G‘arb istilohiga ko‘ra: poetika


Download 52.56 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi52.56 Kb.
#1048687
  1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzu Filologik tadqiqotlarda tizimli tahlilni tashkil etishga


Filologik tadqiqotlar filologik tizimning muayyan qismini tashkil qiladi. Tizimlilik filologiya fanlarining o‘zaro aloqadorligida ko‘zga tashlanadi. Zamonaviy filologiyaning sohalari sifatida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, matnshunoslik, tarjimashunoslik kabi aspektlar belgilanar ekan, ularni alohida mustaqil fan sifatida qabul qilish barobarida o‘zaro aloqadorligiga suyanish va biri ikkinchisini taqozo qilinishi nuqtai nazaridan yondashish zarur. Bunday qarash tarixda ilmi adab va uning tarkibiga kirgan fanlar doirasida aks etgan.
Sharqda ilmi adab (G‘arb istilohiga ko‘ra: poetika) zaruriy, eng muhim ilmlar majmuasi hisoblanib, quyidagi filologik sohalarni o‘z ichiga oladi: lug‘at (1), sarf, ya’ni morfologiya (2); ishtiqoq – so‘z yasalishi (3); nahv – cintaksis (4), maoniy (5), bayon ilmi (6), aruz (7), qofiya (8), insho (9), badoe’ – she’r farzi (10), muhozara – tarixiy voqea va rivoyatlardan foydalanish (11), rasmu-l-xat (12). Mazkur ilmi adabni egallaganlar adib (yunoncha: filolog) deb yuritilgan1.
Demak, filologiya fanlariga ilmiy tizim sifatida qarash o‘tmish fanshunosligida mavjud bo‘lgan, unga arab olimi Ibn Mu’tazz (X asr) asos solgan va bu tizim Jhiz, Qudama ibn Ja’far kabi olimlar tomoidan davom ettirilgan. Biroq mana shu sohalarning biri ikkinchisini taqozo etadigan tarzda va bir ob’ektga munosabatda ularni birvarakayiga tizimli jihatdan qo‘llash XX filologiyasining hosilasidir.
Filologik tadqiqotlardagi tizimlilik matnga bo‘lgan munosa-batda aniq ko‘zga tashlanadi. Chunki bir matnni filologiyaning turli sathlari bo‘yicha tahlil qilgandagina uning aniqligi va samaradorligiga erishish mumkin.
Muammolar tasnifi TT da muhim o‘rin tutadi. Umumiy holda ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Yaxshi tarkiblangan (strukturirovanniy ) – well-structured.

              1. Bo‘sh tarkiblangan (slabo struktirovanniy) ill-structured.

              2. Tarkiblanmagan yoki o‘zaro miqdoriy aloqada bo‘lgan (nestruk-tirovanniy) – unstructured;

Muammolar yechimiga kirishishda shunday bosqichlardan o‘tiladi:

  • muammoni belgilash (formulirovka qilish);

  • maqsadni aniqlash;

  • maqsadga erishish kriteriylari (o‘lchovlari)ni belgilash;

  • modellashtirish: yechimni asoslash uchun modelni qurish;

  • yechimning optimal variantini izlash;

  • yechim (qaror berish)ga kirishish;

  • qaror (echim)ni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash;

  • yechim (qaror)ni tasdiqlash;

  • yechim realizatsiyasi jarayonini boshqarish;

  • yechimning samaradorligini tekshirish.

Ko‘ptarmoqli va ko‘pomilli muammolarda algoritmni aniqroq qo‘yish:

  • muammoning mavjudligi shartini tasdiqlash: VA (ha), YoKI (aniq emas), YO‘Q.

  • maqsadni biror yechim sari yo‘naltirish: VA (ha)lar YoKI ga aylanadi va aksincha: YoKI VAga aylanadi, lekin YO‘Qqa aylanmaydi.

  • bir muammo tahlili va yechimidan ikkinchisini chiqarish;

  • har bir topilgan yechim yo‘llarini baholab borish;

Tadqiqot ob’ektini yaxlit ushunish deganda tadqiqot ob’ekti tizimli suratda biri ikkinchisini taqozo qiladigan komponentlardan tuzilishi nazarda tutiladi.

Tizimlar turlicha bo‘lishi bilan birga u struktural xarakterga ega, ya’ni uning komponentlari o‘zaro munosabatga kirishib, struktrani tashkil qiladi. Tilshunos olim E.Benvenist struk-turaning shunday xususiyatlarini farqlab ko‘rsatadi:



  1. qismlar ustidan hukm yurgizadigan muayyan butunlik (yaxlitlik) birligi;

  2. birliklar alohida maxsus barqaror tamoyillar asosida shakl jihatdan tartiblanadi;

  3. butunning barcha qismlari alohida vazifani bajarish barbarida struktural xarakterga ega bo‘ladi;

  4. bu ma’lum bir sathning birligi (ya’ni element) va o‘z navbatida butunning bo‘lagi (komponent)dir2.

Tizim va struktura munosabatida: Struktura – tarkib, tarkiblanish tamoyillariga amal qilinishda tizimli tahlil natijalariga yaqinlashadi.
Tahlil jarayonining tizimli xarakteri tahlilga ob’ektning barcha sifat, xossa va xususiyatlarini jalb qila bilishda ko‘rinadi.
Tilshunoslikdagi mavjud ilmiy yo‘nalishlarni V.A.Maslova, T.N.Xomutova3 kabi rus olimlarning tadqiqotlariga asoslangan holda prof. N.Mahmudov shunday belgilaydi: “Bugun tilshunoslik fanida paradigmalar miqdori haqida turli fikrlar mavjud bo‘lsa-da, asosan, uch paradigmani farqlash an’ana tusini olgan, ya’ni 1) qiyosiy-tarixiy, 2) sistem-struktur va 3) antropotsentrik para-digmalar”4.
Adabiyotshunoslikda esa o‘z ob’ektiga ko‘ra tizimli munosabatdan, ya’ni adabiyot (matn)ga qaysi jihatdan yondashilayotganiga qarab uning ob’ekti va predmeti belgilanadi.
1. Matnga asoslangan nazariyalar (formal-struktural yondashuv, yangi tanqid, narratologiya) uchun badiiy matn nazariy fanning birlamchi ob’ekti bulgani uchun matn mohiyati (nazariyasi), tarkibi (strukturasi), talqini (germenevtikasi), ifodaviyligi kabi ilmiy muammolar bu yo‘nalishdagi tahliliy jarayonning predmetini tashkil qiladi5.
2. Muallifni o‘rganishga qaratilgan nazariyalar (biografik va psixoanalitik yondashuv, shu bilan birga feministik adabiyot-shunoslik, fenomenologik tadqiqotlar uchun ob’ekt badiiy ijod yoki muayyan ijodkorning asarlari bo‘lgani uchun ham uning predmetini muallif uslubi, uslubni ro‘yobga chiqaruvchi tashqi (metod, janr va boshqalar) va ichki xususiy hollar (dunyoqarash, yozish qoidalari, mahorat) kabilar ushbu yo‘nalishdagi nazariy qarashlarning predmetini tashkil qiladi.
3. Kitobxonga qaratilgan nazariyalar (retseptiv estetika, asarni idrok etish tarixi; tarixiy-funksional tadqiqotlar) uchun kitobxon asosiy ob’ekt sifatida yuzaga chiqadi va bu bo‘limning predmetini – badiiy matn idroki, uni qabul qilish usullari, badiiy muloqot (kommunikatsiya) qonuniyatlari tashkil qiladi.
4. Adabiy va madaniy-tarixiy kontekstga oid nazariyalar (reminissensiya, intertekstual) tadqiqotlar, sotsiologik va tari-xiy-materialistik yondashuv, “yangi istorizm” va kulturologik metodologiya kabilar uchun tadqiqot ob’ekti adabiy jarayon masalalari bo‘lgani uchun ham bu yo‘nalish uchun adabiyot nazariyasi fan predmeti sifatida adabiy jarayon masalalari, an’anaviylik-izdoshlik va vorislik, terminologiya va ularning identifika-siyasi kabi masalalarni belgilash mumkin6.
Bu nazariya va konsepsiyalarda yondashuv turlicha bo‘lishidan qat’i nazar, adabiyotshunoslik fanining ob’ektini yuqoridagi qarashlarni umumlashtirgan holda shunday tasavvur qilish mumkin:
MATN → IJODKOR → IDROK ETUVChI (ADRESAT) → ADABIY JARAYoN
Biroq bu munosabatlar tizimi adabiyottshunoslikning o‘z ob’ektiga munosabati orqali tadqiq prdedmetini yuqoridagicha uning nazariy yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilash imkonini beradi.
Tabiiyki, kitobxon va uning madaniy-badiiy darajasi faqat jamiyat fikrini ifodalabgina qolmay, adabiy jarayon sifatini ham belgilovchi omillardan sanaladi. M.Baxtin san’atning dia-logik xarakteri xususida yozarkan, kitobxonga adabiy jarayon ishtirokchisi sifatida qaraydi, ayrim hollarda uning “ham-muallif” ekanligini ayrim germenevtik xususiyatlar davomiy-ligi sifatida keng qabul qilinishi lozimligini uqtiradi. M.Baxtinning yozishicha, “badiiy asar tizimi (strukturasi)ga tinglovchi (o‘quvchi, kuzatuvchi) ham qo‘shiladi... go‘yo muallif bilan bunday o‘quvchi o‘rtasida hech qanday o‘zaro harakat, faol dramatik munosabatlar bo‘lishi mumkin emasday (ko‘rinsa ham), bu ovozlar emas, balki o‘zaro teng huquqli zarur tushunchalardir”.7
Adabiyotshunos yoki nazariyotchi olim ham adabiy jarayonda dastlab kitobxon-resipient sifatida qatnashadi, so‘ngra kasbiy mahoratiga qarab, professional kitobxon, tashviqotchi, talqinchi, tanqidchi va tahlilchi adabiyotshunos bo‘lib yetishishi mumkin.
Filologiyaning yo‘nalishlari orasida dastlab tilshunoslikda faol iste’molda bo‘lgan “matn tilshunos uchun muayyan xususiyatlar majmuiga ega bo‘lgan, tabiiy (milliy) tilni qo‘llash aktidir”.8 Lingvistik ta’limotda matnning mantiqiy aloqadorigi va shak-liy tugallanganligi asosiy xususiyat sanaladi. Shuning uchun ham unga “ma’no aloqadorligi asosida birlashgan verbal (so‘z) belgi birliklarining tizimi, uning asosiy xususiyati bog‘liqlik va yaxlitlikdir” deb ta’rif beradilar9.

Download 52.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling