Gap va uning belgilari


Download 28.02 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi28.02 Kb.
#1634633
Bog'liq
GAP VA UNING BELGILARI


GAP VA UNING BELGILARI
Ma’ruza rejasi:
Kirish
1. Gap va uning belgilari
2. Gap haqida umumiy ma’lumot
3. Gapning turlari Sintaksisda o’rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Gap - kishilar nutqining kichik birligi bo'lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, mazmun va intonatsiya jihatdan nisbiy tugallikka ega bo'lgan so’zlar bog'lamasi yoki yakka so'zdir. Aloqa birligi bo'lmish gap fikmi ifodalash va shakllantirish birligi hamdir. Shunga ko'ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr ifodalash) vazifalarni bajaradigan nutq birligi sanaladi. Gapning mazkur xususiyatlari uni so'zdan va so'z birikmasidan farqlaydi. Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud: Gapning ko'pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog'liq.



Hukmda esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda predikativlik o'z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining obyektiv borliqqa bo'lgan munosabatini ifodalaydi. Predikativlik ifodalovchi grammatik vositalar mavjud bo'lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir. Predikativlik odatda so'zlaming predikativ aloqaga kirishuvi bilan, ya'ni egakesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand. Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo'lak bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Tinchlik uchun kurashaylik. Gapda bayon qilinayotgan fikrga so'zlovchining munosabati ham ifodalanadi. Bunday munosabat modallik deb yuritiladi. Anglashiladiki, gapning asosiy belgilaridan biri modallik hisoblanadi. Modallik (tasdiq, inkor, gumon, shubha kabilar) mayl kategoriyasi, modal so'zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali ifolanadi. Gap intonatsiya (ohang) jihatdan tugallikka ega bo'ladi. Intonatsiya ham predikativlik, modallik belgilari singari gapni so'z birikmasidan chegaralashga xizmat qiladi. Intonatsiya, birinchidan, so'zlar bog'lanmasi yoki yakka so'z gapni shakllantirganini ko'rsatsa, ikkinchidan, gapning tugallanganligini ifodalab, uni boshqa gapdan ajratib turadi. Intonatsiyaning xabar, so'roq, buyruq va boshqa turlari farqlanadi. Gap mazmun jihatdan ham nisbiy tugal bo'ladi. Uning tugal fikmi ifodalashi ma’lum sharoit bilan bog'liqdir. Shunday qilib, predikativlik (gap mazmunining borliqqa munosabati). modallik (so'zlovchining aytilayotgan fikrga munosabati), intonatsiya shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari sanaladi. O'zbek tilida gaplar turli nuqtayi nazardan tasnif qilinadi: 1.Ifoda maqsadiga ko‘ra. 2.Emotsionalikka ko'ra. 3.Tuzilishiga ko'ra. Ifoda maqsadiga ko'ra va bu maqsad bilan bog'liq bo'lgan intonatsiyaga ko'ra gaplar darak, so'roq, buyruq gaplarga ajratiladi. Emotsionalikka ko'ra gaplar ikki turga bo'linadi: emotsional gaplar yoki undov gaplar va emotsional bo'lmagan gaplar. Darak, so'roq, buyruq gaplar darak, so'roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo'lmagan gaplar deb yuritiladi. Yuqorida sanab o'tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo'lishi bilan emotsional gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi. Tuzilishiga ko'ra gaplar sodda va qo'shma bo'ladi. Gaplarning bunday bo'linishi ulaming tarkibidagi predikativlik birliklaming soniga, miqdoriga asoslanadi. Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1)darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap. Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gap darak gap deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko'p qo'llanadi. Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo'ladi. Darak gap darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko'tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli salqini. Ko'kda, daraxtlar ustida g'ij-g'ij yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning о ‘zi kuylaydi. (O.). Darak gapning kesimi ko'pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe'l bilan yoki fe'ldan boshqa so'z turkumlari bilan ifodalanadi. Darak gap oxiriga nuqta qo'yiladi. So'zlovchiga noma'lum bo'lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma'lumot berish ko'zda tutiladigan gap so'roq gар deyiladi. So'roq gaplar ko'proq dialogik nutqda qo'llanadi. Bunday gaplar alohida intonatsiya bilan aytiladi. So'roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi: So'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan qo'rqqaningmi bu, Robiya? (P.O.). Ammo Naziraning o'rniga o'zimni qo'yib kо’rsam-chi? (O'.Usmonov). So'roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo’ydingiz? (F.Musajonov). Nega o'rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O.Usmonov). So'roq intonatsiyasi. Bunda savol mazmuni bilan bog'liq bo'lgan so'zda intonatsiya (ohang) ko'tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? - deb so’radi. (O'. Usmonov). Juda kamnamolar Akmalxon? (F.Musajonov). So'roq gaplar so'roqning xususiyatiga ko'ra uch turga bo'linadi: sof so'roq gaplar, ritorik so'roq gaplar, so'roq buyruq gaplar. Sof so'roq gaplar tinglovchidan so'roqqa javobni talab qiladi. Masalan: Kechagi maqola nima bo'ldi. Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xojalik bo'limi shumi? (F.Musajonov) Ritorik so'roq gaplarda so'roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi. Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko'radigan kishining yuziga oyoq bosishdan og'ir jinoyat bormni? (A.Muhiddin). So'roq-buyruq gaplar so'roq orqali buyruq vazifasini o'z ichiga oladi. Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o'zi qayerdaligini aytib berolmaysizmi? (O '. Usmonov). So'zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi: Buyruq, do'q-po'pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering. (P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga ham ota, ham ustozlik qiladi, o'g'lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov ). Sen darsingga o'tir, qizim, - buyruq qildi Yulduzga. Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo'ladi, faqat iltimos qilamanki. bo'tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq solguvchilar paydo bo’lib, biror ishkallikni o’ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga uncha ro'yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov). Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo'q, toylog'im.- deb qoldi professor. - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang (J.Abdullaxonov). Keling. institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan bog'lash imkoniga ega bo'ling avval. (J.Abdullaxonov). Buyruq gapning ko’pgina ma’nolari intonatsiya orqali anglashiladi. Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: I) buyruq intonatsiyasi. 2) ko'pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi. 3) gapga buyruq ohangni qo’shadigan maxsus so'zlar (keling, kel, yaxshisi, iloji bo’lsa va boshqalar). Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko'ra farqlanadi: Buyruq gapning kesimi ko'p hollarda buvruq-istak maylidagi fe'l bilan ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang. Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji bo'lsa, uzoq kutdirib qo'ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo’lsa, marhamat qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov). Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor haliginday takror qo’l siltadi: - Raddiyani uning о 'ziga yozdirasiz, bo 'tam. (J.Abdullaxonov). Buyruq gapning kesimi vazifasida fe'ldan boshqa so'zlar ham kelishi mumkin. Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.O.). Gaplar emotsionallikka ko'ra ikki xil bo'ladi: 1) emotsional bo'lmagan gaplar. 2) emotsional yoki undov gaplar. Xabar-darak, so'roq, buyurish intonatsiyasiga ega bo'lgan gaplar emotsional bo'lmagan gaplardir. Yuqorida ko'rib o'tilgan gaplaming barchasi, ya'ni darak gap, so'roq gap va buyruq gaplar emotsional bo'lmagan gaplarni tashkil qiladi. Emotsional gaplar yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon intonatsivasi, ohangi bilan talaffuz etiladi. Darak, so'roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. Shunga ko'ra undov gaplarning darak undov gap, so'roq undov gap, buyruq undov gap turlari yuzaga keladi. Darak undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, о 'rtoq! (O'.H.) So'roq undov gap: Bu gaplardan so'ng menga ko'ngillarini ocharmidilar?!(P.Q.). Buyruq undov gap: Yo'qolgan pichoqning sopi oltin bo'lavermasin!- dedi Davlatbekov. (P.Q.). Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi: -turli his-tuyg'ularni: shodlik, quvonch, taajjub, afsuslanish, hayratlanish, g'azab va shu kabilarni bildiruvchi intonatsiya yordamida. Masalan: Odamlar bilan... yashash, ishlash, do'stlashish, yordamlashish va yordam olish naqadar yaxshi! (CH.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.) Ayam bilan xollam yo'lga nima pishirsak ekan deb maslahat qilib o'tirishibdi! (A.O.). Yillar. yillar o'tdi! (A.Q.). Kecha g’ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.); -undov so‘zlar yordamida, masalan: E gaplar o'tdi-ketdi-da! (P.Q.). Obbo, noshudlar-ey!- dedi Ortiq qo'ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi. (A.O.). -yuklamalar yordamida. Masalan: Nahot, Mavloningiz jiyanining to'yiga kelmasa! (A.Q). ... birpas tinch qo'ymaydi-ya!- deb bolalarini koyidi. (P.O.). Boyaqishlar selda qoldi-yov!- deb Suyunboy aka qoyatoshning kamaridan chiqdi. (P.O.). Mamlakatning moddiy va ma’naviy yuksalishida xalqimizning boy ma’naviy merosga, umumbashariy qadriyatlarga, zamonaviy madaniyatga ega bo’lgan, har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb muammosidir. Bu borada qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da barkamol avlodni shakllantirish va yuqari malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga yetkazish bosqichlari, shu bilan birga yuqori malakali mutaxassilar tayyorlashni jahon ta’limi darajasiga ko’tarish asosiy maqsad qilib qo’yilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish barkamol avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazishdek istiqbolli muammoni hal etishni ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi o’qituvchi-murabbiylar, shu yo’nalishda ijod qiluvchi mutaxassis olimlar, jamoat tashkilotlari, rahbar xodimlar oldiga qo’yilishi davr talabidir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, oldimizda turgan eng dolzarb va istiqbolli muammolardan biri – erkin fuqaro ma’naviyatini ozod va erkin shaxsni va shu asosda barkamol avlodni shakllantirish masalasidir. “Boshqacha aytganda, - deydi I.A.Karimov, - biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak”.
Yoshlarga har tomonlama puxta ta'lim-tarbiya bеrish, shu bilan birga milliy mеntalitеtni tiklashga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasining mazmuni milliy turmush tarzimiz, xalqimizning qadim an'analari, ma'naviy axloqiy qadriyatlarimizni aks ettiradi. Milliy istiqlol mafkurasi: O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, dеmokratiya tamoyillariga asoslanadi; Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma'naviyati, an'ana va udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas mеrosidan oziqlanadi; Adolat va xaqiqat, erkinlik va mustaqillik g’oyalari hamda xalqimizning ishonch va e'tiqodini aks ettiradi; Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi;Jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O’zbеkistonning buyuk kеlajagini yaratishga safarbar etadi; Millati, tili va dinidan qat'iy nazar mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptiradi; Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifiy yo’l bilan singdiriladi. U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldidagi burch va mas'uliyatini qay darajada ado etayotganini bеlgilaydigan ma'naviy mеzondir. Bu O’zbеkistonda istiqomat qiladigan va o’z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog’lagan har bir kishining «Vatanim mеnga nima bеrdi dеb emas, mеn Vatanim ravnaqi uchun nima qilayapman» dеgan mas'uliyat tuyg’usi bilan yashashi kеrak.O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to’liq ta'minlaydi. Asosiy qonunimizning 12 - moddasida bu qoida quyidagicha ifodalangan:
«O’zbеkiston Rеspublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas».
Bu qoida O’zbеkistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalar, harakat va ijtimoiy-siyosiy guruhlardan birortasining dasturiy g’oyalari yagona davlat mafkurasi bo’la olmasligini anglatadi.
Mafkura inson tarbiyasini, shu asosda shakllanayotgan axloqi, bilimi, qobiliyati va istе'dodini bеlgilangan maqsadlar bilan bog’lash yo’lidir. hech qachon ta'lim-tarbiya ishlari muayyan mafkurasiz bo’lmagan, bo’lishi ham mumkin emas.
Diniy, dunyoviy tarbiyaning barcha tizimlari zaminida ham ma'lum mafkura yotadi. Mafkuradan xoli bo’lgan tarbiya haqida gapirish tarix tajribasini to’la bilmaslik yoki biror mafkuraning o’rniga boshqasini olib kirishga harakat qilishdir.
Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi jamiyat rivojlanishidagi yеtakchi g’oyalarni o’zida mujassam etib, xalqimizning azaliy an'analariga, udumlariga, ruhiyatiga, qadriyatlariga asoslanib, kеlajakka bo’lgan ishonch tuyg’ularini tarbiyalaydi. Bu g’oyalar bilan qurollangan insonlar o’z orzu intilishlari yo’lida birlashadilar.

Xulosa:
Gaplarning bunday bo'linishi ulaming tarkibidagi predikativlik birliklaming soniga, miqdoriga asoslanadi. Gaplar ifoda maqsadiga ko'ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1)darak gap; 2) so'roq gap; 3) buyruq gap. Borliq hodisalarini tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gap darak gap deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko'p qo'llanadi. Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo'ladi. Darak gap darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko'tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli salqini. Ko'kda, daraxtlar ustida g'ij-g'ij yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go'yo kechaning о ‘zi kuylaydi. (O.). Darak gapning kesimi ko'pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe'l bilan yoki fe'ldan boshqa so'z turkumlari bilan ifodalanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar:
1.aim uz
2.arxiv uz
3.ziyo net
Download 28.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling