G’arbiy turk xoqonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti kirish I bob. Turk xoqonligini vujudga kelishidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat
Download 47.92 Kb.
|
TURK XOQONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. TURK XOQONLIGI DAVRIDA TURKISTONDAGI SHAHARLAR........................................................................................................20
- XULOSA................................................................................................................31
G’ARBIY TURK XOQONLIGINING IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI KIRISH.....................................................................................................................2 I BOB. TURK XOQONLIGINI VUJUDGA KELISHIDAGI IJTIMOIY – SIYOSIY VAZIYAT...............................................................................................5 1.1. Turk xoqonligini vujudga kelishidagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat va undagi ichki munosabatlar.............................................................................................................5 1.2. G’arbiy turk xoqonligida VI – VIII asrlardagi siyosiy vaziyat........................12 II BOB. TURK XOQONLIGI DAVRIDA TURKISTONDAGI SHAHARLAR........................................................................................................20 2.1. Turk xoqonligi davrida Turkistondagi shaharlar haqida ma’lumot...................20 2.2. O‘rxun – Enasoy yozuvlarining kashf etilishi va uning yoyilgan hududlari.....26 XULOSA................................................................................................................31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................. .34 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ining davlatchilik an’analari va madaniyati, etnik tarixi, umuman, uzoq o‘tmishini to‘laqonli va xaqqoniy yoritish imkoniyati tug‘ildi. Xalqimizning o‘z tarixi va milliy qadriyatlarini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, davlatimiz rahbariyati ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan turli moddiy – ma’naviy yodgorliklarni tadqiq etish ishlarini qo‘llab – quvvatlamoqda. Jumladan, prizedent I. A. Karimov bu borada tashabbuskorlik ko‘rsatib, tarixchilar, arxeologlar va sharqshunoslar oldiga xalqimizning qadim tarixini qaytadan haqqoniy ravishda yaratish masalasini qo‘ydi. Zero, prizedentimiz, asosli ravishda takidlaganidek odamzod borki avlod – ajdodi kimligini nasl – nasabini, o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar, xullaski, vatanining tarixini bilishini istaydi. Shu kabi sabablardan kelib chiqib O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda “O‘z RFA Tarix institute faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan 1998 yil 11 avgustda bo‘lib o‘tgan akademik Yaxyo G‘ulomov nomidagi “O‘zbekiston davlatchiligi tarixini o‘rganish” Respublika ilmiy seminarining birinchi tashkiliy majlisidа “O‘zbek xalqi davlatchiligi” Tarixi kiritilgan loyixasi tayyorlanadi. Mazku kontsepsiyada ilk o‘rta asrlar; shu jumladan, Turk xoqonligi davri va unda yuz bergan etnik jarayonlarga alohida diqqat qilingan. Xalqimiz tarixini to‘laqonli yoritish masalasi Markaziy Osiyo mintaqasida taalluqli turli tillardagi manbalarni chuqur o‘rganishni dolzarb qilib qo‘y,oqda. Ular orasida Markaziy Osiyo tarixiga doir muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qadimgi turkiy yodgorliklar, ya’ni O‘rxun – Enasoy bitiklari alohida o‘rin tutadi. Qadimgi o‘tmishi, madaniyati, tili, dini mushtarak bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlari – o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, uyg‘ur va qoraqalpoqlarning etnik shakllanish tarixi ham birdir. Shuningdek, qardosh tojik xalqining o‘tmishi ham ushbu xalqlar tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur markaziy osiyolik xalqlarning etnik shakllanishi uzoq o‘tmishga ega bo‘lib, uning ichida ilk o‘rta asrlarda ro‘y bergan turli jarayonlar muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, ushbu jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadiki, ularni chuqur o‘rganish asosida etnogenezini yoritish mumkin bo‘ladi. Xususan, bu davrda Ko‘k turk va Uyg‘ur xoqonligi kabi Markaziy Osiyo tarixida yirik o‘zgarishlar yasagan turkiy davlatlar mavjud bo‘lgan. Ular hukmronligi mobaynida mintaqada yuz bergan siyosiy va etnik jarayonlarni O‘rxun – Enasoy yozuvidagi manbalar asosida o‘rganish mazkur masalalarni hal etishga Katta yordam beradi. Shu jihatdan mazkur davrni tadqiq qilish muhim ahamiyatga molik. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Markaziy osiyoda VI – VIII asrlar mobaynida yuz bergan etnik jarayonlarni o‘rganishimiz uchun asosiy manba vazifasini bajargan. O‘rxun – Enasoy bitiktoshlari ilk bora 1893 yilning oxirlarida doniyalik olim V. Tomsen va 1894 yilning boshlarida rossiyalik turkolog V. Radlov tomonidan o‘qib chiqiladi. V. Tomsen 1896 – yili bitikdoshlardagi ma’lumotlar asosida turkiylarning tarixi to‘g‘risida o‘z nuqtai nazarlarini aks ettirgan tadqiqot asarini nashr qildiradi7 V. Radlov esa qadimgi turkiy yodgorliklardan Ko‘l Tegin bitiktoshini 1894 yilda nemis tiliga o‘giradi. Bu ikki yirik turkolog olimning kashfiyotidan keyin o‘tgan bir asrdan ko‘p davr mobaynida Markaziy Osiyo xududidan ko‘plab qadimgi turk yozuvidagi bitiktoshlar topildi va ular ko‘plab dunyo turkologlari tomonidan turli tillarga tarjima qilinib, yirik tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jumladan, I. Markvart, X.Vamberi, P. Melioranskiy, V, Bong, F. Xirt, A. Fon Taben, D. Ross. T. Ramstedt, S.E.Malov, A.M. sherbak, A.N. Berishtam, N. Asim, O‘. N. Tuna, H.N. O‘rqun, R. Rajabov, G‘. Abdurahmonov, A. Rustamov, Nasimxon Rahmon va boshqalar qadimgi turk yozuvi yodgorliklari bo‘yicha tadqiqot olib bordilar. Mazkur turkologlarning ko‘pchiligi ularni asosan tilshunoslik nuqtai mazaridan tadqiq qilganlar. Bitiktoshlarni Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan Turkiy xalqlar tarixi manbasi sifatida o‘rgangan. Dastlabki olimlardan biri nemis tarixchisi I. Markvarit hisoblanadi. O‘z tadqiqotlarida u bitikdoshlarda keltirilgan hukmdorlarni boshqaruv yillari va tarixiy voqealiklarni sanalarini xitoy manbalaridagi ma’lumotlar bilan solishtirib, aniqlik kiritadi hamda turli etnonim va toponimlarga izohlar beradi. Faqat olimning tadqiqotlarida bir qator kamchiliklar va munozarali tahlillar uchraydi. Download 47.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling