8- mazvu: Estetika nazariyasi. Reja


Download 31.75 Kb.
bet1/8
Sana04.04.2023
Hajmi31.75 Kb.
#1323488
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8- Mavzu


8- Mazvu: Estetika nazariyasi.


Reja:

  1. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyusiyasi.

  2. XX-XXI asrda estetikaning asosiy yo‘nalishlari va kategoriyalari.

  3. Estetik did va olamni estetik idrok etishning shaxs kamolotiga ta'siri. Estetikaning zamonaviy yondashuvlari. Estetika va dizayn. Reklamaning estetik didni tarbiyalashdagi roli.

  4. Xalq amaliy san'atining estetik jihatlari. Olamni virtual va vizual estetik idrok etishning farqlari. Badiiy asarni idrok etishning darajalari.

  5. San'atdagi inqiroz (degumanizasiya). Tushkinlik san'ati va undan chiqish mahorati.



Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyusiyasi.

Estetika yohud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o`z ichiga oladi. Biroq u o`zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo`lmish go`zallik va san`at haqidagi mulohazalar har xil san`at turlariga bag`ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o`z aksini topgan edi.


«Estetika» atamasini birinchi bo6lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug` olmon faylasufi Gotfrid Vilgelm Leybnis (1646-1716) ta `limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi. Leybnis inson m a`naviy olamini uch sohaga - aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg`uga bo`ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o `rganish lozimligini ta `kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o `rganadigan fan - mantiq, iroda-ixtiyorni o `rganuvchi fan esa - axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko`pdan buyon o `z o `rni bor edi. Biroq his-tuyg`uni o `rganadigan fan falsafiy maqomda o `z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma`nolarni anglatuvchi yunoncha «aisthetikos» so`zidan «estetika» (olmoncha «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo`shliqni to `ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko`p o`tmay, u goh «go`zallik falsafasi» , goh «san`at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi. Estetika fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Georg Vilgelm Fridrix Hegel (1770-1831) esa o`z ma`ruzalarining kirish qismida yozadi: «Estetika» degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo`llashga urinishlar bo`ldi. So`zning o`z -o`zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz «estetika» nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu - «san`at falsafasi» yoki yana ham aniqroq qilib aytganda «badiiy ijod falsafasi».
Hegelning «estetika» atamasidan ko`ngli tolmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri - yuqorida uning o`zi aytib o`tgan fikrlari bo`lsa, ikkinchisi - mazkur so`zning barcha his-tuyg`ularga taalluqliligi. Vaholanki, bu fan faqat nafosatli his-tuyg`ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko`ra, «estetika» atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon mazkur fan tadqiqot doirasi san`at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois «estetika» atamasi ham ilmiy muomalaga kiritilgan. Zero, mazkur atamaga asos bo`lgan «nafis», «nafislik», «nafosat» so`zlari o`z qamrovi bilan fan talablariga to`la javob bera oladi. «Nafis» so`zi «O`zbek tilining izohli lug`ati»da - go`zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma`nolarda izohlanadi. Shu sababli Hegelning izidan borib, «estetika» atamasini saqlab qolgan holda endilikda «estetika» iborasidan foydalanish maqsadga muvofiq, deb o`ylaymiz.
Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san`at falsafasi» va «go`zallik falsafasi» iboralariga to `xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko`pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o`tganimizdek, san`at bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go`zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug`ullanadi. Demak, uning qamrovini san`atning o`zi bilangina chegaralab qo`yishga haqqimiz yo`q. Zero, bugungi kunda inson o`zini o`rab turgan barcha narsa-hodisalarning go`zal bo`lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan sayyora, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog`lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go`allik falsafasi» degan ibora bu fan mohiyatiga ko`proq mos keladi. Negaki, u faqat san`atdagi go`zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go`zallikni ham o`rganadi. Shuningdek, go`zallikdan boshqa ulug`vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo`jizaviylik, hayolilik, uygunlik, noziklik singari ko`pdan ko`p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o`rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go`zallik bir tomondan unsur (element) sifatida ishtirok etsa, ikkinchi tomondan, ularning o`zi go`zallikka nisbatan unsur vazifasini o `taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo`lishini biz nafosat deb ataymiz.
Estetika predmeti tarixan harakatchan va o`zgaruvchandir. Uning rivojlanishining har bir yangi tarixiy bosqichida insonning dunyoga va o`ziga estetik munosabati to`g`risidagi mavjud fikrlarning to`liq emasligi aniqlanadi.
Yangi asr falsafiy estetikasining asoschilaridan biri - Immanuel Kant (1724 - 1804). Kant estetikasining o`zagini uning estetik fikr haqidagi ta`limoti tashkil etadi. Ushbu ta`limot asosi aql va xayolning kognitiv kuchlarining erkin o`yinida vujudga keladigan ichki hissiyotdir. Shunga muvofiq, estetika Kantning so`zlariga ko`ra, predmeti «tashqi tuyg`ular to`g`risida ta`limot» bilan chegaralangan fan mavqesini egalladi.
G.F.V.Hegel estetikani tabiat, jamiyat va san`atdagi go`zallik g`oyalari haqidagi ta`limot deb biladi. Gegelning ta`kidlashicha, san`at - bu mutlaq ruhning mulohaza ko`rinishidagi o`z-o`zini anglashidan boshqa narsa emas.
Estetikaning «go`zallik falsafasi» va «san`at falsafasi» sifatida shakllanishiga F.Shiller (1759-1805), F.Schelling (1785-1854) asarlari yordam berdi.
Estetika va san`at o`rtasidagi bog`liqlikni Aristotel ta`kidlagan. Ammo shunisi aniqki, nafosatlilik insonning atrofdagi voqelikka bo`lgan o`ziga xos munosabati sifatida go`zallik va uning san`atdagi badiiy in`ikosi bilan chegaralanmaydi. Estetika nafosatlilikning ko`plab ko`rinishlari fojeaviylik, kulgililik, ulug`vorlik, tubanlik, xunuklik va boshkalarning nafaqat san`atdagi, balki hayotdagi, real borliqdagi shakllari bilan ham qiziqadi.
Estetika predmeti:
1. Tabiatda, jamiyatda, san`atda go`zallik mavjudligining barcha shakllari;
2. Inson tomonidan go`zallikni hissiy idrok va mushohada qilishning barcha shakllari;
3. Go`zallik qonunlariga mos ijodning barcha shakllari.
Estetika - bu gumanitar bilimlarning turli sohalari bilan chambarchas bog`liq bo`lgan falsafiy fan.
Birinchidan, biz axloq va estetika kabi ijtimoiy hayotning spetsifik sohalari, shuningdek, ularni baholash shakllari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni ta`kidlashimiz mumkin. Ushbu o`zaro munosabatlar san`atning tarixiy rivojlanishining asosiy qonunlaridan biri bo`lib, uning ijtimoiy funktsiyasi va ma`nosini belgilaydi va ifodalaydi.
Axloq va estetika jamiyatning ma`naviy hayoti hodisalarida, shaxsning xatti-harakatlari va xulq-atvorida namoyon bo`ladi. Har qanday ijtimoiy hodisa, xatti-harakat yoki motiv bir vaqtning o`zida, bir tomondan, go`zal yoki xunuk, boshqa tomondan - yaxshi va yomon deb baholanishi mumkin. Voqelikning yakka olingan «estetik xususiyatlari» mavjud emasligi kabi axloqning maxsus, predmetli-alohidalangan «omili» ham mavjud emas.
Axloqiy va estetik qadriyat - bu insonning ijtimoiy mavjudot sifatida umumbashariy ehtiyojlari, qobiliyatlari va maqsadlarining, ya`ni inson faoliyati va bilishining har qanday sohasida - mehnatda va maishiy hayotda, fan va siyosatda, san`at va xulq-atvorda amalga oshiriladigan axloqiy va estetik ongida aks etishidir.
Estetik baho insonning ma`naviy va jismoniy imkoniyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini baholash sifatida inson hayotining har qanday sohasiga, shu jumladan axloqiy-etik sohasiga nisbatan ham qo`llaniladi. O`z navbatida, axloqiylik nafosatlilik sifatida namoyon bo`lish uchun zarur shartlarni o`z ichiga oladi. Bu axloqning inklyuzivligidan kelib chiqadi.
Biroq, jamoat hayotida, insoniy xatti-harakatlarda, san`atda axloqiylik va nafosatlilikning bir-biriga mos kelmas holatlari ham mavjud. Bu odamlarning xatti-harakatlarining shakli va mazmuni o`rtasidagi nomutanosiblikda namoyon bo`ladi. U yoki bu harakatning axloqiy ahamiyatini ijobiy baholagan holda, biz ba`zan ongli ravishda uning namoyon bo`lish shaklini e`tiborsiz qoldiramiz yoki aksincha. Masalan, odob-axloq qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan odamning xulq-atvorini ijobiy tavsiflagan holda, biz uning axloqiy rivojlanish darajasiga e`tibor qaratmaymiz.
Badiiy ijod sohasida axloqiylik va nafosatlilikning birligi g`oyasi san`at va axloqning o`zaro bog`liqligida amalga oshiriladi. Gertsen haqli ravishda san`atni "axloqning estetik maktabi" deb nomladi. Bu axloqiy muammolarni anglashning o`ziga xos usulidir. Asarning mavzusini muallif tomonidan badiiy tahlil qilish va ochib berish axloqiy va estetik baholarning ma`lum birligi asosida amalga oshiriladi, shuning uchun estetikaning quyidagi asosiy vazifalarini ta`kidlash mumkin:
1) inson tomonidan voqelikni estetik bilish jarayonini o`rganish;
2) ijtimoiy hayotning va inson xulq-atvorining turli xil hodisalarini estetik baholashni ishlab chiqish;
3) inson tomonidan dunyoning badiiy o`zlashtirish qonunlarini, badiiy ijod qonunlarini bilish;
4) dunyoni yaxlit o`zlashtirish, tabiatda, jamiyatda, san`atda go`zallikning mavjudligining barcha shakllarini o`zlashtirish;;
5) inson va jamiyatning estetik ongini shakllantirish.
Nafosatlilik jamiyat hayotining alohida sohasi sifatida o`ta murakkab va ko`p bosqichli hodisadir. Axloq tuzilishi kabi, estetikaning tuzilishi ham uchta tarkibiy komponentni o`z ichiga oladi:
1. estetik ong;
2. estetik faoliyat;
3. estetik munosabatlar.

Download 31.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling