Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot so’z birikmasi tahlili


Download 186.5 Kb.
bet6/17
Sana30.01.2023
Hajmi186.5 Kb.
#1141023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARI

Ega haqida ma’lumot 1. Gap kesimining qo’shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo’lak ega deb nomlanadi. 2. Eganing so’roqlari: - asosan, kim? nima? so’roqlariga javob bo’ladi; - shuningdek, qayer? qaysi? qanaqasi? nechtasi? qanchasi? kabi so’roqlarga javob bo’ladi. 3. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo’ladi. 4. Egalik va ko’plik shakllari eganing tarkibida uchrashi mumkin, ya’ni son va egalik kategoriyasining ega tarkibida bo’lish-bo’lmasligi ahamiyatga ega emas. 5. Ega bosh kelishik shaklidagi ot, otlashgan so’zlar, ot xarakteridagi so’zlar bilan ifodalanadi. 6. Ega ham tarkibiga ko’ra (tuzilishiga ko’ra) 2 xil bo’ladi: a) sodda ega – shaklan bir so’z bilan ifodalanadi; b) murakkab ega – shaklan ikki yoki undan ortiq so’z bilan, ya’ni turg’un bog’lamalar, birikmalar bilan ifodalanadi.
Eganing ifodalanishi 1. Sodda egalar shaklan bir so’zdan iborat bo’lib, quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanishi mumkin: a) ot bilan M: Mayin shabada g’ir-g’ir esmoqda. b) otlashgan sifat bilan M: Yaxshilar ko’paysin, yomon qolmasin. d) otlashgan son bilan M: Uchalasi ham mard, peshqadam edi. e) olmosh bilan - ot xarakteridagi olmosh bilan M: Sen Lutfiyning so’lim g’azali. – otlashgan olmosh bilan M: Atlasning qanaqasi sizga yoqadi? f) otlashgan ravish bilan M: Ko’p so’zning ozi yaxshi. g) harakat nomi bilan M: O’rganish – bir hunar, o’rgatish – ikki hunar.h) sifatdosh bilan - otlashgan sifatdosh bilan M: Intilgan elga yoqar. – harakat nomi xarakteridagi sifatdosh bilan M: So’zlagandan so’zlamagan yaxshiroq. i) otlashgan taqlid so’z bilan M: Qars ikki qo’ldan chiqadi. j) otlashgan modal so’zbilan M: Bor so’zlaydi, yo’q o’ylaydi. k) otlashgan undov so’z bilan M: Uzoqdan jangchilarning urasi eshitildi. 2. Murakkab ega birdan ortiq so’z shaklida bo’ladi va quyidagicha ifodalanadi: - ibora bilan M: Uning oyoq olishi bizga yoqmadi. – so’z birikmasi bilan M: San’atsiz turmush o’g’rilikdir. – kengaygan birikma bilan M: 1-o’rinni olganlar taqdirlanadi. – to’g’ri ma’noli turg’un bog’lanmalar bilan M: O’zbekiston Millii universiteti respublikamizning eng nufuzli oily dargohidir.ESLATMA: Oliy ta’lim darsliklarida ko’rsatilishicha, sanoqli misollarda ega chiqish kelishigidagi so’z bilan ifodalanishi mumkin. M: Unda ham bu kitoblardan bor.

Download 186.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling