Gap bo’laklari


Download 46.89 Kb.
bet10/12
Sana21.04.2023
Hajmi46.89 Kb.
#1371017
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
GAP BO\'LAKLARINING AJRATILISH SABABLARI.

Nuqtali vergul quyidagicha qo’llanadi:
1. O’z ichida vergul bo’lgan yoyiq uyushiq bo’laklar orasida:
Mehnat, ijod, odam sharafi;
Dil yorug’i, hayot quvonchi... (S.Nazar)

  1. O’z ichida verguli bo’lgan, mazmunan ma’lum darajada mustaqil bo’lgan sodda gaplar orasida.

3. Yordamchi vositalarsiz bog’lanadigan qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmuni u qadar yaqin bo’lmagan voqea-hodisalarni ifodalasa, shuningdek, sodda gaplarning o’zida vergul ishlatilgan bo’lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo’yiladi: Shinel jiqqa ho’l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
Tire quyidagi o’rinlarda ishlatiladi:

  1. Fe’l bo’lmagan kesim bilan bog’lamasiz birikkan ega o’rtasida: Yurgan-daryo, o’tirgan-bo’yra.

  2. Uyushiq bo’laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan oldin: Hayo, odob, insof, diyonat- bular inson siyratini bezaydigan fazilatlardir

  3. Kirish gap bilan gap bo’laklari o’rtasida: Muhayyo va Lazokat ikkovlari-o’shanda hali tong yorishmagan edi- paxtazor tomon ketishdi.

  4. Muallif gapi bilan ko’chirma gap orasida.

  5. Dialog tipidagi ko’chirma gaplarda.

  6. Kutilmagan voqea-hodisalarni ifodalagan gaplardan oldin: Men darrov idoraga yugurdim-yo’qsiz. (O)

  7. Zid ma’noli gaplar orasida: Jismimiz yo’qolur-o’chmas nomimiz. (G’.G’)

  8. Ajratilgan bo’lak bilan izohlanmish bo’lak orasida: Otam-Ne’mat Anorboev, shu jamoaning faol a’zosi edi.

Ikki nuqta quyidagi o’rinlarda ishlatiladi:

  1. Uyushiq bo’laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so’zdan keyin: Daraxtda barcha sayroqi qushlar: sa’va, mayna, bulbul jamlangan edi.

  2. Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini ko’rsatsa: Tuni bilan uxlay olmadim: singan qo’lim bezovta qildi.

  3. Bir gap ikkinchi bir gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini ko’rsatsa: Xonanda bor mahorati bilan kuyladi: o’tirganlarning ko’zida yosh qalqdi.

  4. Bir gap boshqa bir gapning mazmunini to’ldirsa yoki izohlasa: Onam aytar: zerikmay, bolam, to’yga bor, bor. (Qo’shiqdan)

  5. Ko’chirma gapdan oldin, muallif gapidan so’ng ikki nuqta qo’yiladi.



Qavs
Qavsning o’zbek yozuda tinish belgisi sifatida qo’llanishi XIX asrning 70-yillaridan boshlangan. Qavs struktura jihatdan ikki elementli tinish belgisi sanaladi. Uning 1-elementi ochiluvchi qavs, 2- elementi yopiluvchi qavs deb yuritiladi. Yopiluvchi qavs raqam yoki harf bilan belgilashda ishlatiladi.
Qavs:

  1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror qismiga qo’shimcha izoh beruvchi so’z yoki iboralar qavsga olinadi: Salomat opa (adabiyot muallimasi) ertaga shoir bilan uchrashuvga kelishimizni tayinladilar.

Qavsdan oldingi tinish belgilari (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire) qavsdan so’ngga ko’chiriladi.

  1. Kirish gaplar, remarkalar qavs bilan beriladi: Qirg’iz O’roz belbog’iga mahkam chandib tugilgan bittagina so’lkavoyni (kim biladi, buni qachonlardan beri saqlab keladi) chiqarib sekingina tashladi. (O.); Maryamxonim (yig’lab); Majburiyat keltirdi mani? (H.H)

3. Misol yoki ko’chirmalar manbai qavs ichida beriladi: “Turk nazmida men chu tortib alam...” (Navoiy)

Download 46.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling