Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili
Download 59.6 Kb.
|
Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Ifodalanishiga ko’ra kesimning turlari
Kesim haqida ma’lumot 1. Kesimga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat: - kesim gapning mazmuniy va Grammatik markazi hisoblanadi; - kesim gapni gap qilib shakllantiruvchi muhim bo’lak sanaladi; - kesim gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatdan gapda katta ahamiyatga ega; - kesim hukmni ifodalaydi, gaplikning asosiy belgisini ko’rsatadi; - kesim kesimlik ma’nolarini, ya’ni zamon, shaxs-son, tasdiq-inkor, mayl ma’nolarini ifodalaydi; - kesim gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi, ya’ni gapda ega ham, 2-darajali bo’laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog’lanadi. 2. Kesimning so’roqlari: - asosan, nima qildi? nima qilyapti? nima qilmoqchi? nima qilmoqda? nima bo’ldi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi; - ba’zan kim)dir)? nima(dir)? qayer? qanday? qanaqa? qancha? nechta? nechanchi? kimga? kimda? kimdan? qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 3. Kesim, asosan, ikki tomonlama tasnif qilinadi: a) qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra; b) tuzilishiga ko’ra.
I. Ifodalanishiga ko’ra kesimning turlari Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: a) ot kesim b) fe’l kesim Fe’l kesim 1. Fe’lning turli shakllari bilan ifodalangan kesim fe’l kesim hisoblanadi. 2. Fe’l kesim quyidagi ko’rinishlarga ega: a) sof fe’l kesim M: O’rik oppoq bo’lib gulladi. b) sifatdosh bilan ifodalangan fe’l kesim M: It hurar – karvon o’tar. d) ravishdosh bilan ifodalangan fe’l kesim M: Ishning boshi boshlanguncha. Ot kesim 1. Fe’ldan boshqa so’z turkumlari, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim sanaladi. 2. Ot kesim quyidagicha ifodalanadi: a) ot bilan M: Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmat qilayotgan depo xo’jayini do’stmi? b) sifat bilan M: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. d) son bilan M: Ikki marta ikki – to’rt. e) olmosh bilan M: O’zim har yerdaman, ko’nglm sandadur.f) ravish bilan M: Sizdan umidimiz ko’p. g) fe’lning harakat nomi shakli bilan M: Maqsadim – o’qimoq. h) taqlid so’zlar bilan M: Osmonda yulduzlar g’uj-g’uj. i) modal so’z bilan M: Tabiatda hech qanday sirli kuch yo’q. j) ba’zan undov so’z bilan M: Buyruqni bajarmaganning holi voy. 3. Ot kesimning otning Grammatik shakllariga munosabati quyidagicha: a) son bilan egalik kategoriyasining ot kesim tarkibida bo’lish-bo’lmasligi ahamiyatga ega emas; b) kelishik kategoriyasi ahamiyatga ega, ya’ni: - ot kesim ko’proq bosh kelishik shaklida bo’ladi M: Yurgan – daryo, o’tirgan – bo’yra. – shuningdek, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari ham ot kesim tarkibida uchrashi mumkin M: Birniki – mingga, mingniki – tumanga.Tikan zahri uchida. Butun umidimiz sizdan. – tushum kelishigi va qaratqich kelishigi hozirgi o’zbek adabiy tilida ot kesim tarkibida uchramaydi (eski o’zbek tilida, ba’zan she’riyatda qaratqich kelishigi qarashlilik shakli bilan sinonim bo’lib, ot kesim tarkibida kelishi mumkin. M: Go’shti sizning, ustixoni bizning bo’lg’ay. Jozibalar barchasi sening.) 4. Ot kesim tarkibida ba’zan ko’makchilar uchrashi mumkin. M: Barcha harakatlarimiz tinchlik uchun. Download 59.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling