G'arbiy Yevropa davlatlari geografiya Reja: Evropa ittifoqi davlatlari: siyosiy geografik o’rni, tarixiy shakllanish xususiyatlari. Evropadagi siyosiy vaziyatning hozirgi davrda tubdan o’zgarganligi


-MAVZU: EVROPA MAMLAKATLARINING UMUMIY TAVSIFI


Download 114.5 Kb.
bet6/7
Sana23.03.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1289494
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
G\'arbiy Yevropa davlatlari geografiya

2-MAVZU: EVROPA MAMLAKATLARINING UMUMIY TAVSIFI
Reja:
Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Yevropa mamlakatlari siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy bosqichlar. Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari. Yevropa mamlakatlari aholisi. Yevropa mamlakatlari xo‘jaligi. Yevropa mamlakatlari sanoati va qishloq xo‘jaligi. Yevropa mamlakatlari transporti.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Evropa, Evropa mamlakatlari, Skandinaviya davlatlari, Boltiq davlatlari, G‘arbiy Yevropa, “mitti” davlatlar, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Bolqon mamlakatlari, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar.


Hududi, chegaralari, geografik o‘rni. Yevropa-Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a. Yevropa hududining maydoni 10 mln km2 ga teng. Shundan 4,1 mln km2 Rossiyaning Yevropada joylashgan qismiga to‘g‘ri keladi. Yevropa siyosiy xaritasida 44 mustaqil davlat (Rossiya bilan birga) joylashgan. Bundan tashqari, Turkiya va Qozog‘iston davlatlari ham qisman Yevropada joylashgan, ammo xalqaro statistikasida ular Osiyo qit’asi tarkibiga kiritilgan. Asosan quyidagi tushunchlarga duch kelamiz: Yevropa subregionlari, Shimoliy Yevropa, Skandinaviya davlatlari, Boltiq davlatlari, G‘arbiy Yevropa, “mitti” davlatlar, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, Bolqon mamlakatlari, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar. Yevropa davlatlari odatda 4 ta yirik subregionlarga bo‘linadi: Shimoliy, G‘arbiy, Janubiy va Sharqiy Yevropa (1-rasm).





1-rasm. Yevropa subregionlari (Yevropa Ittifoqi tashkiloti tasnifi bo‘yicha)-Shimoliy Yevropa, -G'arbiy Yevropa, -Janubiy Yevropa, - Sharqiy Yevropa.


Yevropa qit’asi shimoldan janubga (Shpitsbergen orolidan 0‘rta dengizda joylashgan Krit oroligacha) 5 ming km ga, g‘arbdan sharqqa (Portugaliyaning Atlantika okeani sohilidan Rossiyaning Ural tog‘laridagi Yevropa - Osiyo qit’alari chegarasigacha) 6 ming km ga cho‘zilgan.
Yevropa aholisi (Rossiya aholisini hisoblamaganda) 2012-yil boshida salkam 600 mln. kishini tashkil etdi yoki 1900-yilga nisbatan (300 mln.) deyarli ikki martaga ko‘paydi. Lekin, dunyo aholisi sonidagi uning salmog‘i XX asr ichida 18 % dan salkam 8 % gacha kamaydi.
Yevropa nisbatan kichik qit’a bo‘Isa ham, uning geografik o‘mi bu yerda xilma-xil iqlim mintaqalari va tabiat zonalarining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun ham qit’aga xilma-xil tabiiy sharoit xosdir.
Yevropa har xil relyef shakllari - tekislik va pasttekisliklar, qir va tog‘lar mavjudligi bilan ajralib turadi. Yevropada 26 ta har xil morfostmktura, 9 ta tabiiy-geografik o‘lka ajratiladi. Yevropada o‘rtacha balandlikdagi tog‘lar ancha katta maydonni egallaydi. Ulaming ko‘pchiligidan dovonlar orqali transport yo‘llari o‘tkazilgan.
Yevropa hududi g‘arb, shimol va janub tomonlardan dengiz va okeanlar suvi bilan o‘ralgan. Shuning uchun ham Yevropada (Rossiyani hisobga olmaganda) dengizdan 600 km uzoqlikda bo‘lgan joy yo‘q. Jumladan, Buyuk Britaniyaning katta qismida aholi dengizdan atigi 60-80 km uzoqlikda istiqomat qiladi. Boshqa qit’a va materiklardan farqli o‘laroq, Yevropa hududining 28 % i inson tomonidan o‘zlashtirilmagan, xolos.
Yevropa hududi G‘arbiy, Shimoliy, Janubiy va Sharqiy Yevropaga taqsimlanadi. Ushbu regionlar ichida iqtisodiy jihatdan G‘arbiy va Shimoliy Yevropa yuqori darajada rivojlangan, Sharqiy Yevropa esa nisbatan past rivojlangan hi­soblanadi.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling