G’arb mutafakkirlarining odob axloq va ta’lim tarbiya haqidagi g’oya va nazariyalari


Download 43.39 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2022
Hajmi43.39 Kb.
#1071593
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

K.Mager, XX asrda – P.Natorn (20-yillar), E.Bornemann, F.Shliper (60-yillar), D.Pegeler (80-yillar) va boshqalar bo’lgan. Paul Natorn (1854-1924) ijtimoiy pedagogkani umumiy pedagogikaning bir qismi, ob’ekti sifatida qaraydi.
P.Natorn ijtimoiy pedagogikaning uchta asosiy vazifalarini ko’rsatadi: birinchisi – bolaning jinsiy hayoti bilan bog’liq, uning hayotida oilasi davrasida va atrofidagi yaxshi odamlari bilan aloqada rivojlanadi.
Ikkinchisi – irodasi bilan bog’liq u maktabda shakllanadi va bilim berishni amalga oshirish bilan bog’liq, shu bilan birga bolada emotsional, ijtimoiy va motorli (harakatlanish) qobiliyatlari rivojlanadi. Uchinchisi - aql – umumiylikda ochib beriladi.
P.Natorn ijtimoiy pedagogikani hamma yosh odamlar uchun pedagogik deb hisoblagan, uning vazifasi – yoshlarda birdamlik va jamoatchilik asoslarini tarbiyalash hisoblanadi. P.Natorn fikrini davom ettirib bu yo’nalishning vakillari ijtimoiy pedagogikani integrativ (birlashtiruvchi) fan sifatida qaraydilar. Shu mazmunda E.Bornemanning talqin qilishi e’tiborga loyiq, u ijtimoiy pedagogikani davolash pedagogikasini, iqtisodiy pedagogikani va boshqalarni birlashtiruvchi fan sifatida qaraydi. Uning vazifalari – ijtimoiy guruhlar va ijtimoiy jamiyatda individual mustaqillikka yordam ko’rsatish. Jamiyatning madaniyati va insonparvarlik rivojlanishi hakida qayg’urishdan iborat. O’zining qo’shiluvchanligi sababli ijtimoiy pedagogika tarbiyaning hamma sohalariga kirib boradi, ya’ni u pedagogikaning tamoyillarinidan biri sifatida ishtirok etadi. Shunday qilib, ana shu talqinga binoan ijtimoiy pedagogika tarbiyaning tamoyili sifatida ishtirok etadi. Ikkinchi yondoshish A.Disterveg (40-50y, XIX asr), G.Nol, G.Boymer (XX asr 20-30 yil), K.Mollengauer (50-yillar) va boshqalar asarlarida aks ettirilgan. A.Distervegdan boshlab bu yo’nalish vakillari ishchi sinfining ijtimoiy himoyalanganligi, xalq ta’limi, boshpanasizlar kabi o’z davrlarining ijtimoiy masalalariga javob topishga harakat qiladilar.
German Nol (1879-1960) ijtimoiy pedagogikaning vazifasi agarda oila va maktab biror-bir sababga ko’ra o’z vazifalarini bajara olmay qolganda zarur bo’ladigan shoshilinch tez yordam ko’rsatishdan iborat deb hisoblaydi. G.Polning fikri P.Natornnikidan ancha ishonchli, aniq va amaliy ko’rinadi.
Uning g’oyalari 1922 yili qabul qilingan yoshlarning hayriya ko’rsatish faoliyatlari haqidagi qonunda o’z aksini topdi – bu yoshlarni maktabdan tashqari boshqaradigan Germaniyadagi birinchi davlat hujjati edi. Shu davrdan boshlab ijtimoiy pedagogika amalda «shoshilinch holatlar pedagogikasi» bo’lib qoldi, u yoshlarni tarbiyalashda oilada va maktabda mavjud bo’lgan kamchiliklar o’rnini to’ldirishi kerak bo’lgan. Gertruda Boymer birinsi yo’nalish tarafdorlaridan farqli ravishda ijtimoiy pedagogikani pedagogikaning tamoyili emas, balki tashkiliy qismi deb hisoblagan. Oilada va maktabda tarbiyaga taalluqli bo’lmagan hamma narsa ijtimoiy pedagogikaning muammosi demakdir deb hisoblaydi u.
K.Mollengauer boshpanasizlik haqidagi tushunchani rivojlantiradi. Agarda alohida ijtimoiy institutlar bolaning bu muammosini hal eta olmas ekan deb hisoblaydi u, unda tarbiyaning uchinchi yo’nalishini yaratish zarurligi yuzaga keladi – davlat yordamini deydi u.
Shu bilan birga ijtimoiy pedagogika madaniy mazmunini etkazish bilan emas, balki o’sib kelayotgan avlodning rivojlanishi va jamiyatga qo’shilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etish bilan shug’ullanishi kerak, deb hisoblaydi.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari to’la ishlab chiqilgan bo’lsa ham, ammo bu hali hamma muammolar o’rganilib bo’lmagan deb hisoblaydilar.
Ijtimoiy pedagogika nazariyasining umumiy ko’rinishi hali ham noaniqligicha qolib kelmoqda, deb hisoblaydilar hozirgi davr nemis olimlari. Ular bundan keyin ham shundayligicha qoladi, chunki aralash fikrlarning (psixologiya, sotsiologiya, ijtimoiy ishlar va boshqalar) davom etib kelayotgan differentsatsiyasi (lot. differetia - farqlash) ijtimoiy pedagogika nazariyasini to’la tasvirlab berish imkonini bermay kelayapti. Bu holat har qanday fanning rivojlanishi jarayoni uchun tabiiydir. Boshqa tomondan esa bu ijtimoiy pedagogika nazariy munozaralari maydoni XXI asrda ancha kengayadi deganini bildiradi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi bilan birga Germaniyada ijtimoiy pedagogika sohasida mutaxassislik professional faoliyat sohasi ham faol rivojlanadi (ya’ni, ijtimoiy pedagog). 1908 yildan boshlab maxsus pedagoglarni tayyorlash boshlandi, XX asrning 70-yillari boshlariga kelib Germaniya universitetlarida oliy ma’lumotli ijtimoiy pedagoglarni tayyorlash boshlandi.
Shuni aytish kerakki, Germaniyada ijtimoiy pedagog bilan bir qatorda XX asr davomida bilim va amaliy faoliyat mustaqil sohasi sifatida ijtimoiy ishlar ham faol rivojlanib keldi.
Ammo ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ishlarda professional faoliyatda ko’pgina umumiyliklar mavjud, shuning uchun Germaniyada ular yagona standart bilan boshqariladi. Bu standartda bu mutaxassislarning nomlari sinonimlar sifatida defis orqali yoziladi: ijtimoiy ishchi - ijtimoiy pedagog.



Download 43.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling