Gavdadan o„lchov olish. Fartuk va bog„ichli qalpoqcha chizmasini chizish” mavzusini o„qitish metodikasi
Download 338.81 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya ishi-1
Mavzuga metodik tavsiyanoma.
Bichish va tikish haqida umumiy ma`lumot, gavdadan o‟lchov olish mavzusi 5-sinf «Servis xizmati» yo‟nalishi “Mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasi” bo‟limida o‟qitiladi. Bu mavzuda o‟quvchilar ilk bor gavdadan o‟lchov olishni o‟rganadilar. Shuning uchun ham o‟quvchilarga o‟lchov olishda ishlatiladigan santimetr lentasi, manekendan to‟g‟ri foydalanishni o‟rgatish kerak. O‟lchov olishning o‟ziga xos o‟oidalarini, o‟lchov olishda xatoliklarga yo‟l qo‟yilsa tayyorlanayotgan buyumning sifatsiz bo‟lishiga olib kelishini o‟quvchilarga tushuntirish kerak. Aylana va uzunlik o‟lchovlarini yozilish tartibi va uning sabablari aniq ko‟rsatiladi. Bu darsni amaliy shaklda o‟qitilsa o‟quvchilar bir- birovlarini o‟lchab to‟liqroq ma`lumotga ega bo‟ladilar. Olingan o‟lchovlarga asoslangan xolda fartuk va ro‟molning asosiy chizmasi chiziladi. Asosiy chizmani daftarga chizishdan oldin albatta o‟lchovlarni kichraytirish uchun masshtabli chizg‟ich tayyorlab olinadi. Fartuk va bog‟ichli qalpoqcha chizmasini chizishda o‟qituvchi va o‟quvchilar birgalikda har bir ishni bosqichma bosqich chizib boradilar. Chizmaning xar bir chizig‟ini o‟am o‟qituvchi tushunarli xolatda izoo‟lab berishi shart, o‟quvchilar o‟am darsda faol qatnashishlari kerak. Barcha o‟quvchilarning o‟quv qurollari to‟liq bo‟lmasa dars kutilgan natijani bermaydi. Bu mavzuni o‟tish uchun o‟quvchilarni oldindan darsga tayyorlash zarur bo‟ladi. Mavzuni o‟qitishda ko‟rgazmali , amaliy metodlardan foydalanish mumkun. Darsning yakunida o‟qituvchi barcha o‟quvchilarning dars jarayonida chizgan chizmalarini ko‟rib chiqib xatolarini ko‟rsatib beradi.
Download 338.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling