Gapning ikkinchi darajali bo’laklari


Download 363.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi363.81 Kb.
#211736
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ikkinchi darajali bo'laklar

o‘ynab  kelgani  ko‘chaga  chiqib  ketdi.  (O.)  Maqsad  holi  maqsad 

ravishdoshlaridan,  ot  yoki  fe’llardankeyin  uchun,  deb,  maqsadida,  maqsadi bilan 

kabi so‘zlarni keltirish orqali, shuningdek, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini olgan 

harakat nomlari orqali ifodalanadi. 

 

To’ldiruvchi haqida umumiy ma’lumot 

 

Gapning  biror  bo‘lagiga  (ko‘pincha  kesimga)  boshqaruv  yo‘li  bilan 

bog‘lanib,  uni  to‘ldirib  kelgan  ikkinchi  darajali  bo‘lak  to‘ldiruvchi  deyiladi. 

Masalan: Omon menga qaradi, men unga qaradim. (G‘.G‘.) Vodiylarni, tog‘larni 



oshib, Dalalarda yolg‘iz adashib, kelib qoldi yurtingga Omon. (H.O.) Sizga nima 

bo‘ldi o‘zi? (O.Y.) 

To‘ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi: 

1.  Ot  bilan:  Dilshod  maktubni  xolasiga  berib,  ko‘chaga  chiqib  ketdi.  (M.Ism.) 

Mansurov odamlar bilan xayrlashdi. 

2. Otlashgan sifat bilan: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. (Maqol) 

3. Otlashgan son bilan: Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi. 

4.  Sifatdosh  bilan:  Bilmagandan  bilgan  yaxshi,  to‘g‘ri  ishni  qilgan  yaxshi. 



(Maqol) 

5. Harakat nomi bilan: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman. 

6. Taqlid so‘z bilan: Taqir-tuquringni yig‘ishtir. 

7. Modal so‘z bilan: Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi. 

To‘ldiruvchilar, boshqa gap bo‘laklari kabi, birikmali holda ham qo‘llanadi: 

Men uning go‘zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini 

ko‘rardim. (M.Qoriyev) 

 

To’ldiruvchi ikki xil bo’ladi: Vositasiz to’ldiruvchi harakatni o’ziga qabul qilgan, 

harakat  bevosita  o’ziga  o’tgan  predmetni  bildiradi  va  kimni?nimani?qayerni? 

so’roqlariga javob bo’ladi. Bu to’ldiruvchi ko’pincha tushum kelishigi shaklidagi 

so’z bilan ifodalanadi, bunda u harakatni butunlay o’ziga qabul qilgan predmetni 

ifodalaydi: 




Download 363.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling