Gap bo'iaklari


Download 182.69 Kb.
bet1/14
Sana30.01.2024
Hajmi182.69 Kb.
#1815879
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Gap bo‘laklari


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
AJINIYAZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI YOʻNALISHI
______-guruh talabasi
Shermamatov Ergashbekning
__________________________________” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Gap bo‘laklari.
Topshirdi: _________________________
Qabul qildi: _________________________
Nukus – 2023
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB Gap haqida umumiy tushuncha.………………………………………...6
1.1 Gap bo‘laklari haqida ma’lumot ……….……....…………………….……….6
1.2 Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari……………………....……………….....12
II BOB Gapning vazifasiga ko‘ra turlari………………..……………..………19
2.1 Gapning uyushiq bo‘laklari ……...………………....………………………..19
2.2 Bir bosh bo‘lakli gaplar va ularning turlari ………...………………………..25
Xulosa…………………………………………………………………………….31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………33

Kirish
Mavzuning solzarbligi: Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita bo‘lmish ona tili fani maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi.
“Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’ naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir” . Shu bois ona tili ta’ limi samaradorligini oshirish davlat siyosatiga aylandi va buni isboti sifatida 2016-yil 13-mayda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va Adabiyoti universiteti tashkil qilindi. Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini, shu bilan birga undov, taqlid, modal so‘zlarini izchil kurs sifatida o‘qitish juda katta ta’ limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z turkumlari haqidagi ta’limot bilan tanishadilar. Zero, morfologiya tilning barcha bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tatqiq qilish va morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
Jumladan, o‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va metodikasi fanida morfologiya bo‘limini o‘rganish masalalari metodist olimlar tomonidan chuqur o‘rganilgan. T.Ziyodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, A.Bobomurodovaning “Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini asos sifatida keltirish mumkin. Ona tili darslarini samarali tashkil etish masalasi har doim ham yuksak ahamiyat kasb etgan va hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.

Download 182.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling