8- mazvu: Estetika nazariyasi. Reja
Download 31.75 Kb.
|
8- Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Estetik faoliyat
1. Estetik ong - bu atrofdagi olamni, insonning ko`p qirrali faoliyatini, uning faoliyati mahsulotlarini, hissiy jihatdan tasavvur qilinadigan va did mulohazalarida, obrazlarda baholanadigan san`at asarlarini aks ettiradigan ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Estetik ong - bu baholash ongining shakli, voqelikning in`ikosi va uni estetik ideal nuqtai nazaridan baholash.
Estetik ongning o`ziga xos xususiyati shundaki, inson va ob`ektiv voqelikning o`zaro ta`siri individual ravishda boshidan kechiriladi, baholanadi va o`ylaniladi. Bu insonning psixo-jismoniy va ijtimoiy xususiyatidan kelib chiqadi. Estetik ong badiiy ongni belgilaydi va o`z ichiga oladi, bunda badiiy ong san`at qadriyatlarini yaratish jarayonini ham, idrok qilish jarayonini ham o`zida ob`ektivlashtiradi. Estetik ong strukturasi: I. hissiy-empirik daraja (estetik mushohada, idrok, tasavvur). II. nazariy daraja (estetik mulohaza, qadriyatlar, qarashlar, ideallar) Nazariy darajasi voqeliknin aks ettirishning oqilona shakliga asoslanadi va estetika tushunchalari va kategoriyalari asosida ishlaydi. Nazariy darajasi quyidagilarni o`z ichiga oladi: a) ommaviy kundalik ong, uning tashuvchisi ko`pchilik odamlardir; b) ixtisoslashgan estetik ong, bunda tashuvchilar: 1) badiiy ijod bilan shug`ullanadigan odamlar; 2) san`atshunoslik va estetika sohasidagi mutaxassislar. Estetik ongning o`ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun sub`ekt va ob`ektning estetik o`zaro ta`sirining xususiyatlarini, estetik faoliyat tabiati va estetik munosabatlarning xarakterini aniqlash kerak. 2. Estetik faoliyat - bu amaliy-ma`naviy faoliyatning (san`at asarlarini yaratish) va ma`naviy faoliyat (estetik mushohada, estetik idrok, estetik mulohaza va boshqalar) o`ziga xos turi. Estetik faoliyatning barcha turlariga nafosatlilik ibtido – insonga yuqori ma`naviy zavq bag`ishlaydigan u yoki bu shaklda amalga oshiriladigan «go`zallik qonunlariga ko`ra ijod» xosdir. Har qanday faoliyat turida sub`ekt, ob`ekt va faoliyatning mahsuloti (natijasi) talab qilinadi. Moddiy faoliyatda «moddiylashtirish», ya`ni inson faoliyatining predmetga, ishlab chiqarish mahsulotiga aylanishi ro`y beradi. Estetik faoliyatda voqelikni o`zlashtirish «moddiylikdan chiqrish» shaklida namoyon bo`ladi, bunda nafaqat predmetning mazmuni, balki shaxsning baholovchi munosabati ham hisobga olinadi. Bundan tashqari, ma`naviy faoliyat natijasi begonalashtirilmaydi, balki sub`ektga tegishli bo`lib, uning ruhiyati, ongining ma`lum bir holati bo`lib chiqadi. Download 31.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling