘yinchi 
ishtirok etishi mumkin (10 o‘yinchi va 2 darvozabon). Ammo 


o‘yinchilar maydon markazida almashsalarda, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
almashtirilavermaydilar. 
Jamoa tarkibida besh o‘yinchi bo‘lsa, o‘yin boshlanaveradi. 
O‘yinchi biror sababga ko‘ra maydondan chiqarib yuborilganda ham 
o‘yin to‘xtatilmaydi. Darvozabon o‘yinchilarni almashtira olmaydi, 
ammo o‘yinchilar darvozabonning o‘rniga turishlari mumkin. O‘yin 15 
daqiqadan 2 taym davom etadi (orada 10 daqiqa tanaffus bo‘lib, 
darvozalar almashiladi). Gandbol o‘yini har qanday to‘p bilan har
qanday maydon va hatto ko‘cha maydonlarida ham o‘ynalishi mumkin. 
Faqat maydon chizig‘i hamda 2 · 3 m hajmdagi darvoza belgilansa 
kifoya. O‘yin maydonini belgilash unchalik qiyin emas, darvoza oldida 
6 metrli yarim doira (to‘p aynan shu joydan uriladi) va maydonni ikkiga 
bo‘lib turuvchi o‘rta chiziq bo‘lsa yetarli. 
Gandbol o‘yini mashg‘ulotlarida muayyan qoidalarga amal qilinadi. 
Organizmni mashg‘ulotga tayyorlash uchun tayyorgarlik mashqlari 
bajariladi. Bu ba’zi noxushliklardan saqlaydi. Tayyorgarlik mashqlarida 
dastlab sekin yuguriladi, so‘ngra tezlashib, yo‘nalishlar o‘zgartiriladi 
(oldinga, orqaga burilib), oyoqdan oyoqqa sakrashlar bajariladi. 
To‘pni joyda turib va harakatda bir-biriga uzatish, darvozaga urish 
mashq qilinadi. Shundan so‘ng o‘yinni boshlash mumkin: 
1. 
Maydonda intizom va tartibga rioya qilish kerak. 
2. 
O‘yin paytida baqiriq-chaqiriq qilmaslik lozim. 
3. 
O‘yinchilar o‘zaro urilib ketmaslikka harakat qilishlarizarur. 
4. 
Gandbol 
o‘ynaganda 
yengil, 
yumshoq, 
qulay 
poyabzalkiyilgani ma’qul. 



Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling