Gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishi
Download 80 Kb.
|
Gapda so\'zlarning o\'zaro bog\'lanishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Teng va ergash boglanish
Masalan: Ag'lochi Zulfiya-Zulfiya a'lochi. Birinchisida so'z birikmasi. Ikkinchisida gap. Zulfiya-ega, a'lochi kesim.
Intonasiya. Intonasiya so'zlarni sintaktik munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. Intonasiya qo'shimcha kompanentlardan: logik va ritmik urgu, pauza, melodikdan tashkil topgan. Bu kompanentlar bir-biri bilan uzviy bogliqdir. Logik urgu so'zlovchining eng axamiyatli deb xisoblangan so'zini ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiladi. U gapdagi xar qanday so'zga tushishi mumkin. Ko'p xollarda gapning mazmuni logik urgu bilan belgilanadi. Masalan: Mening akam Toshkentda o'qiydi Bunda mening so'zigalogik urgu tushsa, boqalarning emas, faqat Mening akam o'qishi anglashiladi. Maboda, o'qiydi degan ma'no anglashiladi va xokozo. Ritmik urgu gapning katta bir bo'lagini ajratib ko'rsatadi va uninng mazmuniga aniqlik kiritadi. Masalan: Siz kecha kitob o'qidingizmi? Biroq bu gapda kitob o'qidingizmi birikmasi butunicha bir ritmik urgu bilan aytilishi xam mumkin. U vaqtda ob'yektni emas, balki xarakatni aniqlash nazarda tutilgan bo'ladi. Qiyoslang: Siz kecha kitob o'qidingizmi? – Siz kecha nima o'qidingiz? Pauza gaplarning, ayrim bo'laklarining, sintagmallarning chegarasini, ular orasidagi sintaktik munosabatlarni ko'rsatadi. Pauzaning o'zgarishi grammatik xolatga xam, ma'noga xam ta'sir etadi. Masalan: Yangi ko'ylak oldim,. Gapida yangi ko'ylak so'zidan keyin pauza qilinsa, ko'ylakni yangi (xozir) oldimmazmunini ifodalaydi. Yoki: Ikkita bolalik xtin keldi – ikkita bolasi bor yoki bolasi bor ikkita xotin keldi ma'nolari anglashiladi. Yoki: Qiz bola ko'rdi, qiz-bola ko'rdi va xokozo. Metodik – tovushning baland – past bo'lib tovlanishi – gapning fikriy maqsadga ko'ra turlarini belgilaydi. Masalan: Onam keldi-darak gap Onam keldi-so'roq gap Onam keldi-undov gap So'zlarning sintaktik munosabatlarini ifodolovchi bu vositalarning xammasi o'zaro bog'liq bo'ladi, doimo bir-birini to'ldirib turadi. Biroq ma'lum nutq prosessida ularning ayrimlari aktiv ba'zilari esa passif ro'l o'ynashi mumkin. 2. Teng va ergash bog'lanish So'zlar o'zaro ikki xil bog'lanadi: teng bog'lanish, ergash bog'lanish. Teng bog'lanishda so'zlar bir xil gap bo'lagi bo'ladi. Sanash intonasiyasi yoki teng bog'lovchilar yordami bilan birikib keladi. Masalan: Mashxura bilan Nilufar birgalikda dala tomon ketdilar. Yaxyoxon va Aakmaljon inistitutda a'lo baxoga o'qir edi. Nazira, Odina, Ruxsoralar o'quvchilar konferensiyasida aktiv qatnashar edilar. Yuqorida keltirilgan Misollarda teng bog'lanish mavjud. Ularning o'rinlari almashtirilsa xam, ma'nosi va gramatik xolati o'zgarmaydi. Ergash bog'lanishda biri xokim, ikkinchisi tobe bo'lgan so'zlar o'zaro aloqaga kiradi. Ularning bir ikkinchisini aniqlaydi, to'ldiradi. Ergash bog'lanishdagi so'zlarning tobe-xokimligi odatda, ularga qo'shilib kelgan qo'shimchalardan bilinib turadi. Masalan: Kitobni o'qidim, kitobda o'qidim. Bu birikmalardagi kelishik qo'shimchalari o'zlari qo'shilib kelgan so'zlarning tobeligini ko'rsatuvchi elementlardir. Ergash bog'lanish predikativ va predikativ bo'lmagan bog'lanishni hosil qiladi. Ega va kesim predikativ bog'lanishni, qolganlari esa (sifatlovchi-sifatlanish, xol kesim, to'ldiruvchi kesim kabilar) predikativ bo'lmagan bog'lanishni xosil qiladi. Masalan: Barg to'kildi. Baxor keldi-predikativ, yangi bino, qizarib gapirdi, kitobni qo'yish-predikativ bo'lmagan bog'lanishlar. So'zlarning predikativ bo'lmagan ergash bog'lanishi 3 xil bo'ladi. 1.Moslashuv. 2. Boshqaruv. 3. Bitishuv. Moslashuv. Qaratqich va qaralmish aloqasi bog'lanishning alohida turini tashkil qiladi. Bundan birini xokim, ikkinchi birini tobe deb qarash qiyin bo'ladi. Chunki qaralmishni xokim bo'lak deb xisoblasak, u tobe so'zining qaratqich kelishigida kelishini talab qiladi. Qaratuvchini tobe bo'lak hisoblasak, xokim bo'lak hisoblangan so'zning egalik qo'shimchasini olib kelishini talab qiladi. Bu o'rinda munosabatdorlik (o'zaro xokimlik, tobelik) munosabati mavjud. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling