4- maruza. Yo’l belgi chiziqlari va ularni o’rnatishda qo’yiladigan talablar
Download 0.85 Mb.
|
4- maruza
4- MARUZA. YO’L BELGI CHIZIQLARI VA ULARNI O’RNATISHDA QO’YILADIGAN TALABLARReja 1. Yo’l belgi chiziglarining turlari va uning vazifasi 2. Yo’l belgi chiziqlarining qo’llanilishi3. Yo’l belgi chiziqlarini chizishdagi material va jihozlar1. Yo’l belgi chiziglarining turlari va uning vazifasi Yo’l belgi chiziglari deganda yo’lning qatnov qismiga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar, boshqa alomatlar, tartibni belgilaydigan, haydovchi yoki piyodalarga harakat sharoitini ma’lum qiladigan yo’l inshootlari tushuniladi. Yo’l belgi chiziglari transport va piyodalar oqimini tartibga solish umumiy sxemasining bir qismi bo’ladi, shuning uchun belgilash loyihasi tuzilganda uni yo’ldagi belgilar, svetaforlar va boshqa tartibga solish vositalari bilan muvofiq qilish kerak. Yo’l belgi chiziglarining gorizontal va vertikal turlari bo’ladi. Gorizontal turiga belgilashning yo’lga chiziladigan ko’ndalang, bo’ylama va boshqa turlari kiradi (orollar, yozuvlar, ko’rsatish chiziqlari va hk.). Gorizontal belgilash qoplamasi mukammal ishlangan, qatnov qismining kengligi 6 m va undan ko’p, transport harakatining jadalligi bir sutkada 1000 ta va undan ko’p bo’ladigan yo’llarda ishlatiladi. Vertikal belgilashga haydovchilar urilmasligi uchun harakat vaqtidagi havfli yo’l inshooti, yo’ldagi jihozlar va turli predmetlarga chiziladigan chiziqlar kiradi. Qatnov qismidagi chiziqlar haydovchining emotsional zo’riqishiga ta’sir qilgani uchun u tanlaydigan harakat tezligi va yo’nalishini o’zgartirish imkonini beradi. Sababi, haydovchi axborot yukini optimalga yaqin darajada saqlashga harakat qiladi. Yo’lda chiziq paydo bo’lgani uchun bu darajadan chetga chiqish haydovchini tezlikni yoki qatnov qismida avtomobil holatini o’zgartirishga majbur qilaldi. Harakatni tartibga solish uchun uzuq chiziqlar chizilganda belgilashning aynan shu xususiyati ishlatiladi. MADII loyihalash kafedrasi o’tkazgan maxsus tadqiqotlarda uzuq chiziq tortilgan yo’ldagi haydovchilarning ko’pi chiziq va uzilishlarning titrashi 3 Gts dan oshmaydigan tezlik bilan harakatlanishi ma’lum bo’lgan. (4.52- rasm) 4.52-rasm. Harakat tezligining shtrix va uzuq chiziqlar titrashiga bog’liqigi. SHu tomondan qaraydigan bo’lsak, uzuq chiziqning uzunligi, orasi va umumiy uzunligi qandayligi ahamiyatli bo’ladi. Xarakat usuliga 1:1 nisbatda belgilash ko’proq ta’sir qiladi, 1:3 nisbatdagi belgilashning esa ta’siri kamroq bo’ladi. CHiziq umumiy uzunligini kamaytirish, orasini qisqartirish tezlikni kamaytiradi. Bu parametrlarning birga ta’siri 54- rasmda ko’rsatilgan. CHiziq bilan uzilishning umumiy uzunligi 14-18 m, nisbati 1:3 bo’lganda harakat tezligi belgilanmagan yo’ldagi tezlikdan farq qilmaydi. SHundan xulosa qiladigan bo’lsak, yo’lning xavfli qismida tezlikni kamaytirish uchun chiziq uzunligini, oralig’ini va nisbatini o’zgartirib lipillash tezligini oshirish kerak bo’ladi. SHu bilan birga, lipillash oralig’ini ohista o’zgartiradigan o’tish uchastkalarini ham tashkil qilish to’g’ri bo’ladi. Buning uchun bo’ylama belgilashning uzilgan va uzluksiz chiziqlari o’rtasiga yaqinlashtirish chiziqlari chiziladi 4.53-rasm. Uzuq chiziqlarning parametrlari turli bo’lganda avtomobil tezligining o’zgarishi a chiziq va uzilish uzunligi umumiy bo’lganda tezlik ko’rsatgichlari taqsimlanishini ko’rsatuvchi egri chiziqlar: 1 – 2+2 m; 2 – 2+4 m; 3 – 3+9 m; 4 – 4+12 m; 5 – belgilashsiz; b – nisbati quyidagicha bo’lganda chiziq va uzilishning tezlikka ta’siri: 1 – 1; 2 – 1:2; 3 – 1; 4 – belgilashsiz. 4.54-rasm. Yo’l belgi chiziqlarining turlari (GOST 13508 ) Qarshi harakat polosasiga chiqish ta’qiqlangan (misol uchun, ko’rinish cheklangan) joylarda uzluksiz o’q chiziq chiziladi. Bu xavfsizlikni oshiradi, lekin tezlikni, yo’lning o’tkazish xususiyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, boshqa cheklashlarga o’xshab, haydovchining yonidagi uzluksiz chiziq uni charchatadi. SHuning uchun qarama-qarshi tomondan kelayotgan transport oqimini uzluksiz chiziq bilan ajratish oqlangan bo’lishi kerak. Bu qoida ayniqsa haydovchi yo’l chetida yurishi kerak bo’lgan, ba’zan yo’l yoqasiga chiqib ketadigan qatnov qismi tor (kengligi 6-6,5 m) yo’llarda ahamiyatli bo’ladi. Buni esa har doim ham xavfsiz deb bo’lmaydi. Qatnov qismining chetidan o’tkazilgan uzluksiz chiziq ayniqsa tunda samarali bo’ladi – haydovchining mo’ljal olishiga yordam beradi, avtomobil yo’ldan chiqib ketishi ehtimolini kamaytiradi. Lekin qatnov qismi tor bo’lsa tezlikni kamaytiradi. SHuning uchun tezlikni to’g’rilash maqsadida uzluksiz chet chiziq bilan o’q chiziq yo’lning boshqa-boshqa qismlarida ishlatiladi., sababi ularning bir joyda bo’lishi birinchi navbatda transport oqimining tez harakatlanayotgan qismi tezligiga ta’sir qiladi. Gorizontal belgilash uchun bizning mamlakatimizda turli yo’l sharoitida yaxshi ko’rinadigan oq rang qabul qilingan. Bu qoidadan faqat bekatni, transport qo’yiladigan joyni chegaralaydigan chiziqlar istisno qilinadi. Vertikal belgilash chiziqlari oq va qora ranglar bilan o’tkaziladi. Mamlakatimizda qabul qilingan yo’l belgilanishining rangi, shakli va o’lchami Yo’l belgilari va signallari haqidagi Kelishuv tavsiyalariga to’g’ri keladi. 4.54-rasmda amaldagi GOST 13508 «Yo’l belgilanishi» me’yorlariga muvofiq bo’ladigan yo’l belgilash chiziqlari ko’rsatilgan. Belgilashning har bitta turiga GOSTga muvofiq raqam qo’yilgan, birinchi raqam belgilash kiradigan guruhni bildiradi (1 – gorizontal, 2 – vertikal), ikkinchi raqam (yoki son) belgilashning guruhdagi tartib raqami, uchinchi raqam esa belgilash turini bildiradi. Keyingi boblarda (matnni qisqartirish uchun) ba’zi belgi turlarining nomi 4.54-rasmda ko’rsatilgan raqamlar bilan almashtirilgan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling