G'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari Reja


Yangi davrda G’arb olamida borliq, olam va odam muammosi


Download 79 Kb.
bet4/5
Sana11.03.2023
Hajmi79 Kb.
#1261008
1   2   3   4   5
Bog'liq
G\'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari

4. Yangi davrda G’arb olamida borliq, olam va odam muammosi.
Ushbu davrda talaba Foma Akvinskiy (1225- 1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e'tirof etadi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig'indisi», «Falsafa yig'indisi», Majusiylarga qarshi yig'indi». Ularda muallif asosan Aristotel` asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel` ijodi bilan Sharqqa salb yurishi chog'ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya'ni substantsiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi. Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g'oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta'limotni ularga to'la bo'ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo'lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog'liqdir. Xudo esa sof ma'naviy mavjudot. Shaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o'z-o'zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo'lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham foydalanuvchi o'z dalil-isbotini taklif qiladi. Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo'lgan muhabbatdan keyingi o'ringa qo'yadi, ya'ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo'lsa, aqldan ustun bo'lishi mumkin. Foma Akvinskiy o'zining «Podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g'amxo'rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog'laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko'tarish huquqi to'g'risida so'z yuritadi. Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo'lg'usi ma'naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma'naviy hokimiyatga bo'ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel` kabi monarxiyani afzal ko'radi. Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog'iga aylandi, XVI asrdan e'tiboran iezuitlar tomonidan targ'ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta'limoti hozirgi vaqt falsafiy tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiz aylandi.
Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. Fazo narsalarning ko’lamini, xajmini, o’zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi.
Ma’lumki, har qanday moddiy jism joyga, ko’lamga, xajmga ega. Fazo — vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o’zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fazoning muayyan nuqtasida ruy beruvchi hodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi.
Fazo va vaqt tushunchalari, ko’p hollarda, forsiy til ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va vaqtning tashqi, nisbiy hususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo’lib o’tadigan muddat ma’nosida ishlatiladi.
Fazo va vaqtni tushunish bo’yicha substansial va relyasion yondashishlar mavjud. Substansial konsepsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, bo’shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa fazo ichiga joylashtirilgan. Fazo o’ziga narsalarni sigdiruvchi substansiya. hech narsasi yo’q, ya’ni narsalar solinmagan fazo ham bo’lishi mumkin, deyiladi. Relyasion konsepsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy o’lchamga ega, deyishadi.
Hech narsasiz fazoning bo’lishi mumkin emas. Bu farqni relyativistik fizika asoschisi Albert Eynshteyn shunday tushuntirgan edi. Faraz qilib, bir kazarma soldatlarni ko’z oldingizga keltiring. Ilgarigi, Nyuton fizikasiga ko’ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma bo’sh qoladi, ana shu substansial konsepsiyadagi fazodir. Yangi fizikaga ko’ra, soldatlar chiqib ketishi bilan kazarma ham yo’qoladi. Bu relyasion konsepsiyadagi fazodir.
Fazo va vaqtning xususiyatlari. Fazo va vaqt borliq miqdoriy va sifatiy jihatlarni ifodalashiga qarab, metrik va topologik hususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik hususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, o’lchanadigan, ko’zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga ko’lam, bir jinslilik, izotroplik (anizotroplik) kabi hususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga uzuksizlik, bog’langanlik, o’lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari hususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik hususiyatlariga orqaga qaytmaslik, bir o’lchamlilik kabi xususiyatlar qo’shiladi.
Fazo (vaqt) ning metrik o’zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o’zgartira olmaydi, topologik o’zgarishlar esa borliqning sifatiy o’zgarishiga sababchi bo’ladi. Masalan, bir bog’langan sistemaning ko’p bog’langan sistemaga o’tishi fazo topologiyasini tubdan o’zgartiradi, ya’ni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo’llar paydo bo’ladi. Bunday fazoda katta idishning ichiga kichik idishni sig’dirish mumkin bo’ladi. O’lcham darajasi ko’p bo’lgan sistema o’lchov darajasi kam bo’lgan sistemaga nisbatan ko’rinmas va murakkab bo’ladi. Shuningdek, fazo va vaqtning metrik xususiyatlarini kuchli o’zgarishi topologik hususiyatlarining o’zgarishiga olib kelishi mumkin. Masalan, fazoning egrilik darajasi kuchli o’zgarsa, bir bog’langan fazo ko’p bog’langan fazoga aylanishi mumkin.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling