Gap bo'iaklari


Ega va uning ifodalanishi


Download 182.69 Kb.
bet4/14
Sana30.01.2024
Hajmi182.69 Kb.
#1815879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Gap bo‘laklari

Ega va uning ifodalanishi


Gapda mutlaq hokim bo‘lib, kesim orqali ifodalanadigan fikmi bildiruvchi bosh bo‘lak ega deyiladi.
Ega asosan predmet tushunchasini anglatib, kesim orqali bildirilgan belgi harakat, holatning kimga yoki nimaga tegishliligini ko‘rsatadi va bosh kelishikdagi so‘z bilan ifodalanib kirn? nima? kimlar ? nimalar? qayer? kabi so‘roqlardan biriga javob beradi.
Ega quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan: a) atoqli ot bilan ifodalanadi. Masalan: Alisher Navoiy g‘azal mulkining sultonidir.
Avaz botqoq va qorong‘i yo‘ldan tekis va yorug‘ maydonga chiqdi. (P.Q.) Qorabuloq -juda chiroyli juda so‘lim joy. (M. Is.) b) turdosh ot bilan.
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
1. Olmosh bilan: Biz kelgusi asrga o‘zimiz bilan nimalarni olib o‘tishimiz rnumkin va zarur? (I. R.)
Har kiniki vafo qilsa. vafo topqusidur. (Bobur)
1. Son bilan: ikki yorti - bir butim. (Maqol.) Ikki o‘n besh bir o‘ttiz. (Maqol.). Harakat nomi bilan: Ikkilanish yaramaydi.

  1. Sifatdosh bilan: ishlagan tishlaydi (Maqol).

  2. Sifat bilan: Yaxshi yetar murodga, yomon qolar uyatga(Maqol).

  3. Taqlidiy so‘z bilan: Ichkaridan odamlarning shov-shovieshitiidi.

  4. Birikmalar: O‘ylamay gapirgan og‘rimay o‘lar. (Maqol.).

Kesim va uning ifodalanishi


Eganing belgismi, hukmni tasdiq yoki inkor yo‘li bilan ifodalaydigan bosh bo‘lak kesim deyiladi.Eganing belgisi harakat. . holat, xususiyat, sifat kabi mazmunlarni bildiradi.
Kesim egaga tobe bo‘lib o‘ziga bog‘Ianiib kelgan so‘zlarda nisbatan hokimdir. Masalan: Bu yil bahor ancha kech keldi.
Kesim so‘z turkumlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 1) fe'l kesim, 2) ot kesim .
Fe'l kesim. Fe'l va uning tuslangan shakllari ravishdosh shakli bilan ifodalanib kelgan kesim fe'l kesim deyiladi. Masalan: Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi. (A. Q.) Men xayol surib ketdim. (H. 0.)
Ot kesim. Fe'ldan boshqa so‘zlar bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi. Ular quyidagicha:4
Ot bilan; Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi-loy (Maqol).
Sifat bilan: Mehnat qilgan elda aziz.
Vatan - ona so‘zi naqadar aziz Sensan har narsadan mo‘tabar laziz (U.)
Son bilan: ikki o‘n besh - bir o‘ttiz, ikki - yorti bir butun. (Maqol.)
Olmosh bilan:
Bizda odat mana shu edi,
Ba saodat mana shu edi (H. 0.)
Xolmurodning jonajon o‘qituvchisi - o‘sha(P.T.)
Ravish bilan: Bizda a'lochilar ko‘p. Kerilma qiz, hunaring oz. G‘alaba yaqin. Harakat nomi bilan: Sevmoq - sevilmoq. Modal so‘z bilan: O‘limdan xabarim bor, lekin bunday ovozalardan xabarim yo‘q (A. Q).
Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Sodda kesim ikki xil: sodda ot kesim, murakkab kesim. Sodda kesim ikki xil: sodda ot kesim va sodda fe'l kesim.
Sodda ot kesim yakka ot, sifat, son. olmosh, ravish, harakat nomi, undov taqlidiy so‘z bilan ifodalanadi: Masalan: O‘zbekistonning poytaxti - Toshkent.
Fe'l va uning vazifadosh shakllari bilan ifodalangan kesim sodda fe'l kesim deyiladi. Masalan:
Maktabda o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida Odil yutdi. Shamol qumni uchirdi.
Murakkab kesim ham ikki xil: murakkab fe'l kesim va murakkab ot kesim ikki va undan ortiq fe'llar bilan ifodalangan kesim murakkab fe'l kesim deyiladi. Masalan:
Uchovlari molxonalarni ko‘rib chiqishdi. (P. Q.) Ahmad kitobini o‘qib tugatdi. Ot yoki bog‘lama hamda to‘liqsiz fe'l ko‘rinishidagi qo‘shilma bilan ifodalanadigan kesim murakkab ot kesim deyiladi. Masalan: O‘ktam o:n ikki yashar bola edi. (O.) Odam qo‘li cho‘lni bo‘ston qiladi. Ayrim hollarda yozuvda kesim bilan ega orasida tire ishlatiladi.5
1) Kesim ot, olmosh, son bilan ifodalanib kesimlik qo‘shimchasini olmaganda.
Bu yeming xo‘jayini - biz. Ikki karra ikki - to‘rt.

  1. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib,kesimlik qo‘shimchasini olmasa: Bir ko‘rgan bilish - ikki ko‘rgantanish. (Maqol.)

  2. Ega ko‘rsatishi bilan ifodalanib, kesim tarkibida kesimlikqo‘shimchasi bo‘lmasa: Bular - mening do‘stlarim, och-yalang‘ochkafangadolar(O.) Bu uy -kimniki?

Download 182.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling