G'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari Reja


G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosining qoyilishi


Download 79 Kb.
bet3/5
Sana11.03.2023
Hajmi79 Kb.
#1261008
1   2   3   4   5
Bog'liq
G\'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari

3. G’arb mutafakkirlari ijodida olam va odam muammosining qoyilishi.
Ushbu masalada talaba Garb mutafakkirlari ijodini o’rganishida Ilk o'rta asrlar ta’limotida boshlashi zarur. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya'ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan. Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta'limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo'lgan. Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o'rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko'pgina vakillariga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g'oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»1dir. Xudo dunyoni yo'qlikdan yaratgan. Inson panoh topishining asosiy yo'li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi –«dunyoviy shahar», ya'ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko'tarilgan o'zo'ziga bo'lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o'z-o'ziga nisbatan nafrat darajasiga ko'tarilgan Xudoga bo'lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud. Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o'zligini, uning ruhiy holatlarini o'rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go'daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo'rlik ishlatishdandavlat darajasida zo'rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o'tgach, ayni shu muammo ekzistentsializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg'onishiga sabab bo'ldi. Avgustin inson sub'ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig'ini insonning o'zligidan, inson tafakkurining o'z-o'zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o'zlikning rolini ko'rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o'zini Vol`ter taklif qilgan bo'lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo'lmagan: yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o'tmish – hozirgi davr – kelajakning o'zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o'tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi. Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo'lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel` hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o'rganish manbalaridan biri bo'lib xizmat qilgan. Plotinning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e'tiborini o'ziga tortgan.Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta'limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to'la bog'liq bo'lgan o'rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o'rtasida kurashavj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudoo'g'il va Xudo- muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o'rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma'noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to'g'risida so'z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo'ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy realizm zamirida Platonning «g'oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta'limoti yotadi.Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so'zlar yoki nomlar bo'lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo''tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o'xshash jihatlarning in'ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar.Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo'luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya'ni amalda umumiy va yakkaning aloqasi to'g'risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan bo'lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo'l bilan yechishning o'ziga xos timsoli bo'lgan.Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o'rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling