8- mazvu: Estetika nazariyasi. Reja
Download 31.75 Kb.
|
8- Mavzu
Kulgililik (yunoncha «komikos» - quvnoq, kulgili) - bu voqelikning ijtimoiy muhim qarama-qarshiliklarini ularga estetik ideal pozitsiyasidan emotsional-tanqidiy munosabat nuqtai nazaridan aks ettiruvchi estetika kategoriyasi.
Kulgililikning mohiyati ziddiyatdadir. Vaziyatning kulgililigi aksariyat hollarda xunuklik - go`zallik (Aristotel), tubanlik - ulug`vorlik (I.Kant), bema`nilik - mulohazalilik (A. Shopenhauer), yolg`on, xayoliy - tubdan ahamiyatli, mustahkam va haqiqiy (Gegel) va h.k. kontrasti, ro`para turishi natijasi sifatida namoyon bo`ladi. Bundan kelib chiqadiki, har qanday kulgili ziddiyatda ikkita qarama-qarshi ibtido harakat qiladi, birinchisi ijobiy ko`rinadi va diqqatni jalb qiladi, lekin aslida salbiy xususiyatga aylanadi. Komediya, qoida tariqasida, kulgiga sabab bo`ladi. Komediyaviy kulgi chuqur tanqidiy ibtidoga ega. Ammo kulgi ko`r, shafqatsiz raddiya, ya`ni emirish kabi harakat qilmaydi. U kamchiliklarni yo`q qilishga, jiddiy adolatsizlikni yo`q qilishga va munosabatlarning yangi tizimini yaratishga intiladi. Shu munosabat bilan K. Marks "kulayotib, insoniyat o`tmishdan ajraladi" deb ta`kidladi. Hayot va san`atdagi kulgililik asosida keng kulgi madaniyati shakllandi. Asotirning kulgi madaniyatiga xaos-kosmos muxolifatida kechadigan aralashtirish, siljitish, o`zgartirish, almashtirish, adashtirish xosdir. Kulgi madaniyati ushbu qarama-qarshiliklarni hal qilish usulidir. Antik davrda kulgi madaniyati xalq bayramlarida tabiatning ijodiy kuchlarining tantanasi sifatida namoyon bo`ladi. Masalan, qadimgi Yunonistonda Dionisga sig`inish, Rimliklarning Saturnaliyasi. O`rta asrlarda komediyaning eng mashhur shakllaridan biri karnaval edi, bu M. Baxtinning fikriga ko`ra rasmiy madaniyat va diniy mafkuraning antipodi sifatida yuzaga chiqadi. O`rta asrlardagi karnaval tantanalarida kulgi inkor qiluvchi va ayni paytda hayotni tasdiqlovchi kuch sifatida to`liq va chinakam ko`rinishda namoyon bo`ladi. YAngi va Eng yangi davrda kulgi madaniyati insonning muhim kuchlarini begonalashishi bilan bog`liq bo`lgan tarixiy deformatsiyalarga duch keladi: u o`zining umumiy ijtimoiy ibtidosini yo`qotadi. Kulish madaniyati odamning xudbin manfaatlariga xizmat qilish yo`lini egallaydi, ba`zi hollarda psixologik tajovuzning o`ziga xos vositasi sifatida ishlaydi. Satira, kinoya, istehzo, masxaralash, tahqirlash, ruhiy sovuqlik. Kulgi ziddiyatlardan himoyalanish vositasiga aylanadi. Masxara qilish va ko`zdan g`oyib qilish – shu tariqa mavjudlikning zarur qulayligi ta`minlanadi. Shunday qilib, estetika kategoriyalari estetikaning asosiy, eng umumiy tushunchalari bo`lib, ular bilish mumkin bo`lgan ob`ektlar va hodisalarning muhim ta`riflarini aks ettiradi. Ular voqelikni estetik bilishning asosiy bosqichlari sifatida namoyon bo`ladi. Estetika kategoriyalari dialektik jihatdan o`zaro bog`liq, bir-birini o`zaro belgilaydi. Ular nafaqat ijobiy estetik xususiyatlarni, balki salbiy xususiyatlarni ham ochib beradi va shu bilan voqelikning qarama-qarshi tomonlarini yoritadi. Shu bilan birga, estetika kategoriyalari bilayotgan hodisalarimizning mohiyatini aks ettira o`tirib, insonning nafosatlilikka bo`lgan baholovchi munosabatini bildiradi, uning jamiyat va shaxsning ma`naviy-amaliy hayotidagi ahamiyatini belgilaydi. Download 31.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling