farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi». Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel
uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi.
Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»;
«narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va ularning takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi.
Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta‘limotining vujudga kelishi. Xristianlik Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor losif va rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iisus (Iso) tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida lisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida lordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. lisus Xristos begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo'l
oklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi.O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi — o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso payg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi- Iisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatlarda aytilishicha, Yyer yuzidagi ilk inson —Odam ato dafn etilgan. Iso Payg`ambar 3 kunda dahshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi. Iso Payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yyer yuziga qaytib kelishga va'da bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |