Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili
II. Holning tuzilishiga ko’ra turlari
Download 186.5 Kb.
|
GAP BO\'LAKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Holning kesimga to’g’ridan to’g’ri bog’lanish-bog’lanmasligiga ko’ra turlari
- Fe’lning vazifa shakllari va hol
II. Holning tuzilishiga ko’ra turlari Hol ham boshqa gap bo’laklari singari tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: a) sodda hol – shaklan 1 so’zdan iborat bo’ladi; b) murakkab hol – shaklan 2 yoki undan ortiq so’z bilan ifodalanadi. Murakkab hol quyidagicha hosil bo’ladi: 1. Takror so’zlar bilan M: Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi. 2. Iboralar, ya’ni ko’chma ma’noli turg’un bog’lamalar bilan M: Bolalar maktab bog’ida bir yoqadan bosh chiqarib ishlashdi. 3. Kengaygan birikmalar bilan M: Bahor kelishi bilan o’t-o’lanlar ko’kardi. Urush boshlanganda u kichkina qizaloq edi. 4. So’z birkmalari (sintaktik birliklar) bilan M: Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko’chaga otildi.
III. Holning kesimga to’g’ridan to’g’ri bog’lanish-bog’lanmasligiga ko’ra turlari 1. Hol ham to’ldiruvchi singari kesimga to’gridan to’g’ri bog’lanish-bog’lanmasligiga ko’ra 2 ga bo’linadi: a) mustaqil hol; b) nomustaqil hol. 2. To’g’ridan to’g’ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog’lanib kelgan holler mustaqil hol sanaladi. 3. Kesim vazifasida kelmagan fe’lga bog’langan holler nomustaqil hol sanaladi. M: Dalalarda boshlanadi ish. Daladan qaytgan yigit dam oldi. – 1-gapdagi o’rin holi mustaqil hol sanaladi, chunki to’g’ridan to’g’ri fe’l kesimga bog’langan; - 2-gapdagi o’rin holi nomustaqil hol, gap bo’lagining bo’lagi hisoblanadi, chunki u kesimga emas, sifatlovchi aniqlovchiga bog’lanib kelyapti. M: Qirq marta eshitgandan ko’ra bir marta ko’rgan yaxshi. 4. Hol, asosan, fe’l kesimga bog’lanadi, chunki hol ish-harakatning belgisini bildiradi. Ba’zan hol ot kesimga ham bog’lanishi mumkin. M: Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-tarozu. Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat.Hozir maktab o’quvchisiman, kelasi yili tala bo’laman. Fe’lning vazifa shakllari va hol 1. Fe’lning fatat ravishdosh shakli Grammatik o’zgarishlarsiz gapda hol vazifasida keladi. 2. Demak, fe’lning holga ixtisoslangan shakli ravishdosh hisoblanadi. 3. Ravishdoshlar bir mustaqil ma’noli fe’lni ikkinchi bir mustaqil ma’noli fe’lga bog’lagandagina hol vazifasida keladi. M: Qo’shiqni jo’shib kuyladi. Har bir gapni o’ylab gapir. 4. Fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari holga ixtisoslashgan emas, ya’ni ular Grammatik o’zgarishlarsiz, bevosita hol vazifasida kelmaydi. Ammo sifatdosh va harakat nomi shakllari ma’lum bir Grammatik ko’rsatkichlarni, ya’ni kelishik va ko’makchilarni qabul qilib, hol vazifasida keldi. M: Charchaganidn uxlab qoldi. Qaytayorganingda kirarsan. O’qish uchun keldim. Aniqlovchi 1. Gapning biror bo’lagini aniqlab kelgan 2-darajali bo’lak aniqlovchi sanaladi. 2. Aniqlovchi aniqlagan bo’lak, ya’ni aniqlovchi bog’lanib kelgan so’z aniqlanmish deyiladi. 3. Aniqlovchi aniqlanmishga bitishuv va moslashuv yo’li bilan bog’lanadi. 4. Aniqlovchi quyidagi gap bo’laklariga bog’lanadi: - egaga M: Bahaybat samolyot yerga ohista qo’ndi. – ot kesimga M: Salimjon – a’lochi o’quvchi. – to’ldiruvchiga M: Ilg’or ishchilarga mukofotlar topshirildi. – holga M: Ular bilan yangi bog’da uchrashdik. (shuningdek, aniqlovchi aniqlovchiga bog’lanishi mumkin M: Kumush qishning ko’pdir ziynati) 5. Aniqlovchi narsa-buyumning belgisini, ya’ni rang-tusini, maza-ta’mini, hajmini, miqdorini, kimga yoki nimaga qarashliligi kabi ma’nolarni bildiradi. Shunga ko’ra aniqlovchi 8-sinf “Ona tili” darsligida 2 ga bo’linadi: a) sifatlovchi aniqlovchi; b) qaratqich aniqlovchi. (Litsey darsligida aniqlovchi 3 ga bo’linadi: d) izohlovchi anqilovchi) Download 186.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling