Xulosalar
1. Estetika - falsafiy fan, tabiatda, jamiyatda, san`atda namoyon bo`ladigan go`zallik to`g`risidagi fan.
2. Estetika va etika baholovchi ong shakllaridir.
3. Estetikaning strukturasi uchta komponent: estetik ong, estetik faoliyat va estetik munosabatlardan iborat, ularning har biri o`ziga xos xususiyatga ega.
4. Estetikaning asosiy kategoriyalari: go`zallik va xunuklik, ulug`vorlik va tubanlik, fojiaviylik va kulgililik.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar
«Estetika» so`zining ma`nosini tushuntiring.
Estetika ilmiy fan sifatida qachon vujudga kelgan?
Ushbu fanning asoschisi kim deb hisoblanadi?
Estetika fanining predmeti nimadan iborat?
Estetika asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Estetik ongning o`ziga xos xususiyati nimada?
Estetik faoliyat nima?
Estetik munosabatlarning asosiy tarkibiy komponentlarini ko`rsating.
Estetikaning qaysi kategoriyalarini bilasiz?
Fojeaviylik kategoriya nima uchun go`zallik va ulug`vorlik kategoriyalari bilan yaqinligini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |