Antonio Minturnoning “Shoir haqida” (1559), “Poetik san’at”(1563) nomli asarlari yuqoridagicha sharoitning mahsuli sifatida dunyoga kelgan. Ularning birinchisida antik adabiyot haqida bahs yuritilib, u lotin tilida yozilgan. “Poetik san’at”da zamonaviy adabiyot haqida so‘z boradi, bunisi italyan tilida yozilgan. Muallif asarni to‘rt kitobdan tarkib toptirgan bo‘lib, birinchi kitobda epik poeziya, ikkinchisida dramatik poeziya, uchinchisida lirik poeziya, to‘rtinchisida uslub masalalariga to‘xtaladi.
Lodoviko Kastelvetroning “Xalq tilida bayon qilingan va sharhlangan Aristotel “Poetika”si” nomli asari shu tipdagi asarlar orasida alohida o‘rin tutadi. Aytish kerakki, Kastelvetro adabiyot haqidagi fikrlarini ba’zan Aristotel bilan bahs shaklida, ba’zan uning qarashlarini rad etish orqali, ba’zan esa ularni rivojlantirish asosida ifodalagan.
Aristotelning “Poetika”siga nisbatan ko‘proq tanqidiy munosabatda bo‘lganlardan biri Franchesko Patritsidir. Patritsi o‘zining “Poetika”(1586) nomli asarida.
1594 yilda Tasso “Qahramonlik poemasi haqida mulohazalar” nomli asarini yozdi. Tassoga ko‘ra, ijodkor qarshisida uchta asosiy vazifa ko‘ndalang bo‘ladi: 1) material tanlash, 2) shu materialni sig‘dira oladigan shakl tanlash, 3) materialga sayqal berish, uni bezash. Shundan kelib chiqib, Tasso o‘z kitobida qahramonlik poemasi materiali, fabulasi (shakli) va uslub masalalarini diqqat markaziga qo‘yadi.
Joaken Dyu Bellening “Fransuz tili muhofazasi va madhi”(1549)
Asli italiyalik bo‘lgan Yuliy sezar Skaligerning (1484-1558) 1529 yildan Fransiyada yashab,
filologik tadqiqotlar, tanqidchilik va tabobat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Uning adabiy nazariy qarashlari “Poetika” (1561) nomli asarida to‘la aksini topgan.
Uyg‘onish davri Angliya adabiy tanqidiy tafakkuri tarixida Filipp Sidnining (1554-1586) faoliyati muhim o‘rin tutadi. Uning “Poeziya himoyasiga”(1580) nomli asari Angliya Uyg‘onish davri adabiyotining manifesti sifatida qaraladi. Asar “apologiya” — himoyachi nutqi shaklida yozilgan.
Sidni poeziyani boshqa fanlardan ustun qo‘yarkan, boshqa barcha fanlar tabiat yaratgan narsalarni o‘rganadi va ungabog‘liq, faqat poeziyagina “ikkinchi tabiatni yaratadi”, u yaratgan narsa yo mavjud narsadan mukammalroq, yo umuman yangi deb biladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |