2-MA’RUZA. YASSI MONOXROMATIK TO’LQIN. GAUSS DASTALARI. MATRITSALI OPTIKA
REJA:
- 1. Elektromagnit to’lqinlarning umumiy ko’rinishi.
- 2. Yassi va sferik elektromagnit to’lqinlar tenglamasi.Elektromagnit to’lqin shkalasi.
- 3. Elektromagnit to’lqining superpozitsiyasi (maksimum, minimum shartlari).
- 4. Turg’un elektromagnit to’lqinlar.
Elektromagnit to’lqin shkalasi 1-rasmda keltirilgan. Bu rasmdan ko’rinadiki, ko’rinuvchi optik nurlanishlar juda qisqa diapazonni egallaydi
3. Elektromagnit to’lqinning superpozitsiyasi (maksimum, minimum shartlari).
Bu printsipga muvofiq, har xil chastotali va yo’nalishli yorug’lik to’lqinlari vakuumda bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda tarqaladi. Bunga har xil oddiy tajribalarni kœrsatish mumkin. Masalan, bitta tirqish orqali ikkita kuzatuvchi ekranda har xil ob’ektlarni ko’rishi mumkin; bunda, umuman aytganda ular kuzatgan manzaralar bir-biri bilan hech qanday bog’lanmagan.
To’lqin maydoni vektorlari superpozitsiyasi. Berilgan nuqtada elektr maydon kuchlanganligi vektori va magnit induktsiyasi vektori mos xolda qandayligidan kat’iy nazar barcha maydon kuchlanganligi vektorlari va magnit induktsiya vektorlarining yig’indisiga teng. Hususan bu maydonlar mumkin bulgan barcha chastota va ixtiyoriy tarqalish yo’nalishidagi yassi elektromagnit to’lqinlarga tegishli bo’lishi mumkin. Birok maydonlarni qo’shilish natijasida olingan elektr va magnit maydonlar majmui, umumun olganda, yuguruvchi elektromagnit to’lqinlarni tashkil etmaydi, hattoki agar qo’shiluvchi maydonlar yuguruvchi elektromagnit to’lqinlarga tegishli bo’lsa ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |