Gap bo'iaklari
Gap bo‘laklarining joylashish tartibi
Download 182.69 Kb.
|
Gap bo‘laklari
Gap bo‘laklarining joylashish tartibiGap bo‘laklarining tartibi o‘zbek tilida, asosan, erkindir. Gapda ularning o‘rnini almashtirish har doim ham grammatik holatni o‘zgartiravermaydi. Masalan: Talabalar yozgi ta'tilga chiqishdi. Yozgi ta'tilga talabalar chiqishdi. Bu gaplarda so‘zlarning o‘rnini almashtirish bilan grammatik holat o‘zgarmagan. Shunday bo‘lsa-da gapning mazmumga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatgan. Odatda ega gap boshida, kesim esa gap oxirida, ikkinchi darajali bo‘laklar orasida keladi. Bu esa gapdagi to‘g‘n tartib hisoblanadi. Ammo ayrim hollarda gap bo‘laklarining o‘rni o‘zgaradi bu esa ma'no ham o‘zgartiradi. Ega bilan kesimning tartibini o‘zgartirsak, ega kesim vaaksincha kesim ega bo‘lib qoladi. Masalan: ikki yorti—bir butun;bir-butun—ikki yorti. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning tartibi o‘zgarsa sifatlan-mish ega kesim bo‘lib keladi. Masalan: ikkita dugona; dugonaikkita: Mana shu ko‘ringan - universitet; universitet—mana shuko‘ringan. Gap bo‘laklarining odatdagi tartibi o‘zgarsa inversiya hodisasi yuz beradi. Bu hodisa ko‘proq shevalarda hamda she'riyatda uchraydi. Masalan: Xo‘rsinadi bechora pari, Yuguradi yalangda har yon Silkinadi hali bu jahon Zulmat cho‘kar, bo‘ron yeladi (U.A.) Bu gaplarda kesim oldin ega esa keyin keladi. II BOB Gapning vazifasiga ko‘ra turlari 2.1 Gapning uyushiq bo‘laklari Gapda bir xil so‘roqqa javob berib, bir xildagi sintaktik vazifani bajarib, sanash ohangi va teng bog‘lovchilar yordamida birikkan gap bo‘laklari gapning uyushiq bo‘laklari deyiladi. Masalan: O‘z yurtimiz, bog‘imiz, o‘z vodiymiz, tog‘imiz, O‘z qutli chirog‘imiz hamisha bo‘lur omon. (G‘. G‘.) Bu gapdagi yurtimiz. bog‘imiz. vodiyimiz, tog‘imiz, chirog‘imiz so‘zlari uyushib kelgan va bir xil so‘roqqa javob bo‘lib, sanash ohangi orqali o‘zaro birikkan.14 Har bir gap bo‘lagi uyushib kela oladi. Masalan: l.Ega uyushadi: Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas, Ko‘zlarni yashnatib kiyibsiz atlas. (Qo‘shiq.) Kesim uyushadi: 1) fe'l kesim: Haqiqat bukilar, lekin sinmas.(Maqol.) 2) ot kesim; Xormisan yo gulmisan, tojdormisan yogulmisan. cho‘g‘izmisan, bulbulmisan, nodon o‘zing, xushxono‘zing. (E.V.) To‘ldiruvchi uyushadi: 1) vositasiz to‘ldiruvchi: Aqlimni,dilimni, bebaxtlarimni—Borishsiz dunyoda otgan azizim. (U.A.)2) vositali to‘ldiruvchi: Navoiy obod joylardagi ekinlarga,mevazor bog‘larga diqqat qildi. (O.) Navoiy tarixda mashhur shaxslarning hayotlari, fikrlari, maslaklari va ularga doir afsonalar haqida asar yozishni Jomiyga taklif etdi. (O.) Aniqlovchi uyushadi: 1) sifatlovchi: Maktabimiz bog‘ida oqqizil, sariq va boshqa anvoyi gullar bor; 2) qaratuvchi: Oq o‘rik, shotut, shaftoli, g‘aynolining sap-sanq yaproqchalari hovli betini ko‘mib yotibdi. (I.R.) Hol uyushadi: Buzoq, echki boqib, to‘n tepishib, varrakuchirib, chillak o‘ynab yurgan bolalar uylariga tarqab ketishdi.(H. N.) Ariq suvi bir xilda, jimgina, sharpasiz va shabadasizoqmoqda (I.R.). Uyushiq bo‘laklarda son, egalik, kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar odatda uyushuvchi so‘zlarning oxiriga qo‘shilib. hammasi uchun umumiy bo‘ladi. Maktabimizda rasm, musiqa va drama to‘garaklari bor.(Gazetadan.) Son, egalik, kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar ba'zan uyushuvchi so‘zlarning har biriga qo‘shilib keladi. Masalan: Tog‘ etaklaridan nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlar an-qiydi. (O.) Xalqi uchun vatani uchun o‘z jonini ayamadi bizning mard o‘g‘lonlar. (Teleeshittiruvdan.) Uyushiq bo‘laklarda qo‘shimchalar emas, balki so‘zlar ham umumlashib, ular har bir ujTishuvchi so‘z bilan takrorlanmay, uvushiq bo‘lak oxirida keladi. Dalada kim unumli, kim ko‘p, kim tez ishlash uchun musobaqa qilishdi.15 Download 182.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling