Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


II. Tuzilishiga ko’ra kesimning turlari


Download 186.5 Kb.
bet3/17
Sana30.01.2023
Hajmi186.5 Kb.
#1141023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

II. Tuzilishiga ko’ra kesimning turlari Kesim tuzilishiga ko’ra 2ga bo’linadi: a) sodda kesim b) murakkab kesim Sodda kesim 1. Birgina so’z bilan ifodalangan kesim sodda kesim sanaladi. 2. Sodda kesim ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) sodda fe’l kesim M: Bolalar maktab bog’I yonida to’xtadilar. b) sodda ot kesim M: Sizga aytmoqchi bo’lgan gapim – shu.Murakkab kesim 1. Ikki yoki undan ortiq so’z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim sanaladi. 2. Murakkab kesim ham ifodalanishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: a) murakkab fe’l kesim; b) murakkab ot kesim. 3. Murakkab fe’l kesim, asosan, fe’l+fe’l shaklida bo’ladi va quyidagicha hosil bo’ladi: a) ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmalari orqali M: Bo’lib otgan voqealarni eslab ko’r. b) fe’l va uning shakllaridan keyin yordamchi fe’llarni, to’liqsiz fe’llarni keltirish orqali M: U nimalarni o’yladi ekan? Mashg’ulotlar haftada bir marta o’tadigan bo’ldi. 4. Murakkab ot kesim quyidagicha hosil bo’ladi: a) fe’l bo’lmagan so’zlardan keyin ekan, emish, erur, edi kabi to’liqsiz fe’llarni keltirish orqali M: Sog’lik hayot bergan ehson ekan. Bu uylar daryodan ancha narida edi. b) fe’l bo’lmagan so’zlardan keyin bo’l, qil, sana, hisoblan kabi yordamchi fe’llarni keltirish orqali M: Karim a’lochi o’quvchi sanaladi. Sunbulaning suvi tiniq bo’ladi. d) harakat nomidan keyin zarur, kerak, lozim, shart, mumkin, darkor kabi so’zlarni keltirish orqali M: Bir narsani qadrlash uchun uni yaxshi bilish kerak. 5. Murakkab ot kesimlarda asosiy ma’no 1-komponentdan, ya’ni fe’l bo’lmagan so’zdan anglashiladi; 2-komponent esa: - qo’shimcha ma’no bildiradi; - kesimning ega bilan bog’lanishini ta’minlaydi. 6. Murakkab ot kesimni shakllantirish uchun xizmat qiladigan bunday so’zlar bog’lamalar sanaladi.
Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi Quyidagi hollarda kesim yaxlitligicha bitta gap bo’lagi sifatida olinadi, o’z ichida boshqa gap bo’laklariga ajratilmaydi: 1. Kesim ko’chma ma’noli turg’un bog’lanmalar, ya’ni iboralar bilan ifodalanganda yaxlitligicha bitta gap bo’lagi sifatida olinadi. M: U birdaniga to’nini teskari kiyib oldi. 2. Kesim to’gri ma’noli turg’un bog’lanmalar bilan ifodalanganda ham yaxlitligicha bitta gap bo’lagi sifatida olinadi. M: Resbuplikamizda eng nufuzli bilim dargohi O’zbekiston Milli yuniversitetidir. 3. Demak, kesim murakkab birliklar, ya’ni: - ko’chama ma’noli turg’un bog’lanamalar; - to’g’ri ma’noli turg’u bo’g’lanmalar; Bularning barchasi tuzilishiga ko’ra murakkab kesimni yuzaga keltiradi.

Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling