Referat bajardi: mmt-93-2 talabasi Solijonov Xokim Tekshirdi: 2022 yil


Download 47 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi47 Kb.
#1022493
TuriReferat
  1   2   3
Bog'liq
Referat Davlat moliya siyosatining strategik va taktik masalalari-fayllar.org

REFERAT

Bajardi: MMT-93-2 talabasi Solijonov Xokim

Tekshirdi:

2022 yil

Davlat moliya siyosatining strategik va taktik masalalari




KIRISH
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi Sh. M. Mirziyoev
Reja

  1. Davlat moliya siyosati mohiyati va vaziflari

  2. Moliyaviy strategiya

  3. Moliyaviy taktika

Moliya siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo‘naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig‘indisi.
Moliya siyosatining muhim vazifasi – u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lash mumkin emas. Moliya siyosati – bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil xususiyatga ega bo‘lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh iqtisodiy xoh xalqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir. Moliya siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar: – birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi kerak. Shuningdek, ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash; – ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish. Moliya siyosatining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga o‘tishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daromadlarini shakllantirishdagi hissasini to‘g‘ri belgilash, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi taqsimlash mutanosibliklarini optimallashtirish yo‘llari bilan bajariladi; – uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish.

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling