Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


I. Ifodalanishiga ko’ra kesimning turlari


Download 186.5 Kb.
bet2/17
Sana30.01.2023
Hajmi186.5 Kb.
#1141023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

I. Ifodalanishiga ko’ra kesimning turlari Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: a) ot kesim b) fe’l kesim Fe’l kesim 1. Fe’lning turli shakllari bilan ifodalangan kesim fe’l kesim hisoblanadi. 2. Fe’l kesim quyidagi ko’rinishlarga ega: a) sof fe’l kesim M: O’rik oppoq bo’lib gulladi. b) sifatdosh bilan ifodalangan fe’l kesim M: It hurar – karvon o’tar. d) ravishdosh bilan ifodalangan fe’l kesim M: Ishning boshi boshlanguncha. Ot kesim 1. Fe’ldan boshqa so’z turkumlari, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim sanaladi. 2. Ot kesim quyidagicha ifodalanadi: a) ot bilan M: Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmat qilayotgan depo xo’jayini do’stmi? b) sifat bilan M: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. d) son bilan M: Ikki marta ikki – to’rt. e) olmosh bilan M: O’zim har yerdaman, ko’nglm sandadur.f) ravish bilan M: Sizdan umidimiz ko’p. g) fe’lning harakat nomi shakli bilan M: Maqsadim – o’qimoq. h) taqlid so’zlar bilan M: Osmonda yulduzlar g’uj-g’uj. i) modal so’z bilan M: Tabiatda hech qanday sirli kuch yo’q. j) ba’zan undov so’z bilan M: Buyruqni bajarmaganning holi voy. 3. Ot kesimning otning Grammatik shakllariga munosabati quyidagicha: a) son bilan egalik kategoriyasining ot kesim tarkibida bo’lish-bo’lmasligi ahamiyatga ega emas; b) kelishik kategoriyasi ahamiyatga ega, ya’ni: - ot kesim ko’proq bosh kelishik shaklida bo’ladi M: Yurgan – daryo, o’tirgan – bo’yra. – shuningdek, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishiklari ham ot kesim tarkibida uchrashi mumkin M: Birniki – mingga, mingniki – tumanga.Tikan zahri uchida. Butun umidimiz sizdan. – tushum kelishigi va qaratqich kelishigi hozirgi o’zbek adabiy tilida ot kesim tarkibida uchramaydi (eski o’zbek tilida, ba’zan she’riyatda qaratqich kelishigi qarashlilik shakli bilan sinonim bo’lib, ot kesim tarkibida kelishi mumkin. M: Go’shti sizning, ustixoni bizning bo’lg’ay. Jozibalar barchasi sening.) 4. Ot kesim tarkibida ba’zan ko’makchilar uchrashi mumkin. M: Barcha harakatlarimiz tinchlik uchun.

Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling