Gatda ma’lumotlarni fazoviy tahlil qilish


Download 1,28 Mb.
bet3/9
Sana09.05.2023
Hajmi1,28 Mb.
#1447808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

Aob’ekt

Nuqtali






Chiziqli

Maydonli

V ob’ekt

Nuqtali










Chiziqli

Aniqlanmagan














Maydonli

Aniqlanmagan



Aniqlanmagan







5.1-rasm. “O‘z ichiga oladi” munosabati

Ichida” munosabati. Agar A ob’ekt V ob’ektning ichida, ya’ni V ob’ektning chegaralari to‘laligicha A ob’ekt chegaralarining ichida bo‘lsa, bu ikki ob’ekt ushbu munosabatda bo‘ladi (5.2-rasm). Bu munosabat “o‘z ichiga oladi” munosabatiga nisbatan teskaridir. Ba’zi GATlarda ham bu munosabat ikki variantad taqdim etiladi. Birinchi variant aynan shu nomga ega, biroq tahlilda A ob’ektning o‘zi emas, balki uning uentroidi qo‘llaniladi. Ikkinchi variant “To‘la ichida” deb ataladi.


Bilan chegaradosh” munosabati. Agar ikkita ob’ekt o‘zining ichki oblastlari bilan emas, balki faqat chegaralari bilan tutashsa, ular ushbu munosabatda bo‘ladi (5.3-rasm).
Bilan kesishadi” munosabati. Agar ikkita ob’ekt hech bo‘lmasa bitta umumiy nuqtaga ega bo‘lsa, ular ushbu munosabatda bo‘ladi (5.4-rasm). Agar ob’ektlar “o‘z ichiga oladi”, “ichida” yoki “bilan chegaradosh” munosabatlarida bo‘lsa, ular “bilan kesishadi” munosabatida ham ekanini oson ko‘rsatish mumkin.





O‘z ichiga oladi

A ob’ekt

Nuqtali






Chiziqli

Maydonli

V ob’ekt

Nuqtali



Aniqlanmagan



Aniqlanmagan



Chiziqli







Aniqlanmagan



Maydonli








5.2-rasm. “Ichida” munosabati



O‘z ichiga oladi

A ob’ekt

Nuqtali






Chiziqli

Maydonli

V ob’ekt

Nuqtali










Chiziqli









Maydonli










5.3-rasm. “Bilan chegaradosh” munosabati

O‘z ichiga oladi

A ob’ekt

Nuqtali






Chiziqli

Maydonli

V ob’ekt

Nuqtali









Chiziqli










Maydonli









5.4-rasm. “Bilan kesishadi” munosabati


...dan ajralgan” munosabati. Agar ikkita ob’ekt birorta ham uummiy nuqtaga ega bo‘lmasa, ular ushbu munosabatda bo‘ladi (5.5-rasm). Bu munosabat “bilan kesishadi” munosabatiga nisbatan teskaridir.

O‘z ichiga oladi

A ob’ekt

Nuqtali






Chiziqli

Maydonli

V ob’ekt

Nuqtali








Chiziqli












Maydonli










5.5-rasm. “...dan ajralgan” munosabati
Binar munosabatlarning odatda ko‘rib chiqilgan munosabatlarning xususiy holi bo‘lmish boshqa turalri ham uchraydi. GATlarda binar munosabatlardan tashqari boshqa munosabatlar ham qo‘llaniladi. Shunday munosabatlar borki, ularda ikkita ob’ektdan tashqari qo‘shimcha parametrlar ham ko‘rsatilishi zarur. “Masofaga yiroqlashtirilgan” munosabati bunga misol bo‘lib xizmat qila oladi, ob’ektlar ushbu munosabatda bo‘ladigan masofaning qiymati berilishi zarur.
    1. Fazoviy so‘rovlar


Fazoviy so‘rovlar ob’ektlarning fazoviy xarakteristikalarini tahlil qilishga va ob’ektlarning o‘zaro fazoviy munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun fazoviy so‘rovlarni quyidagi ikiita guruhga bo‘lish mumkin: fazoviy funksiyalar qo‘llaniladigan so‘rovlar va fazoviy operatorlar qo‘llaniladigan so‘rovlar.

  1. Fazoviy funksiyalar qo‘llaniladigan so‘rovlar. Bu so‘rovlarda ob’ektlarning fazoviy xarakteristikalari tahlil qilinadi. Har bir skalyar tipdagi fazoviy xarakteristikani argumenti odatda ob’ekt bo‘lgan, funksiya qiymati esa – ushbu ob’ektning aniq fazoviy qiymati bo‘lgan funksiya ko‘rinishida ifodalash mumkin. Tipik fazoviy funksiyalarni ko‘rib chiqamiz.

X koordinata (Ob’ekt) – so‘rovga javob tariqasida nuqtali ob’ektning X koordinatasi qiymatini foydalanuvchiga qaytaradi.
Y koordinata (Ob’ekt) – nuqtali ob’ektning Y koordinatasi qiymatini qaytaradi.
Maydon (Ob’ekt) – maydonli ob’ektning maydoni qiymatini hisoblaydi.
Perimetr (Ob’ekt) – maydonli ob’ektning perimetri qiymatini hisoblaydi.


Uzunlik (Ob’ekt) – chiziqli ob’ektning uzunligi qiymatini hisoblaydi.
Masofa (Ob’ekt1, Ob’ekt2) – ikkita ob’ekt orasidagi masofani hisoblaydi.
Fazoviy funksiyalar qo‘llanilgan fazoviy so‘rovning umumiy shakli quyidagi ko‘rinishga ega:
˂Fazoviy funksiya˃ ˂taqqoslash operatori˃ ˂sonli qiymat˃ bo‘lgan to‘plamning ob’ektlarini topish.
Fazoviy funksiyalar qo‘llanilgan fazoviy so‘rovlarga misollar:
100 kvadrat kilometrdan ortiq maydonli ko‘llar topilsin – “Maydon” funksiyasi.
Uzunligi 10 kilometrdan kam bo‘lgan avtoyo‘llar topilsin – “Uzunlik” funksiyasi.
Metro stansiyalaridan ko‘pi bilan 500 metr uzoqlikdagi magazinlar topilsin – “Masofa” funksiyasi.
Aksariyat universal GATlarda fazoviy so‘rovlarni shakllantirishda bunday fazoviy funksiyalar ochiq ko‘rinishda qo‘llanilishi mumkin. Bu funksiyalar yo‘q bo‘lgan tizimlarda ob’ektlarning fazoviy xarakteristikalari qiymatlarini ob’ektlarning o‘z atributlarida saqlashga to‘g‘ri keladi, bu bilan ob’ektlarning shakli yoki holati o‘zgarganda ularning qiymatlarini sinxronlash ta’minlanadi. Aksincha, fazoviy funksiyalardan foydalanish ob’ektlarning fazoviy xarakteristikalarini ob’ektlarning atributlari sifatida saqlamaslik, balki ularni hisoblash imkoniyatini beradi.

  1. Fazoviy operatorlar qo‘llaniladigan so‘rovlar. Bu so‘rovlarda ob’ektlarning fazoviy munosabatlari tahlil qilinadi. Ko‘p hollarda buning uchun binar munosabatlar qo‘llaniladi. Shuning uchun fazoviy operatorlarning nomlari biz tomondan 5.2-bandda ko‘rib chiqilgan, qo‘llaniladigan munosabatlarning nomlariga mos keladi. Odatda bitta

ob’ekt argument hisoblanadigan funksiyadan farqli o‘laroq, operatorlar har doim ikkita fazoviy ob’ektlarni solishtiradi.
Fazoviy operatorlar qo‘llanilgan fazoviy so‘rovning umumiy shakli quyidagi ko‘rinishga ega:
V to‘plam ob’ektlariga ˂fazoviy operator˃ munosabatda bo‘lgan A to‘plam ob’ektlari topilsin.
Fazoviy operatorlardan foydalaniladigan so‘rovlarga misollar:
Dengizga chiqishga ega bo‘lgan davlatlar topilsin – “Bilan chegaradosh” operatori.
Temir yo‘llar bilan kesishadigan avtoyo‘llar topilsin – “Bilan kesishadi” operatori.
Hududida ruxsatsiz axlatxonalar bo‘lgan tumanlar topilsin – “O‘z ichiga oladi” operatori.
GATlarda fazoviy so‘rovlarni shakllantirish va bajarishning ikkita asosiy varianti uchraydi: tanlash instrumentlarini interaktiv qo‘llash va so‘rovlar tuzuvchidan foydalanish (so‘rovlarni dialog darchasi yordamida shakllantirish).

  1. Instrumentlarni interaktiv qo‘llash. Aksariyat GATlarda ob’ektlarni kartada tanlashning qo‘llanilishi avtomatik tarzda fazoviy so‘rovning bajarilishiga olib keladigan maxsus nabori mavjud. Ulardan asosiylarini ko‘rib chiqamiz.

Tanlash – ko‘rsatilgan nuqtani o‘z ichiga olgan ob’ektlarni qidirishni amalga oshiradi (“O‘z ichiga oladi” operatori).
To‘g‘riburchak ichida tanlash – foydalanuvchi tomonidan chizilgan to‘g‘riburchak ichidagi ob’ektlarni qidirishni amalga oshiradi (“Ichida” operatori).
Radius ichida tanlash – chizilgan aylana ichidagi ob’ektlarni qidirishni amalga oshiradi (“Ichida” operatori).
Poligon ichida tanlash – chzilgan yoki tanlangan ko‘pburchak ichidagi ob’ektlarni qidirishni amalga oshiradi (“Ichida” operatori).
Kesishadiganlarni tanlash – chzilgan yoki tanlangan ob’ektni kesib o‘tuvchi ob’ektlarni qidirishni amalga oshiradi (“Bilan kesishadi” operatori).
Bu instrumentlarga qo‘shimcha ravishda odatda so‘rov natjalarini invertatsiyalash komandasi mavjud. Komanda inkor etishga ega bo‘lgan so‘rovlar uchun qo‘llanilishi mumkin.

  1. So‘rovlar tuzuvchidan foydalanish. So‘rovlarni shakllantirish va bajarishning bu varianti an’anaviy ravishda dialog darchasi ko‘rinishida realizatsiya qilinadi. Fazoviy funksiyalarni qo‘llashda foydalanuvchi ob’ektlarning boshlang‘ich tahlil qilinadigan to‘plamini, zaruriy funksiyani, taqqoslash operatorini va sonli qiymatni beradi. Fazoviy operatorlarni qo‘llashda foydalanuvchi ob’ektlarning birinchi to‘plamini, operatorni va ob’ektlarning ikkinchi to‘plamini beradi. Ob’ektlar to‘plami kartaning bitta qatlamiga yoki qatlamdan foydalanuvchi amalga oshirgan tanlanmaga muvofiq kelishi mumkin.


    1. Download 1,28 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling