- Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir.
- Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi.
Bir bosh bo‘lakli gaplar - Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki ega tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarda predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishdi (P. Q.). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). Yosh bo‘lsa ham ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol).
- Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
- Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan iborat bolib, egani topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi.
- Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.
Egasi topiladigan gaplar - Egasi topiladigan gaplarda egasini kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin boladi. Bunday gaplar shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi.
- Shaxsi aniq gap. Kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi.
- Shaxsi aniq gaplarda ega lesik jihatdan shakllanmaydi va unga hech qanday ehtiyoj ham bo‘lmaydi; kesim vazifasida kelgan so‘z tarkibidagi tuslovchi affikslar shaxsni aniq ko‘rsatib turadi.
Egasi topilmaydigan gap - Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gap egasi topilmaydigan yoki shaxssiz gap deyiladi. Bunday gaplarda egani kiritib ham bo‘lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo‘lmaydi. Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko‘pincha tarkibli bo‘lib, quyidagicha ifodalanidi:
- 1. affiksli ravishdosh hamda «bo‘ladi»//«bo‘lmaydi» so‘zi bilan:
- 2. Shart maylidagi fe’l hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan:
- 3. Harakat nomi va «zarur», «mumkin», «shart», «lozim», «darkor», «kerak» so‘zlaridan biri bilan
- 4. «Yaxshi», «yomon» sifatlari hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan:
- 5. Majhul nisbati shaklidagi fe’l bilan:
Do'stlaringiz bilan baham: |