Referat bajardi: mmt-93-2 talabasi Solijonov Xokim Tekshirdi: 2022 yil


Download 47 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi47 Kb.
#1022493
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Referat Davlat moliya siyosatining strategik va taktik masalalari-fayllar.org

Iqtisodiy siyosat- xo‘jalik yuritishning tamoyillari va shakllari, iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, chora-tadbirlar va faoliyatlar yig‘indisidir.


Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari)
byudjet siyosati
baho siyosati
soliq siyosati
pul siyosati
kredit siyosati
investitsiya siyosati
ijtimoiy-moliyaviy siyosat
boj siyosati

Byudjet siyosati byudjet munosabatlarini tashkil etish tamoyillarining bajarilishini ta‘minlash, davlat va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni davlat byudjeti orqali amalga oshirish usullari, chora-tadbirlari va maqsadli faoliyatlari yig’indisidir.
Byudjet siyosati davlat va jamiyat rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo’lishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga qarab o’zgarib turishi mumkin. Byudjet siyosati:

  • byudjet daromadlari bo’yicha siyosat;

  • byudjet xarajatlari bo’yicha siyosat;

  • byudjet taqchilligini boshqarish siyosati;

Soliq siyosati - bu davlatning, jamiyatning ayrim ijtimoiy guruhlarining moliyaviy ehtiyojlarini ta'minlash maqsadida, shuningdek, moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun davlatning soliq tizimini shakllantirishdagi iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy choralar majmui.
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi. Va, aksincha, agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo’ladi.
Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni to’ldirish va investitsiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o’rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo’lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:

Kredit siyosati
moliyaviy siyosatning yo’nalishi bo’lib, u mamlakat kredit tizimi orqali amalga oshiriladi
kreditlarning qaytarilmasligi; ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar narxining o’sishi;
takror ishlab chiqarish jarayoni subyektlari daromadlarining pasayishi natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi.qarz oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi; ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;

Baho siyosati
moliyaviy siyosatning tarkibiy yo’nalishi;
monopol tovar va xizmatlar bahosi hamda ta’rifining tartibga solinishi orqali ifodalanadi;
yer osti boyliklari, suv havzalari, temir yo’llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining o’sishi milliy xo’jalik barcha boshqa sektorlarida baholarning o’sishiga olib keladi;
iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo’lib hisoblanadi.

Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling