Gap bo'iaklari


Download 182.69 Kb.
bet2/14
Sana30.01.2024
Hajmi182.69 Kb.
#1815879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Gap bo‘laklari

Kurs ishining maqsadi: talabalarni «til strukturasi - norma (me’yor) - uzus» masalalariga, adabiy til va milliy til, adabiy til va dialektlar, adabiy til va jargon-argolar, adabiy til va funksional stillar (vazifaviy uslublar) munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, shu bilimlarga tayangan holda ularga hozirgi o‘zbek adabiy tilining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari, og‘zaki va yozma shakllari haqida ma’lumot berish.
Kurs ishinining vazifalari:
a) sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar, terminlar va nazariy umumlashmalar bilan tanishish;
b) til ierarxiyasidagi fonetik-fonologik, leksik, semantik va grammatik sathlarga mansub birliklarning adabiy til uchun me'yor (norma) bo‘lgan va me’yor bo‘lmagan belgi-xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, tahlil qilish, bu sohadagi munozarali nuqtalarni aniqlash;
d) hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy ildizlari va dialektal asoslari, adabiy til taraqqiyotini belgilovchi ichki (lingvistik) va tashqi (ekstralingvistik) omillar haqida talabalarga ma'lumot berish. Ularda hozirgi o‘zbek adabiy tilining sistemaviv va strukturaviy xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kurs ishinining obyekti: hozirgi o‘zbek adabiy tili, gap
Kurs ishining obyekti: gap haqida ilmiy va amaliy tushunchalar.
Kurs ishining predmeti: gapni o‘rganishning metodlari va dasturlari.
Kurs ishining metodologik asosi: Tadqiqotning metodologik asosini Sh.M. Mirziyoevning 2019-yil 21-oktyabr kuni «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni, 1shuningdek, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, G‘.A.Abdurahmonov, Sh.Shoabdurahmonov, F.K.Kamolov, A.Hojiyev, Sh.U.Rahmatullayev, kabi o‘zbek tilshunoslarining asarlari va g‘oyalari ilmiy-nazariy hamda metodologik jihati tashkil etdi.
Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Kirish, 2 bob, 4 bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Jami 27 sahifadan tashkil topgan.


Download 182.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling